Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
1-topshiriq: Egalarni aniqlang va ularning tagiga chizing
1.Ilm hayo bilan kibr orasida yo’q bo’lib ketadi. 2.Kamtar kerilmaydi, mol- dunyoga berilmaydi. 3.Maqtanchoq – quruq po’choq. 4.Yolg’oncilik, ezmalik, takabburlik, chaqimchilik izzat-obro’ni barbod qiladi. 5.Buzuq devorlardan tashvish bor, lekin siniq ko’ngillardan ko’proqdir tashvish. 6.Kishilarga ulardan oldin salom berishga shoshil, bu ulug’ kishilarning fazilatlaridan, kamtarlik nishonalaridan biridir. 2-topshiriq: Matn tarkibidagi egalarni aniqlang va ularning tagiga chizing. Xushomadni yoqtirishga uringan hukmdor o’ziga nisbatan nafrat uyg’otib qo’yishi mumkin. Buning sababi shunday izohlanadi:tabiblar deydilarki, sil kasalligini boshlang’ich davrida aniqlash qiyin, ammo davolash oson. Agar xastalik o’tkazib yuborilgan bo’lsa, aksincha , uni aniqlash oson-u, davolash mushkul. Davlat ishlarida ham shunday :endigina paydo bo’layotgan illat o’z vaqtida aniqlansa, uni yo’qotish qiyin emas. Bunga faqat dono hukumdorlargina qodirdirlar. Agar illat har kimga yaqqol ko’rinadigan darajada avj olgan bo’lsa, hech qanday dori-darmon kor qilmaydi. 104 Ega va kesimning shaxs-sonda mosligi. Ega kesim bilan grammatik va mazmun tomondan bog’langanligi uchun doimo kesimning shakliga mos shaklda turadi. Eganing kesim shakliga mos (shaxs-son) shaklda kelishiga moslashish deyiladi. Shaxsda moslik. Ega va kesim bir-biri bilan shaxsda har doim mos bo’ladi. M:Vatanni mardlar(III shaxs) qo’riqlaydi (III shaxs). Eslatma: Nutqimizda “Hayron qolasan kishi” tarzidagi gaplar ham uchraydi.Bu gapda ega va kesim shaxsda moslashmagan. Ega III shaxsda, kesim II shaxsda. Sonda moslik: 1. Fe’l kesim I va II shaxsda ega bilan hamma vaqt sonda mos bo’ladi. M: Men(I shaxs birlik) kutubxonadan kitoblarni olib keldim (I shaxs birlik). 2. Fe’l kesim III shaxsda ega bilan hamma vaqt ham sonda mos bo’lmaydi: a) Kimsani bildirgan III shaxsdagi ega bilan fe’l kesim sonda mos bo’ladi. M: O’ktam Toshkentdan keldi. b) Ko’p hollarda, ko’plikdagi ega predmetni bildirsa, fe’l kesim ega bilan sonda moslashmaydi. M: Kuz kelishi bilan barglar to’kildi. Agar ko’plikdagi ega jonivorlarni anglatsa, fe’l kesim ega bilan sonda mos kelishi ham mumkin. M:Kunlar isishi bilan qushlar uchib kela boshladilar. d) Ot kesim ko’plikdagi ega bilan ko’pincha moslashmaydi.M: O’quvchilar tirishqoq ekan. e) Ba’zan hurmat, kesatish va boshqa ma’nolarni anglatish uchun ega birlikda bo’lsa ham, kesim ko’plikda qo’llaniladi. M: Dadam keldilar. f) Gapda eganing aniqlovchisi miqdor son bilan ifodalansa, ega ham kesim ham birlik shaklda bo’ladi. M: Sakkizta xonanda davraga kirib keldi. Ega bilan kesimning orasida tirening ishlatilishi. Ba’zan ot kesimning shakllari maxsus ifodalanmay, ohang yordamida shakllanadi. Shunday o’rinlarda tugallangan ohangni ifdalash uchun ega va kesim orasiga yozuvda tire qo’yiladi: 1.Gapning kesimi bosh kelishikdagi ot bilan ifodalanib, bog’lama yoki kesimlilik qo’shimchasi bo’lmasa, egadan keyin tire qo’yiladi.M-n: Tinchlik - farvon hayot manbai. Eslatma: Ayrim hollarda gapning kesimi bosh kelishikdagi ot bilan ifodalanib, kesimlik qo’shimchasi bo’lsa ham, tire qo’yiladi. Bunda ta’kidlash ma’nosi kuchaytiriladi. M-n: Til – millatning bebaho boyligidir. Adabiyot – hayotning in’ikosidir. 2.Gapning egasi yo kesimi yohud ularning har ikkalasi harakat nomi bilan ifodalansa, bog’lama va kesimlik shakli bo’lmasa, egadan keyin tire qo’yiladi. M- n: Har narsaga qiziqish – biz uchun eski odat. O’qish – ulg’ayish. 3.Gapning egasi yoki kesimi birikmalar bilan ifodalanib, tenglik, o’xshatish kabi ma’nolarni bildirsa, egadan keyin tire qo’yiladi. M-n: Salomatlik – tuman Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling