Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
uyasida ko’rganini qiladi.
Ba’zan darak gaplardagi gap bo’laklarining me’yordagi tartibi o’zgarishi mumkin: 1.Urug’chilik instituti shahar markazidan xiyla chetda joylashgan. 2. Shahar markazidan urug’chilik instituti xiyla chetda joylashgan. 3. Xiyla chetda joylashgan urug’chilik instituti shahar markazidan uzoqda edi. Darak gaplardagi bunday 3 xil gap bo’laklarining tartibi gapning umumiy mazmuni bir xil ifodalasa ham, lekin uslubiy xoslanishlik va gap bo’laklaridan birining ahamiyatlilik darajasini ifodalashga ko’ra o’zaro farqlanadi: 1-2-gaplar kitobiy uslubga, 3-gap esa so’zlashuv uslubiga xoslangan. Darak gaplarda tasdiq va inkor ma’nolari bo’lishi mumkin. Darak- tasdiq gaplarning kesimi bo’lishi shaklda bo’ladi. M: Bahor kelib, gullar ochildi. Darak-inkor gaplar quyidagicha hosil qilinadi: 1. Bo’lishsiz fe’llardan: Bugun dars qilmadim. 2. Sifatdosh + yo’q, emas: Bu haqda hech kimga aytgan emas. 3. Ot + yo’q, emas: U ko’ringan sharpa odam emas. Ba’zan gapning inkor shakli orqali tasdiq ma’nosi ifodalanadi. Bunday vaqtda ikkita inkor shakl qo’llanilib, gapga tasdiq ma’nosini beradi.M: Shu asarni o’qimay qo’ymayman. Eslatma: Inkor ma’nosi orqali ifodalangan tasdiq ma’nosi tasdiq shakli orqali ifodalangan tasdiq ma’nosidan kuchliroq bo’ladi. So’roq gaplar.So’zlovchiga noma’lum bo’lgan voqea-hodisa haqida axborot olish maqsadida qo’llaniluvchi gaplarga so’roq gaplar deyiladi. So’roq gaplar quyidagicha hosil qilinadi: 1. So’roq olmoshlari yordamida: Nima uchun darsga kech qolding? So’roq olmshlari yordamida ifodalangan so’roq gaplar aniq javobni talab qiladi. M: - Guruhingizda kim yaxshi o’qiydi? - O’ktam. 2. So’roq yuklamalari yordamida: Kecha darsga keldingmi? Bular ha yoki yo’q javoblarini talab qiladi. 3. So’roq ohanggi yordamida: Fotima o’qishga kirdi? So’roq gaplar ma’nosiga ko’ra 3 xil bo’ladi: 1. Sof so’roq gaplar 2. Ritorik so’roq gaplar (so’roq-darak) 3. So’roq-buyruq gaplar Sof so’roq gaplar javob talab qiladi. M: Kecha uyingga kim keldi? Ritorik so’rq gaplar javob talab qilmaydi. Javobi shu gapning o’zida bo’ladi. So’roq gap kesimi bo’lishsiz fe’llar blan ifodalangan bo’lsa, tasdiq darak gap ma’nosini; bo’lishli fe’llar bilan ifodalangan bo’lsa, inkor gap ma’nosini bildiradi. M: Bu daraxtni kesishga kim jur’at qiladi? (Bu daraxtni kesishga hech kim jur’at qilolmaydi.) Eslatma: So’roq gap orqali ifodalangan darak ma’nosi darak gap orqali 99 ifodalangan darak ma’nosidan kuchliroq bo’ladi. So’roq gap shakli orqali buyruq ma’nosi ham ifodalanishi mumkin: Yurmaysizmi? (yuring) Eslatma: So’roq gap orqali ifodalangan buyruq ma’nosi buyruq gap orqali ifodalangan buyruq ma’nosidan kuchliroq bo’ladi. Buyruq gap. Kesimi buyruq maylidagi fe’l bilan ifodalanib, buyruq-xitob ma’nolarini ifodalagangaplarga buyruq gaplar deyiladi. Buyruq gaplarning kesimi quyidagicha bo’ladi: - II shaxsdagi buyruq-istak maylidagi fe’llar bilan: Oldin o’yla, keyin so’yla. – rasmiy nutqda buyruq gapning kesimi ko’pincha III shaxsda bo’ladi: Ishga qabul qilinsin. – ayrim hollarda III shaxs buyruq maylidagi fe’llar bilan ifodalangan gapning kesimi II shaxs ma’nosida qo’llaniladi. M: Chekilmasin (chekmang). Uyga kirilsin (uyga kiring). Bunday vaqtda iltifot mulozamat bildirish, kesatiq kabi ma’nolarni ifodalaydi. Buyruq gap ba’zan buyruqni kuchaytirish, do’q-po’pisa ma’nolarini ifodalaganda kesim gap oxirida keladi.M: Oling qo’lingizni. Eslatma: Buyruq gaplarning buyruq maylidagi fe’l bilan ifodalangan kesimi ba’zan tushib qolishi mumkin, lekin uning o’rni nutq vaziyatidan bilinib turadi. M: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling