Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
yig’ishtiramiz. Shuningdek undovlar demoq, urmoq, tortmoq, solmoq kabi fe’llar
bilan birikib qo’shma fe’l hosil qilishi mumkin. M: uh tortmoq, dod solmoq, oh urmoq, voy demoq. Eslatma:1. Undov so’zlar aynan bir xil bo’lsa ham, undov ohangi bilan ajralib turadi. M: Oh, tabiat naqadar go’zal! Oh, tashvishlarni ko’p ko’rdi bu bosh. 2. Undovlardan foydalanishda so’zlovchilarning yoshi, amali ahamyatga ega bo’ladi. M: Balli bolam, sen ertangi kun egasisan, axir. (yoshi katta kishi nutqidan) Hoy bola, o’zingga ko’p ishonma. (amali baland kishi nutqidan) II. Buyruq-xitob undovlari kishilarning diqqatini tortish, jonivorlarni chaqirish, haydash yoki to’xtatish uchun ishlatiladi. Quyidagilar buyruq-xitob undovlariga kiradi:xo’sh,jim, allo,bas, dirr, ishsh, ixx, chu, pisht, kisht, tu-tu, pish-pish, bah- bah, qurey-qurey, chip-chip. Bu undovlar deb, degan so’zlari bilan kelib, gapda aniqlovchi, hol vazifasini bajaradi. M: Qizcha mushukchasiga qarab, pish-pish deb yurib ketdi.Xo’sh undov so’zi kirish so’z vazifasini bajarib kelishi ham mumkin: Xo’sh, ishlar yaxshimi? Undovlarning uslubiyati. Undovlar og’zaki so’zlashuv, badiiy, qisman publitsistik uslubda keng qo’llanilib, rasmiy va ilmiy uslubda qo’llanilish doirasi cheklangan. Ba’zan xatlarda, ma’lum voqea-hodisalar bayoni yuzasidan o’zaro maktublarda yoki ishqiy maktublarda undovlar qo’llanilishi mumkin. Rasmiy doiralarning xatlarida undovlar qo’llanilmaydi. TAQLID SO’ZLAR narsalarning holatiga va tovushiga taqlidni bildiradi. Ular gap bo’lagi bo’la oladi va odatda, aniqlovchi yoki hol vazifasini bajaradi. Taqlid so’zlarning tuzilishiga ko’ra turlari: 1. Yakka holda qo’llaniluvchi taqlid so’zlar: yarq, miyov, tars. M: Mushukning miyov degan ovozi eshitildi. 2. Takror holda qo’llaniluvchi taqlid so’zlar: g’a-g’a, tars-turs, yalt-yult, tapir- tupur. M: Uzoqdan yalt-yult qilgan shu’la ko’rindi. Taqlid so’zlar nimaga taqlidni bildirishiga ko’ra 2 xil bo’ladi: a)tovushga; b)holatga. 92 I.Tovushga taqlid so’zlar narsalarning ovoziga taqlid qiluvchi so’zlar yoki xilma- xil tovushlarni nutq tovushlariga ko’chirishdir: taq-tuq, shaq-shuq, inga, g’iz- g’iz, qirs, tars, didit, miyov, vov, paq-puq. Ular otlashadi va gapda ega, aniqlovchi yoki to’ldiruvchi bo’lib keladi. M: Bolalar, shov-shuvga e’tibor qarating. II. Holatga taqlid so’zlar tabiatdagi xilma-xil shu’la, harakat, ko’rinishlarni tovushga ko’chirishdir yoki narsalarning holatiga taqlid bildiruvchi so’zlardir: yalt- yult, yarq, pir-[ir, jiz, shuv, lapang-lapang, chirt, yal-yal. Ba’zi taqlid so’zlar ham holatga, ham tovushga taqlid bildira oladi: jiz, tars, duv. M: Holam ovqatni boshlashi bilan jiz degan ovoz eshitildi.(tovush) Kitobni ko’rib, kampirning yuragi jiz etdi. (holat) Taqlid so’zlar yasalmaydi, lekin yasalish uchun asos bo’ladi: sharshara, varrak, shiqildoq, qarsak, qahqaha (ot); jizzaki, jirtaki, jirtilloq (sifat); vovulla, shovulla, pirilla, yaltira (fe’l). SINTAKSIS So’z birikmalari hamda gaplarning qurilishi va ifoda xususiyatlarini o’rganuvchi tilshunoslik bo’limi sintaksis deyiladi. Har qanday til o’zining so’zlari, iboralari va qo’shimchalaridagi imkoniyatlarini sintaksis bo’limida to’liq namoyon qiladi. Eslatma: Til birliklari:gap, so’z birikmasi, so’z,tovush, qo’shimcha. Sintaksis so’zlarning bir-biri bilan bog’lanishi hamda gap tuzilishi qonun- qoidalarini o’rganganligi uchun unda quyidagi bo’limlar mavjud: a) so’z birikmasi sintaksisi; b) gap sintaksisi. So’zlarning o’zaro bog’lanishi ikki xil bo’ladi: 1) teng bog’lanish – bir mustaqil so’z boshqasiga ergashmay, izohlamay bog’lanishi, ikki so’zning teng huquqli, biri ikkinchisiga bo’ysunmay bog’lanishidir. M: opam va kitob, uy va tom; 2) tobe bog’lanish – bir mustaqil so’z boshqa mustaqil so’zni izohlaaydigan bog’lanish tobe bog’lanish deyiladi. Bir so’zning boshqa bir so’zga bo’ysunishi orqali bog’lanishi: opamning kitobi, uyning tomi. So’zlarning teng bog’lanishi so’z qo’shilmalarini hosil qiladi. So’z qo’shilmasida har bir so’z ma’no mustaqilligini, alohida-alohida narsalarni nomlab kelish xususiyatini saqlab qoladi.M: ruchka bilan qalam, daftar va kirob. So’z qo’shilmalari teng bog’lovchilar va sanash ohangi bilan bog’lanadi. M: olma va o’rik; olma, o’rik, gilos Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling