Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
boylik.Uch karra uch – to’qqiz.
4.Ega yoki kesim ko’rsatish olmoshi bilan ifodalansa, egadan keyin tire qo’yiladi. M-n: Mana bu – yangi qishloq rejasi. Yaxshi kishilarning ahdi – shu. Bu – siz uchun katta sinov. 105 5.Eganing ma’nosi ta’kidlab ko’rsatilganda, egadan keyin tire qo’yiladi. M-n:Men – mana shu minglarning biriman. Urush - quon vi emas. Sen – bizni ozd etuvchisan. 6.Ega yoki kesim u, bu, mana bu kabi olmoshlar bilan ajratilgan holatlarda tire shu so’zlardan oldin qo’yiladi.M-n:Namangan – bu gullar shahri. Gullar shahri – bu Namangan. Quyidagi holatlarda ega va kesim orasiga tire qo’yilmaydi: 1.Ega kishilik olmoshi bilan ifodalanib, bog’lama bo’lmasa ham tire qo’yilmaydi:Men o’quvchiman. 2.Kesim kelishik qo’shimchasini olgan bo’lsa: Butun umidim sendan. 3.Kesim tarkibida bo’l-, qil-, hisoblan-, sana- kabi yordamchilar ishtirok etsa: 21- mart Navro’z bayrami hisoblanadi. 4.Ega bilan ot-kesim o’rtasida ham yordamchisi bo’lsa: Bular ham a’lochi. Mening opam ham talaba. 5. Ot kesim sifat, ravish va son (sanoq sondan tashqari) bilan ifodalansa, tire qo’yilmaydi:Vatanimiz go’zal. Qizilqum sahrosi bepayon. Ishim ko’p. Bizning sinfimiz sakkizinchi. 3-topshiriq:Berilgan gaplarning qaysilarida ega va ot kesim orasiga tire qo’yilishi kerak? 1.Kiyinishda oliftalikdan qochi, yoqimtoy bo’lishga harakat qiling: odob ko’rkamlik, isrofgarchilik esa oliftalik belgisi. 2.Madaniyat bilan tashqi jilo butunlay boshqa-boshqa narsa. 3.Saxovat go’zallikdan ko’ra afzalroq. 4.Maftunkorlik yashnab turgan go’zallik. 5.Go’zallik bu bu erkin qalb va mustahkam sog’liq samarasi. 6.Ma’no yo’q joyda go’zallik bo’lishi mumkin emas. 7.Samimiylik ham xddi husn kabi ehson. 8.Ko’p so’zlash donolik belgisi emas. 9.Go’zallik butun olamni qalbga olib kiradigan kuch va iste’dodga ega. 4-topshiriq: Kerakli o’rinlarga tire qo’ying. 1.Olimlar, fozillar, adiblar davlatning tanasidagi kuch. Ularga iltifot va ikromda bo’l… Shunday yo’l tutkinki, hukumatingda orif arboblar, fazilatli insonlar va olimlar ko’paysin. 2.Naf’ing agar xalqqa beshakdirur, bilki, bu naf’ o’zingga ko’prakdirur. 3.Faqat o’z shaxsiy manfaati haqida qayg’urib, burchni unutmoqlik Otaketgan pastkashlik. 4.Birovni qoralashdan oldin doimo uni oqlash imkoni bor-yo’qliga haqida o’ylash kerak. 5.Inson zotiga mansub odamlar bir- biriga o’xshamaydilar. Ularning o’xshash tomoni bitta.U ham bo’lsa, barchaning pirovard maqsadi mukammallik. Gapning ikkinchi darajali bo’laklari.Gapning kesimi yo egasiga tobelanib, ularga ergashib keladigan bo’laklar ikkinchi darajali bo’laklar hisoblanadi. Ular gapni, uning ayrim bo’laklarini kengaytirishga, aniqlashga xizmat qiladi. Ikkinchi darajali bo’laklar uchta: 1) aniqlovchi; 2) to’ldiruvchi; 3) hol. Aniqlovchi. Gapdagi biror bo’lakning belgisini yoki bir predmtning boshqsiga qarashli ekanligini bildirgan bo’lak aniqlovchi deyiladi. Aniqlovchi aniqlagan bo’lak aniqlanmish hisoblanadi: aqlli (aniqlovchi) bola (aniqlanmish) Aniqlovchilar ega, ot kesim, to’ldiruvchi va holga bog’lanadi: Bayramda quvnoq qo’shiqlar kuylandi (egaga). Men tirishqoq talabaman (ot kesimga). Qiz qalin 106 sochlarini taradi (to’ldiruvchiga). Mehnat faxriylari bilan katta bog’da uchrashdik (holga). Aniqlovchilarning bir xil narsa-buyumning belgisi (rangi, miqdori, mazasi, hajmi)ni bildirsa, boshqa xili narsa-buyumning kimga yoki nimaga qarashliligini bildiradi yoxud boshqa tomondan nomlaydi. Shunga ko’ra aniqlovchilar uchga bo’linadi: 1) sifatlovchi aniqlovchi; 2) qaratqich aniqlovchi; 3) izohlovchi aniqlovchi. Sifatlovchi aniqlovchi. Gapda shaxs yoki narsa-buyumning belgi-xususiyati, hajmi, maza-ta’mi, shakli, rang-tusi, miqdori, tartibi kabi ma’nolarni anglatadigan aniqlovchilar sifatlvchi aniqlovchilar deyiladi. Ular qanday?, qanaqa?,qaysi?, qancha?, nechta?, qayerdagi?, qachongi? so’roqlaridan biriga javob bo’ladi:Oppoq Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling