Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
Rubob chalish, ashula aytishga qattiq havas qo’ygan kunlarim edi. Velosipedda
ketayotgandim. G’ira-shira payt. Teraklar shovullaydi. Itlr huradi. Bexos izimda bir sharpa sezdim. Qarasam, bir nuroniy chol, salom berdim. Qariya meni ketma-ket savolga tutardi:”nechanchi sinfda o’qiysan?”, “Necha baho olasan?”, “O’qishdan boshqa hunaring ham bormi?” - Rubob chalib, ashula aytaman. - Katta bo’lsang ashulachi bo’lmoqchimisan? - Ichimda qiziq gaplarim bor. Ko’p, juda ko’p odam yig’ilsa, shu gaplarimni aytsam… - Niyatingga yet, bolam. __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ 80 Ravish Harakatning belgisini bildirgan so’z turkumi ravish deyiladi. Ravishlarning morfologik xususiyatlari: 1. Ravishlar yasaladi. M: Yigitlar mardona harakat qilishdi. 2. Quyidagi ravishlarning qo’shimchalari qotib qolgan: birdan, birga, kunda, o’z- o’zidan, chalqanchasiga, birdaniga, yoppasiga, to’satdan, tubdan, oldinda, uzoqdan,o’ngda, kechasi. Eslatma: Ravish tarkibida yaxlitlanib qolgan qo’shimchalar:-ga, -da, -dan, -i, -si, -lar (ravish tarkibida uchraydigan –lar qo’shimchasi noaniqlikni, davomiylikni bildiradi). So’ngra, qayta, birin-ketin so’zlaridagi –ra, -a, -in qo’shimchalari ham yaxlitlanib qolgan. 3. Ayrim ravishlar sifatlarga o’xshab daraja ko’rsata oladi: tez – tezroq, ko’p – juda ko’p. Ravishlarning sintaktik xususiyatlari: 1. Ravishlar asosan fe’lga bog’lanib hol vazifasida keladi. M: Vodiylarni yayov kezganda. 2. Ravishlar ba’zan otga bog’lanadi va aniqlovchi vazifasida keladi. M: Oz so’z insonning ko’rki. 3. Ravishlar kesim vazifasida ham keladi: Kelajakdan umidim ko’p. 4.Otlashganda ega, qaratqich aniqlovchi va to’ldiruvchi bo’lib keladi.M:Ko’pi ketib, ozi qoldi.Ko’pning oshi shirin bo’ladi. Otaxonning gapidan ko’pni angladik. Ravishlarning otlashishi. Ravishga bog’lanib kelgan otlar ba’zan gapda tushib qolib, otga xos bo’lgan xususiyatlar ravishga ko’chadi va ravishlar otlashadi. M: Ko’p(odam)lar bu holatga beparvo edi. Ravishlarning ma’no jihatdan turlari. Ravishlar ma’no jihatdan quyidagi turlarga bo’linadi:1. Holat. 2. Payt. 3.O’rin. 4. Miqdor-daraja. 5. Sabab. 6. Maqsad. 1. Holat ravishlari. Harakat-holatning qanday holda bajarilganligini bildirgan va qanday?, qay holda?, qay tarzda? so’roqlariga javob bo’luvchi ravishlar holat ravishlari deyiladi. Quyidagi so’zlar holat ravishiga kiradi: jim, yayov, chindan, qo’qisdan, to’satdan(bu ravish ayrim shevalarda to’sindan holida aytiladi), piyoda, majburan, bafurja, arang, zo’rg’a, bexosdan, sekin, tez, darhol, zimdan, aksincha, eskicha, asta, qat’iyan, dabdurustdan, dehqonchasiga, shaxdam, qatorasiga, teskari, bekorga. M: Uzun tunlar yotib jim. Eslatma: Qo’qisdan, birdaniga, birdan, to’satdan harakatning kutilmagan paytda, tez yuzaga kelganini bildiradi. M: Qo’qisdan momoqaldiroq gumburlab, birdan yomg’ir yog’ib yubordi. 2. Payt ravishi. Harakat-holatning bajarilishi yoki bajarilmaslik paytini bildirib, qachon?, qachondan?, qachongacha? so’roqlariga javob bo’luvchi so’zlar payt ravishlari deyiladi. Quyidagi so’zlar payt ravishlari hisoblanadi: endi, hozir, so’ngra, hanuz, hamisha, doimo, hamon, dastlab, erta-indin, qishin-yozin, kecha-kunduz, yangi, ertaga, keyin, bugun, avval, ilgari, hali-beri, kechasi, yaqinda,shu onda, hozirdan. M: Uni buguncha tinch qo’y. 3. O’rin ravishlari. Harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik o’rnini bildirib, qayer(-da, -ga, -dan) so’roqlariga javob bo’luvchi so’zlar o’rin ravishlari 81 hisoblanadi. Quyidagi so’zlar o’rin ravishlaridir: olg’a, ichkari, tashqari, oldinda, olisda, uzoqda, yaqinda, yuqori, past, quyi, to’g’riga, nari-beri, u yerda. M: Qo’shin olg’a intildi. Eslatma: Yaqinda, uzoq ravishlari ham o’rinni, ham paytni bildiradi. M: Ukam Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling