Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet58/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

xabarni eshitib, tillarim so’zsiz qoldi. 1- gapdagi so’zsiz yaxlit bitta so’z, ya’ni 
ma’noli qismlarga bo’linmaydi. 2-gapdagi so’zsiz ma’noli qismlarga ajraladi, ya’ni 
asos va so’z yasovchi qo’shimchadan tashkil topgan.
Modal so’zlarning ma’no turlari. Modal so’zlar bayon qilinayotgan fikrga 
quyidagicha munosabat bildiradi:
1. Ishonch: albatta, shubhasiz,shaksiz, so’zsiz. M: So’zsiz, omadim keladi.
2. Gumon, noaniqlik: ehtimol, balki, chamasi, shekilli, hoynahoy, aftidan. M: 
Balki, kechikmasmiz.
3. Tasdiq: darhaqiqat, haqiqatan, tuzuk, bor. M: Hamma ish joyida ekan, tuzuk.
4. Ta’kid, xulosalash, yakunlash: xullas, demak, umuman, madomiki. M: Demak, 
tog’ga hamma boradi.
5. Fikrning tartibini: avvalo, avvalambor. M: Avvalambor, muammoning yechimini 
topaylik.
6. Fikrning dalillanishini: jumladan, masalan. M: Men, masalan, boraman.
7. Achinish: afsus, afsuski, attang, esiz. M: To’fon hammasini barbod qilibdi, 
attang.
8. Quvonch: xayriyat, xayriyatki. M: O’qishga kirdim, xayriyat.
9. Eslatish: darvoqe, aytganday, aytmoqchi. M: Aytganday, bugun xolam 
kelarmikan?
10. Ma’qullash: durust, bo’pti. M: Bo’pti, hammasini yozib qo’yaman.
11. Maqsad, talab: kerak, lozim, darkor, shart, zarur.
12. Ajablanish: ajabo. M: Ajabo, tabiat uyg’onib bo’pti-ku!
Eslatma: Ha, xo’p, mayli singari so’zlar tasdiq so’zlar; yo’q, mutlaqo singari 
so’zlar inkor so’zlar sanaadi. Bunday so’zlar diologik nutqda –mi so’roq yuklamasi 
orqali ifodalangan so’roq gaplarning javobi bo’lib keladi.(7-sinf darsligi) 
UNDOV SO’ZLAR. Undov so’zlar tuyg’u, his-hayajon, haydash-chaqirish, istak 
kabi ma’nolarni bildiradi. Undovlar leksik ma’no bildirmaydi, gap bo’laklari bilan 
grammatik jihatdan bog’lanmaydi. Undovlar yasalmaydi, yasalish uchun asos 
bo’ladi: -la: dodlamoq, -chi: haybarakallachi.
Undovlar tuzilishiga ko’ra quyidagicha bo’ladi:
1) yakka holda qo’llaniluvchi: oh, uh, voy, rahmat, dod, chu;
2) juft holda qo’llaniluvchi: oh-voh, voy-dod, oh-uh;
3)takror holda qo’llaniluvchi: bah-bah, tu-tu, pish-pish.
Undovlar ma’nosiga ko’ra 2 xil bo’ladi:
1. His-hayajon undovlari.
2. Buyruq-xitob (haydash-chaqirish) undovlari.
Eslatma: 7-sinf darsligida undovlarning uchinchi turi ham berilgan: nutqiy odat 
undovlari.


91 
I. His-hayajon undovlari kishilarning kechinmalarini ifodalab keladi. M: Voy-dod, 
yomonlar dastidan! (nafratni bildiryapti) Iya, siz ham keldingizmi?! (hayron 
qolish).Quyidagilar his-hayajon undovlari: eh, oh, uh, ho, hey, ey, uff, dod, 
obbo, tuf, voy, hah, ura, o’bbo’, ho’, hay,iya, bay-bay, voy-bo’, hormang, 
rahmat, salom, xayr, ofarin. Bular gap bo’lagi bo’la olmaydi va o’zi undov gap 
bo’lishi yoki gap tarkibida kelib, uni undov gapga aylantirishi mumkin. Bunday 
gaplarning oxiriga doimo undov belgisi qo’yiladi. M: Bay-bay, ovqat buncha 
mazali bo’libdi! His-hayajon undovlari gapda ko’pincha vergul bilan ajratiladi. 
Hoy, hey, ey undovlari ot bilan ifodalangan undalma bilan kelsa, vergul 
qo’yilmaydi. M: Ey yigit, mana bu gulni ham ol. Agar undovlar kuchli hayajon 
bilan aytilsa, ulardan so’ng undov belgisi qo’yiladi va keying gap bosh harf bilan 
yoziladi. Oh! Naqadar omadliman!
Otlashish. Undov so'zlar otlashib, gapda ega, qaratqich aniqlovchi, to’ldiruvchi va 
kesim vazifasida keladi. M: Kampirning dodiga odam tez to’plandi. Ba’zan qani, 
kel mustaqil so’zlari undov so’z vazifasida kelishi mumkin. M: Qani, dilsiyohlikni 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling