Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma

Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet61/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
So’z birikmasi va ibora. So’z birikmasi, ya’ni erkin birikma tobe va hokim 

94 
so’zdan tashkil topadi. Bularda so’zlarni almashtirib qo’llab, yangi-yangi erkin 
birikmalar hosil qilish mumkin. M: yangi ko’ylak, qizil ko’ylak, qizil olma.Erkin 
birikmadagi har bir so’z ma’lum so’roqqa javob bo’ladi, gapda har biri alohida gap 
bo’lagi bo’lib kela oladi. M: Chiroyli ko’ylak oldim. 1)chiroyli ko’ylak; 
2)ko’ylak(ni) oldim
Iborada, ya’ni turg’un birikmada ma’no yaxlit, ajralmas bo’ladi. Turg’un birikma 
tarkibida nechta so’z bo’lishidan qat’i nazar bitta so’roqqa javob bo’ladi va bitta 
gap bo’lagi vazifasida keladi. M:Otasining to’nini teskari kiyib olishi O’ktamning 
dilini og’ritdi.
So’z birikmasi va turg’un birikma gapda o’xshash shaklda uchrashi mumkin, lekin 
so’z birikmasi tushuncha, ibora esa atash (leksik) ma’nosini ifodalaydi. M: 
Qizchaning tap-tap sakrashidan dugonasining guliga qo’nib turgan kapalagi
uchdi(tushuncha). Shovqindan buvimning kapalagi uchdi (atash ma’no). 
So’z birikmasi va qo’shma so’z. So’z birikmasida ham, qo’shma so’zda ham 
qismlar bir xildagi so’z turkumlariga oid bo’lishi, har ikkalasi ham bir xil 
grammatik shaklga ega bo’lishi mumkin. Masalan, oq qush – oqqush (har ikkisi 
ham sifat+ot). Bu ularning shakily o’xshashligidir. Lekin so’z birikmasidagi 
qismlar ma’no mustaqilligini saqlagan bo’ladi. Qo’shma so’z tarkibidagi 
qismlarning ma’nosi esa saqlanmagan bo’lib, qo’shma so’zning umumiy ma’nosi 
orqali anglashiladi. 
So’z birikmasidagi qismlar orasida grammatik aloqa sezilib turadi, qo’shma so’z 
qismlari orasidagi grammatik aloqa esa yo’qolgan bo’ladi.
So’z birikmasini tashkil qilgan qismlarning har biriga alohida-alohida so’roq 
berish mumkin: kitobni o’qimoq; kitobni (nimani?) o’qimoq; kitobni o’qimoq 
(nima qilmoq?) Qo’shma so’zlarga esa yaxlit bir so’roq berish mumkin: 
kungaboqar (nima?), kamquvvat (qanday?).  
Bular urg’u olishida ham farqlanadi. So’z birikmasida har bir so’zga, qo’shma 
so’zda esa faqat o’ziga urg’u tushadi. Masalan: oq qush – oqqush 
3-topshiriq: Berilgan birliklarning har birini so’z birikmasi va ibora sifatida 
qo’llab ikkitadan gap tuzing. 
1)bo’yniga ilmoq; 2)ko’zi ochilmoq; 3)to’nini teskari kiymoq; 4)ustidan 
chiqmoq; 5)tosh otmoq.  

Hokim so’zning ifodalanishiga ko’ra so’z birikmalarining turlari. Bu jahatiga ko’ra 
so’z birikmasi ikkiga bo’linadi: 1. Otli so’z birikmasi. 2. Fe’lli so’z birikmasi.

95 
Otli so’z birikmasida hokim so’z ot, sifat, olmosh, son, ravish va otlashgan 
so’zlar bilan ifodalanadi. M: shaharning ko’chlari, chumchuqning chug’ur-
chug’uri, o’quvchilarning beshtasi, beqiyos o’lka.
Fe’lli so’z birikmasida hokim so’z mustaqil fe’l bilan ifodalanadi. M: daftarga 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   98

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling