Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
bormasa
IV. Maqsad mayli. Ish-harakat bajarvchining maqsadi, niyati, mo’ljalini bildirgan mayl maqsad mayli deyiladi. Qo’shimchasi: moqchi M: Bormoqchiman. O’tgan zamon: yozmoqchi edim. Hozirgi zamon: yozmoqchi bo’lyapman. Kelasi zamon: yozmoqchi bo’laman. Bo’lishsiz shakli emas so’zi bilan hosil qilinadi.M: aytmoqchi emas. 8-topshiriq: Gap tarkibidagi fe’llarning qaysi maylda ekanligini aniqlang. 1.Uyiga javob beraylik, o’n besh yigirma kunga borib kelsin. 2.Odam qahrlansa, bilimsiz bo’ladi, jahl kelsa, aql ketadi.3.Sen ham sezgandirsan tezroq gapir. 4.Ikkalang ham og’zingni ochmay, jim o’tirgin. 5.Ovqatni yedig-u, meni uyqu bosdi. 6.Kel, do’stim, yuragimni senga ochay. __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ Zamon shakllari.Zamon shakllari harakatning nutq jarayoniga munosabatini bildiradi.Fe’lda 3 xil zamon bor: o’tgan zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon. 1. O’tgan zamon fe’li ish-harakat va holatning nutq jarayonidan oldin bo’lgan yoki bo’lmaganligini bildiradi. Bu zamon shakllari fe’l asoslariga –di, -(i)b, -gan (-kan, -qan) qo’shimchalarini va ulardan so’ng shaxs-son qo’shimchalarini qo’shish bilan hosil qilinadi. 75 -di qo’shimchasi bilan yasalgan o’tgan shakli so’zlovchining bevosita o’zi ko’rgan harakat va holatni bildiradi. Bu qo’shimchadan so’ng shaxs-son qo’shimchasining –m, -k (qoldim, qoldik), -ng, -ngiz (qolding, qoldingiz) shakllari qo’llaniladi. -(i)b qo’shimchasi bilan yasalgan o’tgan zamon shakli ilgari ro’y brgan harakat va holatning so’zlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi va bu qo’shimchadan so’ng shaxs-son qo’shimchasining –man, -san, -miz, -siz, -di(lar) shakllari qo’shiladi. -gan qo’shimchasi bilan yasalgan o’tgan zamon shakli harakat va holatning ilgariroq bajarilganini bildiradi va bu qo’shimchadan so’ng shaxs-son qo’shimchasining –man, -san, -miz, -siz shakllari qo’shiladi. To’liqsiz fe’llar yetakchi fe’lning zamon shakllaridan so’ng keladi, shaxs-son qo’shimchalari to’liqsiz fe’lga qo’shiladi. Masalan: kelgan ekansan, kelayotgan eding. Edi, emish, ekan to’liqsiz fe’llari –di, -mish, -kan shaklida ham qo’llaniladi: borgandi, borganmish,kelarkan 2. Hozirgi zamon nutq jarayonida tugamagan harakat yoki holatni bildiradi. Qo’shimchalari: -yap, -moqda, -(a)yotir, -(a)yotib.M: Juda chiroyli muomala qilyapsiz. –yap qo’shimchasi –ayap tarzida talaffuz qilinsa ham, har doim –yap tarzida yoziladi. M: Maktabga boryapman. –moqda qo’shimchasidan bo’lishsiz shakl yasalmaydi.-yapti uslubiy betaraf, –moqda, -yotir yozma nutq uslubiga xos. 3. Kelasi zamon shakllari harakat yoki holatning nutq jarayonidan keyin yuz berishini bildiradi.Ular 2 xil bo’ladi: 1) kelasi zamon gumon fe’li mo’ljal , taxminni bildiradi va –r, -ar, -ur qo’shimchalarini qo’shish, tuslash bilan hosil qilinadi.M: borarman, so’rarman. Bo’lishsiz shakli –mas: kelar – kelmas. 2) kelasi zamon maqsad fe’li nutq jarayonidan so’ng bajarilishi maqsad qilingan harakat-holatni bildiradi va fe’l asoslariga –moqchi, -digan qo’shimchalarini qo’shish va tuslash bilan hosil qilinadi. M: yozadiganmiz, so’ramoqchiman. Eslatma: -di, -jak qo’shimchalari ravishdoshga qo’shilib kelasi zamon fe’l shaklini hosil qiladi: keladi, kelajak. Ba’zan kelasi zamon fe’llari –gay, -kay, -qay, -gusi, - yajak qo’shimchalari bilan ham ifodalanishi mumkin. Kelasi zamon fe’li ba’zan harakatning har uch zamonga oidligini ham bildirishi mumkin: Men litseyda Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling