Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

yaqinda keldi (payt). Maktab yaqinda joylashgan (o’rin).
O’rin ravishlarining ma’nosi o’rin ma’nosini bildirgan otning ma’nosiga nisbatan 
mavhum bo’ladi. M: Uydan keldi (ot), uzoqdan keldi (ravish).
4. Miqdor-daraja ravishlari. Harakat va holatning bajarilishidagi miqdor-darajani 
bildiradigan va qancha?, qanchacha? so’roqlariga javob bo’ladigan ravishlar 
miqdor-daraja ravishlari hisoblanadi. Miqdor ravishlari: kam, biroz,oz, picha, 
ko’p, ancha, mo’l, sal, qittay, xiyla, qisman, jinday. Daraja ravishlari: 
nihoyatda, bag’oyat, g’oyat, o’ta, eng, juda, behad, obdan.
Eslatma: Daraja ravishlari sifat bilan birikib, belgi ma’nosini kuchaytiradi yoki 
pasaytiradi.M: Bu juda katta imorat ekan.
5. Sabab ravishlari ish-harakatning bajarilish sababini bildirib, nima sababdan?, 
nega?, nima uchun ? so’roqlariga javob bo’ladi.Sabab ravishlari: noiloj, 
noilojlikdan, chorasizlikdan. M: Yigit chorasizlikdan shu yo’lni tanladi.
6. Maqsad ravishlari ish-harakatning bajarilish maqsadini bildiradi. Maqsad 
ravishlari: atayin, ataylab, qastdan, jo’rtaga, azza-bazza.M: Ra’no ataylab 
dadasining yuziga boqmadi.
Eslatma: 6-sinf darsligida sabab va maqsad ravishlari bitta qilib berilgan.
1-topshiriq:Ravishlarni topib, ma’no turini aniqlang.
1.Hozir mol-jon o’rtada, inim, Buxoroga yetib olaylik, u yog’I bir gap bo’lar. 
2.Mehmondorchilik tugagach, u uzundan uzun duo qilib o’rnidan turdi. 3.Ular 
yerni kavlab kirolmabdilar, lekin bir zumda allaqancha yerni o’yib yuboribdilar. 
4.Uni buguncha tinch qo’y. 5.O’rtancha botir qo’rqmadi, ji turdi. 6.Shunda 
bechora sayyor iltimos qilmish darrov,Vasiyatimni aytay,agar bo’lsa bemalol. 
Ravishlarning yasalishi. Ravishlar 3 xil yo’l bilan hosil qilinadi:
1. Morfologik (affiksatsiya) usulida so’z yasovchi qo’shimcha qo’shish orqali 
ravishlar yasaladi. M: mardona, bolalarcha, qalban, yigitcha (-cha omonim 
qo’shimcha bo’lib, uni quyidagicha farqlash lozim. Agar -cha qo’shimchasi 
o’rniga kichkina so’zini qo’yish mumkin bo’lsa, -cha otning kichraytirish shakli 
hisoblanadi: qushcha-kichkina qush; -cha o’rniga –dek, kabi, singari 
ko’makchilarini qo’shish mumkin bo’lsa, -cha ravish yasovchidir: yigitcha – yigit 
kabi)
2. Sintaktik (kompozitsiya) usulida qo’shma ravishlar hosil qilinadi. Qo’shma 
ravishlar quyidagicha hosil qilinadi:
a)ko’rsatish olmoshlari + payt yoki o’rin ravishlari: u yerda, shu vaqt, o’sha 
yoqdan, bu yerda;
b) tarkibida har, hech, hamma, bir, qay so’zlari bo’lgan ravishlar: bir zum, har 
vaqt, hech vaqt, hamma vaqt, qay payt.
Quyidagi qo’shma ravishlar qo’shib yoziladi: allamahal, allavaqt, biryo’la, 
birvarakay, birpas, birvarakayiga, biroz, birmuncha, birato’la, buyon.
Eslatma: Qay so’zi yoq, yer so’zlari bilan kelsa, y tovushi tushib qoladi va qo’shib 


82 
yoziladi: qayoqqa, qayerga.
3. Boshqa so’z turkumining ko’chishidan hosil bo’lgan ravishlar:
a)otlardan: erta, indin, kecha;
b)sifatlardan: yaqqol, baralla, tugal, bafurja, muttasil, vaqtli, rosa, baravar, 
beomon;
d) ravishdoshlardan: osha, o’ta, qo’sha, qayta;
e)taqlid so’zlardan: shartta, tappa, taqqa, chippa.
Ravishlarning tuzilish jihatdan turlari:
1. Sodda ravishlar: a) tub- hozir, ko’p, so’ng; b) yasama – mahsichang, haftalab.
2. Qo’shma: hamma zamonda, qay zamon, har vaqt, biroz.
3. Juft ravishlar: erta-kech, asta-sekin, bugun-erta. O’rin-payt kelishigini olib 
juftlashgan ba’zi ot, olmosh turkumiga oid so’zlar ham juft ravishlarga kiradi: 
oyda-yilda, unda-bunda.
4. Takroriy ravishlar: tez-tez, uyma-uy, qadam-baqadam, qayta-qayta, qo’sha-

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling