Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet62/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

yozmoq, ohista gapirish, zavq bilan o’qigan, sekin keldi, ta’sirli so’zlab. 
Tobe so’zning ifodalanishiga ko’ra so’z birikmalarining turlari 3 xil:
1) aniqlovchili birikma: go’zal tabassum, ko’p odam, beshta olma.
2)to’ldiruvchili birikma: daftarga yozmoq, televizorni yoqmoq, sayrga chiqmoq.
3) holli birikma: shoshib yurmoq, to’satdan boshlamoq, kulib gapirmoq.
Tobe va hokim qismlarni bir-biriga bog’lovchi vositalar. Gap tarkibida 
uchraydigan so’z birikmalari bir-biri bilan kelishiklar, ko’makchilar, ohang va 
egalik qo’shimchalari yordamida bog’lanadi. Bunda kelishiklar, ko’makchilar, 
ohang tobe qismga, egalik qo’shimchalari esa hokim qismga qo’shiladi. M: beshta 
olma (ohang), ruchka bilan yozmoq (ko’makchi), radiodan eshitmoq (kelishik), 
bizning bog’imiz (kelishik, egalik).
Eslatma: Tobe bog’lanishdan so’z birikmasi ham, gap ham hosil bo’lishi mumkin. 
Tobe bog’lanishda kelishiklar, ko’makchilar,shaxs-son, ohang va egalik 
qo’shimchalari ishtirok etadi.Shulardan faqat shaxs-son qo’shimchalari yordamida 
bog’langan tobe bog’lanish gap hisoblanadi. M: Gul ochildi (gap). 
So’z birikmasida so’zlarning o’zaro birikish usullari. Ular 3 xil:
1. Moslashuv 2. Boshqaruv 3. Bitishuv
MOSLASHUV. So’z birikmalari qaratqich kelishigi orqali bog’lanishi moslashuv 
deyiladi. Bunda qaratqich kelishigi har doim tobe so’zda, egalik qo’shimchasi esa 
har ikkalasida bo’lishi mumkin.M: mening kitobim, ukamning kitobi
Qaratqich kelishigini olgan so’z, ya’ni tobe so’z qaratqich, qaratqich kelishigini 
olmagan so’z, ya’ni hokim so’z qaralmish deyiladi. Moslashuvda tobe so’z avval, 
hokim so’z keyin keladi. Ba’zan she’riyatda ularning o’rni almashishi mumkin. M: 
mening Vatanim, Vatanim mening
BOSHQARUV. Boshqaruv 2 xil bo’ladi:
1. Kelishikli boshqaruvda tobe so’z hokim so’zga tushum, jo’nalish, o’rin-payt, 
chiqish kelishiklari orqali bog’lanadi. M: kinoni ko’rdi, uyga bordi, ko’chada 
uchratmoq, mashinadan tushmoq 
2. Ko’makchili boshqaruvda tobe so’z hokim so’zga ko’makchilar orqali birikadi. 
M: g’alaba uchun kurashmoq, sharoitga ko’ra yondashmoq
Boshqaruvda kelishiklar va ko’makchilarni almashtirish mumkin. Lekin ma’nosida 
o’zgarish bo’ladi. Kelishiklar yordamida bog’langan bo’lsa, hokim bo’lak 
ifodalagan harakat aniq bo’ladi. Ko’makchilar yordamida bog’langanda noaniq 
bo’ladi. M: maktabga keldi – maktab tomon keldi
Eslatma: Boshqaruvda hokim so’z, ko’pincha, fe’l, ba’zan ot, sifat, ravish va 
boshqa so’z turkumlari bilan ifodalanadi.
Boshqaruvda tobe so’z avval, hokim so’z keyin keladi. Ba’zan esa ularning o’rni 
almashishi mumkin. M: gulni terdim – terdim gulni
BITISHUV. Tobe va hokim so’zning hech qanday grammatik vositalarsiz faqat 
ma’no va ohang yordamida birikishi bitishuv deyiladi. M: tez termoq, chiroyli 


96 
gapirmoq, ishchan o’quvchi, mehribon murabbiy. Bitishuvda ham tobe so’z oldin 
hokim so’z keyin keladi. Ammo bitishuvda hamma hollarda ham ularning o’rnini 
almashtirib bo’lmaydi. Ba’zi holatlarda o’rni almashtirilsa, gap hosil bo’ladi. M: 
tez termoq – termoq tez (almashtirilsa bo’ladi, so’z birikmasi); katta uy – Uy katta. 
(almashtirib bo’lmaydi, gap)
Eslatma: Birga bormoq, birdan aytmoq, yolg’ondan gapirmoq, tezda xabar 
bermoq, qunt bilan o’qimoq, zavq bilan kulmoq bular bitishuvli birikmalar 
hisoblanadi.
4-topshiriq: Gaplar tarkibidan so’z birikmalarini aniqlab ularni tahlil qiling.
1.Yigitning baxtini mehnat ochar. 2.Umidsizlik uyin buzsang, umidingga 
yetarsan. 3.Bulbul chamanni sevar, odam – Vatanni. 4.Maydonda sinalgan odam – 
elda aziz. 5.Ona yurting omon bo’lsa, rangi-ro’ying somon bo’lmas. 6.O’zingni er 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling