Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet53/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

boshing omon saqlanadi. So’zingni qisqa qilsang, umring uzayadi. 
3-topshiriq: Gapdagi munosabat shakllarini aniqlang. 
1.Yuzimdagi yomg’ir tomchilarini yengim bilan sidirib, tepamga qaradim. 2.Ena 
buvingning xayoli allaqayoqlarga borib keldi. 3.Qazisan, qartasan, asl naslingga 
tortasan. 4.Bo’zchi bilganin to’qir, Baxshi bilganin o’qir. 4.Mehnat qilib 
topganing, qand-u asal totganing. 5.Yoshlikdan bir hunarning boshini ushlanglar, 
shu bilan jamiyatga ham yordam qilgan bo’lasizlar. 6.Ilon zahridan tilning zahri 
o’tkirroqdir. 
Ismlarning munosabat shakllari:________________________________________ 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________ 
 Fe’llarning munosabat shakllari:________________________________________ 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________ 
4-topshiriq: Munosabat shakllari orasidagi omonimlikni aniqlang. 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________


84 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________ 
Yordamchi so’z turkumlari 
Atash ma’nosiga ega bo’lmagan, ma’lum so’roqqa javob bo’lmaydigan, gap 
bo’lagi vazifasida kela olmaydigan so’zlar yordamchi so’z turkumlari deyiladi. 
Yordamchi so’z turkumlari quyidagi vazifalarni bajaradi:
- gap bo’laklarini bir-biriga bog’lash: tog’am bilan amakim
- gaplarni bir-biriga bog’lash: Ukam keldi-da, eshikni ochdi.
– mustaqil so’z va gaplarga turli qo’shimcha ma’no beradi: Ahmadgina imtihondan 
o’tdi (chegaralash).
Yordamchi so’z turkumlari 3 ta: 1. Ko’makchi 2.Bog’lovchi 3. Yuklama 
KO’MAKCHI
Ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so’zga 
bog’lash uchun xizmat qiluvchi so’zlar ko’makchi deyiladi. M: bilan, uchun, kabi, 
orqali, sayin.
Ko’makchilar 2 xil bo’ladi: 1. Sof 2. Vazifadosh
Sof ko’makchilar. Atash ma’nosini butunlay yo’qotib, faqat o’zi brikkan so’zni 
boshqa so’zga tobelantirib bog’lash uchun xizmat qiladigan ko’makchilar sof 
ko’makchilardir. Bular quyidagilar: kabi, singari, bilan, uchun, sayin, haqida, sari, 
qadar, uzra, tufayli, yanglig’, holda,orqali. M:Yanoqlari olma yanglig’ bu qiz 
hammaning nigohini o’ziga qadadi.
Vazifadosh ko’makchilar. Leksik ma’nosinisaqlagan holda gapda grammatik 
ma’no ifodalash vazifasini bajaruvchi so’zlara v azifadosh ko’makchilar deyiladi. 
Quyidagi so’z turkumlari vazifadosh ko’makchiga ko’chgan:
a) ot: ost, yon, ust, old, orqa, ro’para, ich, ora, o’rta, bosh, tag, uch, qosh + egalik 
va kelishik qo’shimchalari;
b)fe’lning ravishdosh va sifatdosh shakllari: qarab, bo’ylab, qaraganda, ko’ra, 
yarasha, tortib, deya, deb, atab;
d) ravish: avval, keyin, burun, ilgari, so’ng, oldin.(7-sinf darsligida tomon 
vazifadosh ko’makchi ravish so’z turkumiga kiritilgan)
Vazifadosh ko’makchilar o’rni bilan mustaqil so’z, o’rni bilan esa ko’makchi 
bo’lib keladi. Qiyoslang: Kitob stol ustida turibdi (mustaqil so’z). U bu masala 
ustida uzoq bosh qotirdi(ko’makchi)Sayyora bizga qarab qo’ydi. U bog’ga qarab 
ketdi. Avval o’yla, keyin so’yla. Darsdan keyin bog’ga boraman
1-topshiriq: Gaplar tarkibidagi ko’makchi vazifasidagi so’zlarni aniqlang. Agar 
ular mustaqil so’z bo’lib kelayotgan bo’lsa, ko’makchi qilib, ko’makchi bo’lib 
kelayotgan bo’lsa, mustaqil so’z qilib gaplar tuzing. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling