Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
qaysi?) – aniqlovchi, uchrashuv haqida (nima haqida?) – to’ldiruvchi, zavqlanib
(qay tarzda?) – hol, gapirdi (nima qildi?) – kesim. Gapda 4ta tobe bog’lanish bor: 1) Dildora gapirdi. 2) zavqlanib gapirdi; 3)uchrashuv haqida gapirdi; 4) kechagi uchrashuv.(Shulardan 3 tasi so’z birikmasi, bittasi gap.) Demak, gap bo’lagi tobe bog’lanish doirasida, tobe qism vazifasida kelgan bo’laklar hisoblanadi.Uning qaysi bo’lak vazifasida kelayotganligi hokim bo’lakka nisbatan aniqlanadi. Gap bo’laklari 5ta: ega va kesim gapning bosh bo’laklari; aniqlovchi, to’ldiruvchi, hol gapning ikkinchi darajali bo’laklari sanaladi. 1-topshiriq: Gap bo’laklarini aniqlab tagiga chizing. Ovchi va kaklik Bir ovchi kaklik tutib olibdi. Uni o’ldirmoqchi bo’lgan ekan, kaklik: “Meni ozodlikka qo’yib yubor, - deb yalinibdi. – Agar meni tirik qoldirsang, evaziga to’ringga juda ko’p kakliklarni ilintirib beraman”, - debdi.Ovchi kaklikni qo’yib 101 yuborishga moyil bo’lib turgan ekan, ammo uning gapini eshitgach g’azablanib shartta o’ldiribdi. Kesim va uning ifodalanishi Kesim gap markazi bo’lib, u tasdiq-inkor, zamon, mayl, shaxs-son ifodalab keladi, hukmni ifodalaydi va gapning boshqa bo’laklarini o’z atrofida birlashtiradi. Gapda kesimgina boshqa bo’laklarga nisbatlanmagan holda aniqlanadi. Qolgan bo’laklar kesimga nisbatan aniqlanadi. Boshqa bo’laklar javob bo’lishi lozim bo’lgan so’roqlar kesimga qarab beriladi. Kesim gapning mazmuniy va grammatik markazi hisoblanadi. Kesim nima qilmoq?, kimdir?, nimadir?, nima bo’lmoq?, qandaydir?, u kim?, u nima?, u nechta? kabi so’roqlarga javob bo’ladi. Kesim qaysi turkum so’zlar bilan ifodalanishiga ko’ra ikki xil: a) fe’l kesim; b) ot kesim. Fe’l kesimlar quyidagi ko’rinishlarga ega: 1. Sof fe’l kesimlar: Men maktabga boraman. 2. Ba’zan ravishdosh bilan ifodalangan kesim: Ishning boshi – boshlanguncha. Eslatma: -guncha qo’shimchasini olgan ravishdoshgina kesim bo’lib kelishi mumkin. Ot kesim ot, sifat, son, olmosh, ravish, harakat nomi, taqlid so’zlar bilan ifodalanadi: 1. Ot bilan: Yaxshi ro’zg’or – jannat. 2. Sifat bilan: Usti yaltiroq, ichi qaltiroq. 3. Son bilan: Ikki karra ikki – to’rt. 4. Olmosh bilan: O’zim har joydaman, ko’nglim sandadir. 5. Ravish bilan: Sizdan umidim ko’p. 6. Modal so’z bilan: Yo’qoling, siz bilan adi-badi aytishga vaqtim yo’q. 7. Harakat nomi bilan: Burchimiz – a’lo o’qish. 8. Sifatdosh bilan: Yigit kishining uyalgani – o’lgani, eman daraxtining egilgani – so’lgani. 9.Taqlid so’z bilan: Ko’chada odam g’ij-g’ij. 10.Undov so’z bilan:Endi uning holiga voy. 1-topshiriq: Gaplar tarkibidan kesimlarni topib, ot kesim yoki fe’l kesim ekanligini aniqlang. 1.Olov o’tinni kuydirib kul qilgani kabi, hasad savob amallarini yeb tugatadi. 2.Hasad etgan kishi dun-u dag’aldur, bu so’z xalq aro eski masaldur. 3.Aql ojizlansa, hasad kuchga kiradi. 4.Odam hamisha yashiradigan, yashirishga urinadigan illat hasaddir. __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ Kesimlar tuzilishiga ko’ra 2 xil bo’ladi: a) sodda; b) murakkab 1. Sodda kesim bir so’z bilan ifodalanadi: Paxta va tilladan yurt bezanadi. 2. Murakkab (qo’shma) kesim 2 yoki undan ortiq so’zdan tashkil topadi va quyidagicha hosil bo’ladi: 102 - ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasidan: Do’stim kechasi bilan kitob o’qib chiqdi. – fe’l+fe’l : Hozir dugonamnikiga borib keldim. – fe’l bo’lmagan so’z + fe’l: Shuncha gapdan keyin ham miq etmadi. - ot, sifat, son, olmosh, ravish+ bo’lmoq fe’li yoki to’liqsiz fe’l: Uchrashuv Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling