Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
yosh to’kdi.Fe’lning o’zlik, majhul, birgalik, orttirma nisbatlari aniq nisbatga
maxsus qo’shimchalar qo’shish bilan hosil qilinadi. 71 2. O’zlik nisbat. Bajaruvchining o’zi ustida amalga oshadigan harakat yoki holatni ifodalaydigan fe’l shakli o’zlik nisbat deyiladi. Qo’shimchalari: -n, -in, -l, -il. M: Nur yog’ildi qorong’u jarga. Akam bu xabardan behad sevindi. Quyidagi fe’llardan o’zlik nisbat yasalmaydi: yayra, qichqir, uxla, o’qi, hayda, kes, tik, sug’or, sep,bor. O’zlik nisbat o’timli va o’timsiz fe’llardan hosil bo’ladi. M: yuv (o’timli)-yuvindi; kuy (o’timsiz) – kuyindi. Eslatma: Quvondi, seskandi, faxrlandi, shodlandi, jonlandi, odatlandi aniq nisbatdagi fe’llardir. 3. Majhul nisbat. Bajaruvchisi noma’lum bo’lgan harakat yoki holatni ifodalovchi fe’l shakli majhul nisbat deyiladi. Qo’shimchalari: -n, -in, -l, -il. M: Archa bezaldi. Yangiliklar aytildi. Otning yoli taraldi. Majhul nisbatdagi fe’llar asosan III shaxsda qo’llaniladi. O’zlik nisbat bilan majhul nisbat qo’shimchalari bir xil bo’lsa-da, ularning bir biridan keskin farqi bor, ya’ni o’zlik nisbatda bajaruvchi aniq bo’ladi. Majhul nisbatda esa grammatik ega bo’lsa ham bajaruvchi noaniq bo’ladi. M: Orqa hovliga tuproq to’kildi. (majhul n.)Daraxtning barglari to’kildi.(o’zlik) Eslatma: Yemoq, demoq so’zlariga majhul nisbat qo’shimchasi quyidagicha qo’shiladi: yeyilmoq, deyilmoq. Bunda y tovushi ortadi. 4. Orttirma nisbat. Bajaruvchining ta’siri bilan boshqa shaxs yoki narsa tomonidan bajarilgan harakat yoki holatni bildiruvchi fe’l shakllari orttirma nisbat shakli deyiladi. Qo’shimchalari: -t, -tir, -dir, -giz, (-kiz, -qiz, -g’iz), -gaz,( -kaz, - qaz), -ir, -ar, -iz, -sat. M: Ukangga ovqat yedir. Orttirma nisbat qo’shimchalari bir biri bilan sinonim bo’lib keladi. M: ichir – ichkiz, yedir – yegiz, to’ldir – to’lg’az. Faqat orttirma nisbat qo’shimchalari bir fe’lga birdan ortiq qo’shilishi mukin: o’qittir, to’ldirtir, o’tkazdir. Eslatma: 1.Solishtirmoq, uzatmoq, surishtirmoq, yaratmoq aniq nisbatdagi fe’llardir. 2.Ba’zan fe’l asosiga orttirma nisbat hosil qiluvchi birdan ortiq qo’shimchalar qo’shilishi mumkin. Masalan:o’qit – o’qittir, to’ldir – to’ldirg’iz. Bunday holatda orttirma nisbat ma’nosi kuchayadi. 5. Birgalik nisbat. Birdan ortiq bajaruvchi tomonidan birgalikda bajarilgan harakat yoki holatni ifodalaydigan fe’l shakli birgalik nisbati deyiladi.Qo’shimchasi: -sh, -ish. M: aytishdi. Birgalik nisbati qo’shimchasi –lar qo’shimchasiga sinonim: yozishdi – yozdilar. Eslatma: To’qnashdi, o’rtoqlashdi, suhbatlashdi, salomlashdi, janjallashdi, gaplashdi aniq nisbatdagi fe’llardir. Eslatma: Birdan ortiq nisbat qo’shimchalarini olgan fe’llarning qaysi nisbatdaligi nisbat hosil qiluvchi oxirgi qo’shimchaga qarab belgilanadi: yuvintirildi – majhul nisbat. Fe’l nisbatlari o’timli o’timsizlik bilan bog’liq. Nisbat qo’shimchasini olgan fe’lning o’timli -o’timsizligida quyidagicha o’zgarishi mumkin: 1) o’timli fe’l o’timsizga aylanadi: kiydi –kiyindi; 2) o’timli fe’ldan yana o’timli fe’l hosil bo’ladi: o’qidi – o’qittirdi; 3)o’timsiz fe’ldan o’timsiz fe’l hosil bo’ladi: keldi – kelishdi; 4) o’timsiz fe’l o’timliga aylanadi: keldi – keltirdi. 72 Nisbat qo’shimchalari ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmalariga quyidagicha qo’shiladi: 1)o’zlik nisbat qo’shimchasi asosan yetakchiga qo’shiladi: izlanib yuribdi, kuyinib Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling