Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..




Bobomurodova Mohira 
Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma 
Sizga omad yor, ilmingiz barqaror bo’lsin deb qolamiz! 
JIZZAX – 2018 



Til haqida umumiy ma’lumot
Dunyoda 7000ga yaqin til mavjud.Birlashgan Millatlar Tashkiloti o’tgan asrda 
rasman 2976 ta tilni qayd etgan bo’lsa-da, sohaning yetakchi mutaxasislari hozirgi 
paytda jami 6809 ta til mavjud ekanligini ta’kidlashmoqda. 2005-yilda tuzilgan 
YUNESKO ro’yxati 6912 ta tilni qamrab oladi. Tilshunoslik fanidan ma’lumki, 
qaysi tilda sinonimlar – ma’nodosh so’zlar ko’p bo’lsa, o’sha til eng boy til ; qaysi 
tilda shakldoshlar – omonim so’zlar ko’p bo’lsa, o’sha til kambag’al tillar sirasiga 
kiradi.
Dunyo tillari qarindoshligiga ko’ra til oilalariga bo’linadi. 20dan ortiq til 
oilalari mavjud.Til oilalarining nomi bobo til nomi bilan ham yuritiladi. Masalan, 
slavyan tillari oilasi, german tillari oilasi, roman tillari oilasi, turkiy tillar oilasi.
O’zbek tili turkiy tillar oilasiga mansub. Turkiy tillar oilasida 30ga yaqin til bor. 
Masalan, uyg’ur, qirg’iz, gagauz, qorachoy-bolqor, qo’miq boshqird, xakas, tuva, 
chuvash,yoqut. 
Bu tillar yana kichik guruhlarga bo’linadi:
1)qorluq guruhi: o’zbek, uyg’ur;
2)qipchoq guruhi: qozoq, qoraqalpoq, qirg’iz, tatar, boshqird, xakas, yoqut, 
chuvash;
3)o’g’uz guruhi: ozarboyjon, turkman, usmonli turk.
Eslatma: Turkiy tillar qadimda mog’il va tungus-manjur tillari bilan birgalikda 
bitta oilani tashkil etgan.
Dunyo tillari ikki jihatidan tasniflanadi: 1.Genetik 2.Morfologik.
1.Tillar bir bobo tildan kelib chiqishi genetik tasnif hisoblanadi.Masalan, o’zbek 
tilining turkiy tillar oilasiga, ingliz tilining hind-yevropa tillar oilasiga kirishi.
2.Dunyo tillari morfologik jihatdan 4 guruhga bo’linadi:
a)amorf tillar;
b)agglutinative tillar.Turkiy tillar agglutinativ tillar hisoblanadi, shu jumladan 
o’zbek tili ham. Bu tillarning o’ziga xos xususiyati har qanday gramatik ma’no 
alohida qo’shimcha yordamida ifodalanadi.Qo’shimchalar asosan o’zakdan keyin 
qo’shiladi. Masalan, paxta-kor-lar.
d)felektiv tillar;
e)polisintetik tillar.
Jahonning ko’zga ko’ringan yozuvchilari tomonidan ishlatilgan so’zlar miqdori:
1. A. Navoiy 26035
2.A. Pushkin 21193
3. Uilyam Shekspir 20000dan ortiq
4. Migel de Servantes 18000dan ortiq
5. Jomiy 17600
6. Abdulla To’qay 14000dan ortiq
Dunyoda tillar tirik va o’lik tillarga bo’linadi.Hozirda xalqlar gaplashadigan tillar 
tirik tillar hisoblanadi. Masalan, o’zbek, nemis, turk… Yer kurrasi bo’ylab eng 
keng tarqalgan til ispancha hisoblanadi. AQSHning 50ta shtatidan 23tasida davlat 
tili ispan tili hisoblanadi.



Muomalada ishlatilmay qolgan tillar o’lik tillardir:lotin, sanskrit, qadimgi xorazm, 
qadimgi arab.Har oyda dunyo miqyosida ikkitadan til o’layotgan ekan. 
Barcha tillar yashab qolish darajasi nuqtayi nazaridan quyidagicha tasnif qilinadi: 
1)xavfsizligi ta’minlangan tillar:ingliz, xitoy, ispan, nemis, yapon, fransuz, arab 
tillari; 
2)ehtiyottalab tillar: belorus, yoqut, chechen, tuva tillari; 
3)o’lim xavfga yaqinlashayotgan tillar:chukot, karel, qalmiq, udmurd tillari; 
4)o’lim xavfga duch kelgan tillar: aleut, ters-saam, itelmen tillari; 
5)o’layotgan tillar: ayn tili, yuka(gir) tili, ubix tili. 
O’zbek tilining taraqqiyot bosqichlari 
1.Qadimgi turkiy til. Hozirgi barcha turkiy tillar uchun qadimgi turkiy til umumiy 
(bobo til) sanaladi. Hozirgi turkiy tillarning shakllanish tarixini ko’pchilik olimlar 
bir necha davrga bo’ladilar:
1.Oltoy davri.
2.Eng qadimgi turk.
3.Qadimgi turk davri.
4.O’rta turk davri-hozirgi barcha turkiy xalqlar va ular tillarining shakllanish va 
rivojlanish davri.
Eslatma: Urxun- Enasoy, uyg’ur (qisman money), so’g’d yozuvlari hozirgi turkiy 
tillarning barchasi uchun umumiydir. 
Qadimgi turkiy til davriga oid yozma manbalarga “Kul Tegin”, “Bilga Xoqon”, 
“Tunyuquq”, “Irq bitigi”lar kiradi.
Urxun-enasoy yozuvi haqidagi dastlabki xabarlar N.K. Vidzen, S.U.Remezov, I. 
Tabbet-Stralenberg, D.G.Missershmidt, M.A. Kastren kabi tadqiqotchilar 
tomonidan e’lon qilingan. 1889-yili N.M.Yadrinsev Kultegin va Bilga xoqon 
bitiktoshlarini Mongoliyadagi Qoraqurum shahristoni xarobalaridan 
topadi.V.V.Radlov, V.Tomsen, P.M. Melioranskiy yozuvlarni o’qishga 
kirishadilar. 1893-yil 25-noyabrda Tomsen birinchi bo’lib bitiktoshlar sirini 
ochganini e’lon qildi. Bu vaqtda Radlov 10ta harfni o’qib bo’lgan. Hozirda 
ularning 700ga yaqini fanga ma’lum.
Urxun-enasoy yodgorliklarida uchraydigan ba’zi so’zlar va gaplar:
Budun-xalq ko’ch-urug’, zot
Yag’i-yov O’kush-ko’p
Bilig-bilim o’z-jon, vujud
Ingek-sigir art- tepa, dovon
Batsiq-g’arb erik-mard, botir
Biz qo’rqmadimiz, sungu edimiz- Biz qo’rqmadik , jang qildik. 
2.Eski turkiy til. XI asrdan boshlab amalga kirgan. Bu davrda qoraxoniylar 
sulolasi hukmronlik qilgan. Qoraxoniylar davri adabiy tili hozirgi Markaziy
Osiyodagi barcha turkiy tillarning shakllanishi va rivojlanishi uchun asos bo’lgan.
Eski turkiy til davriga oid yozma manbalarga M. Koshg’ariyning “Devonu lug’otit 
-turk”, Yusuf Xos Hojibning”Qutadg’u bilig” , Yassaviyning hikmatlari, Ahmad 
Yugnakiyning “Hibat-ul- haqoyiq”asarlari kiradi.



M.Koshg’ariy ilk bor tilshunoslik tarixida barcha turkiy tillarning bir necha 
guruhlarini tasniflab, ular o’rtasidagi umumiy va farqli jihatlarni aniqlagan holda 
qiyosiy –tarixiy tilshunoslik yo’nalishiga asos soldi. “Devon-u lug’otit turk ” asari 
turkiy tillarning o’sha davrdagi fonetikasi, leksikasi, grammatikasi,dialektal 
xususiyatlari haqida to’la ma’lumot beruvchi qomusiy asardir.Bundan tashqari, bu 
asarda tukiy xalqlarnig xalq og’zaki ijodi namunalari ham aks ettirilgan.
M.Koshg’ariy Chindan to R umga qadar yashagan turkiy qabilalar haqida 
quyidagicha yozgan:” Turkiylar aslida 20 qabiladir. Har bir qabilaning sanoqsiz 
urug’lari bor. Men bulardan asosiylarini yozdim, shaxobchalarini tashladim.”
O’g’iz- eng yengili; yag’mo, tuxsi- eng to’g’risi, yaxshisi; haqoniy- eng ochiq, 
ravon.
“Devon-u lug’otit turk” dan olingan parchalar: “Erik erni yag’lig’, ermagu bashi 
qanlig’” (Tirishqoqning labi yog’lig’, erinchoqning boshi qonli). “Emgak ekinda 
qolmas”- Mehnat bekorga ketmaydi .”Erdamsizdan qut chertilur ”-Dangasadan 
baxt ketadi. 
“Qutadg’u bilig ”dan olingan tuyuq:
Qayu erda bo’lsa uqush birla o’g,
Ani er atagil, necha o’gsa o’g.
Uqush, o’g, bilig kimda bo’lsa tugal
Yavuz ersa kas te, kichik ersa o’g. 1)o’g-aql, 2)o’g-maqta; 3)o’g-ulug’la
(Mate jasoratini gapirib beraman.)
Eski turkiy til davriga oid so’zlar:
ko’kramak-na’ra 
tortmoq
Sandilach-sa’va,
bo’g’u-dono
qirg’ilach-qaldirg’och,
al-qizil
Sandug’ach-bulbul,
ko’ni- to’g’ri, rost
elig-hukmdor,
3.Eski o’zbek adabiy tili. XII-XIII asrdan to XX asrning boshlarigacha bo’lgan 
davrni o’z ichiga oladi.Bu davrdagi ikki adabiy til an’anasi sharqiy(qorluq-
uyg’ur)adabiy tili va g’rbiy (qipchoq- o’g’uz)adabiy tili o’zbek tilining 
shakllanishida xizmat qildi. Qul Alining “Qissayi Yusuf”dostoni1239-yilda g’arbiy 
til an’anasida yozilgan. Rabg’uziyning “Qissasi Rabg’uziy”asari 1309- 1310 –
yillarda sharqiy til an’anasida yozilgan. Borovkovning e’tirof etishicha “Tafsir” 
(Qur’onning so’zma-so’z tarjimasi ,XIII asr) eski o’zbek tilining yorqin namunasi.
Eski o’zbek tilida yaratilgan dastlabki asarlar: 1.”O’g’uznoma” 2.”Tafsir”,
3.Qutbning “Xusrav va Shirin”, 4.Sayfi Saroyining “Guliston”, 5.Xorazmiyning 
“Muhabbatnoma”. 
Eslatma: O’zbek atamasi tarixda ilk bor XII asrda Rashididdinning “Mo’gi’llar 
tarixi”asarida atoqli ot ma’nosida tilga olinadi.
O’zbek so’zining ma’nolari: o’ziga bek, otliq qo’shin, sodda, to’g’ri, insofli, 
saxiy, odamoxun, diltortar, suyukli.O’zbek atamasining unga qadar ishlatilgan 
turk, sart, chig’atoy atamalariga nisbatan tilimizda barqaror bo’lib qolishi 
Shayboniyxon bilan bog’liq. 
Eslatma: XVI asrdan o’zbek urug’larinig nomi butun xalqning nomiga aylanib 
ketdi. 



Navoiy o’zbek tilini xazina deb bildi.Bu xazinani ilonlar va tikonlar o’rab turganini 
ta’kidladi va ulardan tozalab berdi. A. Navoiyning “Muhokamat ul-
lug’tayin”asarida –chi, -i, -ki, -ch qo’shimchalari mansab, hunar, peshaga oid 
so’zlar hosil qiladi deyilgan. 
Eski o’zbek adabiy tiliga xos bo’lgan so’zlar:
cherik-askar, ev-uy qopungda- eshigingda ulus- el, xalq
butradi- tarqaldi, ketdi, huvaydo-ayon
kilk- qamish qalam, pesha- kasb
bilmon- bilmayman, behbud-sog’lomlik. 
O’zbek adabiy tili va sheva 
Milliy(umumxalq) tili ma’lum xalqning so’zlashuv tilidir. Hamma uchun 
umumiy bo’lgan , sayqallangan, olimlar tomonidan me’yorga solingan til adabiy 
tildir. Adabiy tilning og’zaki va yozma shakli bor. Sheva ma’lum bir hududda 
ishlatilib , faqat o’sha hudud aholisi tushunadigan milliy til ko’rinishidir. Sevaning 
faqat og’zaki shakli bor. Sheva adabiy tildan quyidagi jihatlari bilan farq qiladi:
-Fonetik(tovush)-yigit-jigit, keldi- galdi;
-Leksik(so’z)-sabzi- gashir, sigir- inak;
-Grammatik(qo’shimchalar va gap qurilishi)- kelyapti- kevotti, maktabga- 
maktaba.
Lahja- bir-biriga yaqin shevalar yig’ndisi.
Dialekt- sheva va lahja tushunchalarini birgalikda ifodalaydi.
O’zbek milliy tili tarkibida 3ta lahja bor: 
1. Qarluq lahjasi (janubiy –sharqiy guruh). 
2. Qipchoq lahjasi (shimoliy –g’arbiy guruh). 
3. O’g’z lahjasi (janubiy –g’arbiy guruh). 
Qarluq lahjasi shahar shevalarini o’z ichiga oladi. Bu shevalarning fonetik va 
morfologik belgilari:
1)so’zlar oxiridagi k tovushi y tarzida aytiladi: elak- elay, terak-terey;
2) ayrim so’zlarda a tovushi o tarzida aytiladi: aka- oka, Shavkat-Shovkat;
3)-ning o’rnida –ni ishlatiladi: ukamning kitobi- ukamni kitobi. 
Qipchoq lahjasi qishloq shevalaridir. Belgilari quyidagilar: 
1) y o’rnida j ishlatiladi:yo’l- jo’l, yugurib- jugurib; 
2) g’ o’rnida v ishlatiladi: tog’ –tov, sog’- sov; 
3) ayrim so’zlar oxirida q tushiriladi: quruq- quri, sariq- sari. 
O’g’iz lahjasi Xorazm viloyatida yashovchi aholilarning shevalaridir. Belgilari 
quyidagilar: 
1)unlilar qisqa va cho’ziq aytiladi: at(hayvon) aad(ism)
2)k o’rnida g, t o’rnida d ishlatiladi: kel- gal, tosh- dosh;
3)-ning qo’shimchasi –ing, -ga qo’shimchasi –a, -na tarzida aytiladi: 
bozoring(ning) oldi, qo’liga- qo’lina, yorimga- yorima. 



Eslatma: Hozirgi o’zbek tiliga qarluq lahjasiga kiradigan Farg’ona- Toshkent 
shevalari asos qilib olingan. Toshkent fonetik jihatdan, Farg’ona morfologik
jihatdan. 
Eslatma: 1995-yil 21 –dekabrda “Davlat tili haqida”gi qonunning yangi tahriri 
qabul qilindi. Qonunning 2-4-6-10-14 – moddalarida boshqa millat vakillari 
tillarining amal qilinishi himoya qilinadi. 
O’zbek tilshunosligi bo’limlari 
1. Fonetika-nutq tovushlari, tovush o’zgarishlari, bo’g’in va urg’u. 
2. Orfoepiya- to’g’ri talaffuz me’yori. 
3. Grafika- harf, alifbo, yozuv. 
4. Orfografiya(imlo)- to’g’ri yozish. 
5. Leksikologiya- so’z va uning ma’nolari, so’zlarning shakl va ma’no 
munosabatiga ko’ra turlari, o’z va ko’chma ma’no. 
6. Frazeologiya- ibora. 
7. Dialektologiya- shevalar. 
8. Leksikografiya- lug’t va uning turlari. 
9. Morfemika-asos va qo’shimchalar. 
10. Grammatika: a) morfologiya- so’z turkumlari, b) sintaksis- so’z birikmasi 
va gap. 
11. Punktuatsiya- tinish belgilari. 
12. Stilistika- nutq uslublari. 
13. Etimologiya- so’zlarning kelib chiqishi. 
14. Onomastika - nomshunoslik 
Fonetika 
Fonetika (grekcha “phone” –“tovush” so’zidan olingan) tilshunoslikmimg 
tovushlar tizimi to’g’risidagi bo’limdir. Lekin fonetika tabiatdagi har qanday 
tovushlarni emas, balki faqat insonga xos bo’lgan nutq tovushlarini o’rganadi. 
So’zlash va yozish orqali ma’lum fikr bayon qilishimiz nutq hisoblanadi. Nutq 2 
yo’l bilan amalga oshiriladi: 1)og’zaki; 2)yozma. Biz bir- birimizga tovush 
to’lqinlari orqali axborot yetkazamiz. Axborot uzatuvchi- so’zlovchi, yetkazuvchi 
esa tinglovchi sanaladi.
Ruhshunos P.Pavlov 2-signal sistemasi nutq orqali bilishdir degan.
Eslatma: Nutq va tilni birinchi bo’lib Ferdenand de Sossyur farqlab bergan. Til- 
umumiylik, imkoniyat, mohiyat, sabab. Nutq –xususiylik, hodisa, voqelik, oqibat. 
Tovush va fonema. Nutq jarayonida real talaffuz qilingan , qulog’imiz bilan 
eshitgan eng kichik va boshqa mayda bo’laklarga bo’linmaydigan nutq parchasi 
tovush (fon, allofon) sanaladi. So’z va uning ma’noli birliklarini shakllantirish va 
farqlash vazifasini bajarishga xoslangan, ketma- ketlik jihatdan boshqa mayda 
bo’lakka bo’linmaydigan eng kichik til birligi fonemadir. Tilning fonologik 
(fonetik) sathining birligi fonemadir.
Bir fonema bir necha tovushlar orqali ro’yobga chiqadi.Fonemalarni sanash 
mumkin. Ular cheksiz ko’rinishga ega bo’ladi. Fonemalar ikki va undan ortiq 
ma’noli birliklarni bir-biriga zidlash orqali aniqlanadi. Fonemalar so’zlarning 



tarkibida muayyan tartibda kelib, ularni moddiy tomondan shakllantiradi. Bunda 
so’z tarkibidagi fonemalarning tartibi katta rol o’ynaydi. Masalan: tosh, tor, tom, 
tol, tok so’zlarini sh, r,m, l,k farqlaydi.Demak, bu tovushlar alohida-alohida 
fonemalardir. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling