Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
yog’adi.
2. Voqealardan faqat bittasi sodir bo’ladi: Yo qo’shiq kuylang, yo raqsga tushing. IV. Inkor bog’lovchisi: na…,na… M; Na kitobni, na daftarni olgan. Eslatma: Inkor bog’lovchisining kesimi har doim tasdiq shaklda bo’ladi. 4- topshiriq: Qaysi gaplarda na … na yordamchisi bog’lovchi, qaysi gaplarda yuklama vazifasida kelganini aniqlang. 1.Sharifning haqiqat ufurib turgan gaplariga qarshi na Nozima bir narsa deya oldi, na Nabijon. 2.Bepayon dasht bag’riga yashiringan chashmani na Qahramon, na Bahrom topa olmadi. 3.Sen na boy erursan van a kambag’al, Yashaysan bir- biring aldab galma-gal. 4.Hamid yaratmoqchi bo’lgan yangi paxta navi haqida hozircha na institut direktoriga, na do’sti Umidga hech narsa demadi. 5.Bozorboy ming qo’yli boylar sirasiga kirsa-da, na uyida tayinli qozon qaynamas, na eshigidan birov kirib chiqmas edi. 6.Javob ololmadi hech kim ham, zotan, Na sulton, na g ado, na shoh, na faqir. Ergashtiruvchi bog’lovchilar o’zaro tobe munosabatda bo’lgan gap bo’lagi va gaplarni bog’lash uchun ishlatiladi. Ular 4 xil: 1. Aniqlov. 2.Sabab. 3. Shart. 4. 88 Maqsad. I. Aniqlov bog’lovchilari: ya’ni, -ki, -kim. Yozuvda ya’ni bog’lovchisidan oldin, -ki, -kim bog’lovchilaridan keyin vergul qo’yiladi.M: Hasan akam, ya’ni xolamning o’g’li bu yil o’qishga kirdi. Achinarlisi shundaki, hech kim bu xabarni aytmagan. II. Sabab bog’lovchilari: chunki, nainki, negaki, zero, zeroki. Yozuvda chunki, negaki, nainki bog’lovchilaridan oldin, zero, zeroki bog’lovchilaridan keyin vergul qo’yiladi. M: Bugungi yig’ilishga hamma qatnashdi, chunki muammoli masalalar yechilishi aytilgan edi. III. Shart bog’lovchilari: agar, gar, basharti, agarda, garchi, garchand, mabodo. M: Agar ko’p o’qisang, o’qishga, albatta, kirasan. IV. Maqsad bog’lovchisi: toki. –toki bog’lovchisidan oldin yozuvda vergul qo’yiladi. M: Iste’dodingni namoyon qil, toki hamma bilsin. YUKLAMA So’z yoki gaplarga qo’shimcha ma’no beradigan yordamchilar yuklamalar deyiladi. Yuklamalar 2 xil bo’ladi: sof va vazifadosh. 1. Sof yuklamalar: faqat, naq, go’yo, xuddi, -ku, -u, -yu, -da. 2. Vazifadosh yuklamalar: ham, yolg’iz, -gina, -dir, na…, na…. Ular tuzilishiga ko’ra 2 xil: 1. So’z yuklamalar: axir, xuddi, faqat, hatto, hattoki, ham, nahot, nahotki, go’yo, go’yoki, xolos, naq, hech, sira, na…, na… 2. Qo’shimcha yuklamalar: -u, -yu, -da, -oq, -yoq, -gina, -mi, -chi, -dir, -a, -ya. Ular quyidagicha yoziladi: a)so’zga qo’shib yoziladi: -dir, -mi, -oq, -yoq, -gina. M: Onam kelgandir. To’yga uni aytdingmi? b) so’zdan ajratib yoziladi: -ku, -da, -a, -ya, -chi, -u, -yu. M: Rustam vaqtida keldi- ku.Men-chi? Sen-a? Yuklamalarning ma’no va vazifasiga ko’ra turlari. Yuklamalar ma’no va vazifasiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: 1. So’roq va taajjub. 2. Ta’kid. 3. Ayiruv-chegaralov. 4. Kuchaytiruv. 5. Inkor. 6. O’xshatish- qiyoslash. 7. Gumon 1. So’roq va taajjub yuklamalari: -mi, -chi, -a, -ya. M: Kitobni o’qidingmi? O’zing-chi? 2. Ta’kid yuklamalari: -ku, -da, -u, -yu. Sen-ku hamma narsani muammo qiladigan. 3. Ayiruv-chegaralov yuklamasi: -gina (-kina, -qina), faqat, xolos. Bu yuklamalar turli so’z turkumlari bilan kelishi mumkin. Faqat yuklamasi ba’zan yolg’iz sifati bilan ma’nodoshlik hosil qiladi. M: Yig’ilishga yolg’iz men bordim. (yuklama) Dugonam uyda yolg’iz o’tiribdi.(sifat) Ayirish-chegaralash ma’nosini yanada kuchaytirish uchun faqat va –gina yuklamalarini birgalikda qo’llaymiz. M: Yo’lchini bu hayotda faqatgina shu Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling