Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet77/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

- Ha, topshirdim.
Yozuvda so’z-gaplardan keyin nuqt, undov belgisi, ba’zan ko’p nuqta 
qo’yiladi.So’z-gaplar hech qachon bo’laklarga ajratilmaydi. 
-topshiriq: Matn tarkibidan so’z gaplarni aniqlang. 
Bir kishi qushga qarab o’q uzgan ekan. O’qi xato ketibdi. Yonida turgan 
o’rtog’i buni ko’rib: 
- Ofarin! – deb yuboribdi. 
- Nima, meni kalaka qilyapsanmi? – debdi mergan. 
- Yo’q, men “ofarin”ni senga emas, qushga aytdim.
3 -topshiriq: Eganing ishtirok etish yoki etmasligiga ko’ra gaplarni guruhlarga 
ajratib chiqing. 
Uch buyuk tabib 
Bir tabib qattiq kasal bo’lib yotib qoldi. Uning shogirdlari yig’ilib ustodlarini
davolashga kirishdilar. Kasal ustod ularga; 
 - Sevimli shogirdlarim, meni davolash uchun behuda zahmat chekmang, 
tuzalishdan umid uzganman, o’limim yaqin qolganga o’xshaydi. Vafot 
topganimdan keyin juda qayg’uriboh-voh qilmang, chunki o’rnimga uchta buyuk 
tabib qoldirib ketaman. Shu uch zo’r tabibning maslahatlariga hammangiz e’tibor 
bering va boshqalarni ham shunga da’vat qiling, -dedi. Shogirdlardan biri: 
- Bizlarning aziz ustodimiz, sizdan keyin qoladigan uchta tabib kimlar? – deb 
so’radi. Ustod ko’zlarini ochdi, yonidagi shogirdlariga shunday javob berdi: 
- Bu uch tabib - poklik, parhez va badantarbiya. Endi uch tabibning qoidalariga 
bo’ysunish shart.
To’liq va to’liqsiz gaplar 
Dialogik nutqda fikr ifodalash uchun kerak bo’lgan barcha bo’laklar ishtirok eta 
bermaydi. So’zlashish jaroayoni doimo ixchamlikka, ortiqcha so’zlardan 
qutulishga amal qiladi. Shuning uchun so’zlashish jaroyonida oldingi gapdan yoki 
so’zlashish vaziyatidan bilinib turgan so’zlar ko’pincha ishlatilmaydi.
Gaplar o’z bo’laklarining to’la ifodalangani yoki ifodalanmay qolganiga (tushib 
qolganiga) ko’ra 2 xil bo’ladi:
1. To’liq gaplar


117 
2.To’liqsiz gaplar
Biror gap bo’lagining ifodalanmaganligi sezilmaydigan, fikrni ifodalash uchun 
zarur bo’lgan hamma bo’laklari saqlangan gaplar to’liq gap deyiladi: Yurtimiz 
kundan-kun go’zallashib bormoqda.
Suhbat nutqida, matn ichida qo’llanilib, biror bo’lagi tushirib qoldirilgan va u nutq 
sharoitidan anglashilib turadigan gaplar to’liqsiz gaplar deyiladi.To’liqsiz gap 
uchun zaruriy umumiy qoida, qonuniyatlar xos emas. Qaysi bo’lakning qoldirilishi 
kerakligi va qaysi bo’lakni tushirish mumkinligini faqat nutq sharoiti belgilaydi:
Gulni kimga terding?
- Onamga.
To’liqsiz gaplar suhbatda, dialogda, badiiy asarlarda ko’proq qo’llaniladi.Ba’zi 
qo’shma gap bilan ifodalangan xalq maqollaridagi qo’shma gapning bir qismi 
to’liqsiz gap shaklida bo’ladi: To’ylining to’yi o’tar. To’ysizning kuni.
To’liqsiz gaplarda quyidagi gap bo’laklari tushirilishi mumkin:
1.Kesim va unga oid so’zlar:
- Senga ular qanday topshiriq berishdi?
- Hech qanday.
2.Ega tushib qolishi mumkin:
- Xo’sh, shartingiz bormi?
- Bor.
3.Ega va kesim tushiriladi:
- Dadam qayerda ishlayaptilar?
- Bog’da.
4. Ikkinchi darajali bo’laklar tushib qoladi:
- Kim muzeyga bormoqchi?
- Hammamiz boramiz.
 1-topshiriq:Gap juftliklaridagi birinchi gaplarga asoslanib, ikkinchi gaplardagi 
tushirib qoldirilgan bo’laklarni tiklang.
1.Bir hakimdan: 
- Qaysi taom eng xushbo’y va lazzatli? – deb so’rabdilar. 
- Qorin och paytda yeyilgan taom, – debdi hakim. 
2.Bir kishi tabibga mazasi qochayotganini aytibdi. Tabib: 
- Bugun numa yeganding? – deb so’radi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling