Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
Hamma paxta terimiga.
Buyruq gaplarning oxiriga ko’pincha undov belgisi qo’yiladi. Ba’zan gapning ohangiga qarab esa nuqta qo’yilishi mumkin. Istak gaplar. Kesimi –sa shaklidagi fe’llar orqali ifodalangan gaplar istak gap deyiladi. M: Toshkentga borsam, Mustaqillik maydonini ko’rsam. Istak gaplarning oxiriga nuqta qo’yiladi. Gaplarning his-hayajon ishtirokiga ko’ra turlari. Gaplar his-hayajonning ishtirokiga ko’ra ikki turga bo’linadi: a) his-hayajonsiz; b)his-hayajonli Darak, so’roq, buyruq gaplar his-hayajonsizdir.Bular nutqda kuchli his-hayajonga ega bo’lishi bilan his-hayajon gaplarga aylanishi mumkin. His- hayajon gaplar undov gap deb ham nomlanadi. Undov gaplarda kesim ko’pincha gapning oldida keladi, tarkibida ko’pincha eh, oh singari undov so’zlar ishtirok etadi va kuchli hayajon bilan talaffuz qilinadi. Shuning uchun yozuvda undov gapdan so’ng undov belgisi qo’yiladi.M: Nurga to’lsin uyingiz! Eh, bog’larga burkansa Vatan! Undov gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi: Agar his-hayajon so’roq gapga qo’shilib uni undov gapga aylantirsa, avval so’roq belgisi, keyin undov belgisi qo’yiladi. M: Qo’shiqdan kim bahra olmaydi?! Aytsangiz-chi, nima dedi?! Agar his-hayajon ma’nosi kuchli bo’lsa, avval undv, so’ng so’roq belgisi qo’yiladi. M: Bu dardga qanday chidayman!? Agar undov o’ta kuchli bo’lsa, uchta undov belgisi qo’yiladi.M: O’lim terrorchilarga!!! Eslatma: Salomlashish-so’rashish, xayrlashish singari holatlar bilan bog’langan gaplar ham yuqori ohang bilan aytiladi va undov gaplar hisoblanadi. M: To’y muborak! Xayr, do’stim! Gapning tuzilishiga ko’ra turlari. Gaplar tuzilishiga ko’ra 2 xil bo’ladi: 100 1) sodda gaplar - bitta xabarni ifodalovchi gap sodda gap hisoblanadi; 2)qo’shma gaplar - birdan ortiq xabarni yaxlitlashtirib ifodalaydigan gap qo’shma gapdir. (8-sinf darslik) Grammatik asosi bitta bo’lib, ma’lum bir fikrni ifodalovchi gaplar sodda gap deyiladi. Sodda gapda to’liq shakllangan kesim bitta bo’ladi. Ega va hol to’g’ridan- to’g’ri kesimga bog’lanadi.(Ushbu ma’lumot 8-sinf darsligidan. Hol boshqa bo’laklarga ham bog’lanishi mumkin. Faqat ega kesimga to’g’ridan-to’g’ri tobelanadi.) Aniqlovchi ot bilan ifodalangan har qanday bo’lakka bog’lanaveradi. To’ldiruvchi esa fe’l bilan ifodalangan bo’laklarga bog’lanadi. M: Shahnoza o’qidi. Shahnoza kitobni o’qidi. Shahnoza shu kitobni o’qidi. Shahnoza shu kitobni hayajon bilan o’qidi Sodda gap tarkibidagi barcha bo’laklar shu kesim atrofida birlashadi. Sodda gaplar ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirok etish etmasligiga ko’ra ikkiga bo’linadi: 1)sodda yig’iq: Kamola kirib keldi. 2) sodda yoyiq: Kamola darvozadan shoshilib kirib keldi. Eslatma: Akademik litsey darsliklarida faqat kesimdan iborat gaplarni sodda yig’iq gaplarga kiritgan. M: Keldi. Bahor. Ikki va undan ortiq grammatik asosdan tashkil topib, murakkabroq fikr anglatuvchi gap qo’shma gap deyiladi. M: Shu payt eshik ochildi va hovliga harbiycha kiyingan bir yigit kirib keldi. Bilimli o’zar, bilimsiz to’zar. Odam borki, odamlarning naqshidir. Gapning bo’laklarga ajratilishi. Gapda bo’laklar o’zaro grammatik munosabatga kirishib, gap bo’laklarini hosil qiladi. Gap tarkibidagi o’zaro tobe bog’lanishda bo’lgan so’zlardan bittasi tobe bo’lak, ikkinchisi hokim bo’lak vazifasini bajaradi. Tobe bo’lak hokim bo’lakka bog’lanib, hokim bo’lak talab etgan sintaktik vazifada keladi. Ana shu vazifa gap bo’lagi nomi bilan yuritiladi. Gap tarkibida tobe bog’lanib ma’lum so’roqqa javob bo’luvchi so’z yoki so’zlar birikmasiga gap bo’lagi deyiladi. Masalan: Dildora kechagi uchrashuv haqida zavqlanib gapirdi. Ushbu gapdagi bo’laklarni aniqlaymiz: Dildora (kim?) – ega, kechagi (qachongi?, Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling