Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

Bilga xoqon, Kultegin.
VI-VII asrlardan XIV-XV asrgacha uyg’ur yozuvidan foydalangan. Yaratilgan 
asarlar“Qutadg’u bilik”(Vena nusxasi), “Hibat ul-haqoyiq”, “Muhabbatnoma”.
VIII asrdan 1930 –yilga qadar arab alifbosiga asoslangan yozuvdan foydalangan. 
Yozilgan asarlar“Qutadg’u bilig” (Namangan va Qohira nusxasi), “Devonu 
lug’atit- turk” va boshqalar. 1930-yildan 1940-yilgacha lotin yozuvi, 1940-yilning 
may oyidan boshlab krill yozuvi, 1993-yilning 2-sentabridan boshlab lotin 
yozuvidan foydalanilgan.
Eslatma:1993-yil 2-sentabr kuni O’zbekiston Respublikasining”Lotin yozuviga 
asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida ”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu 
alifboda 31 ta harf 1ta tutuq belgisi bor edi. Ammo ma’lum sabablarga ko’ra
1995-yil 6-may kuni O’zbekiston Respublikasining”Lotin yozuviga asoslangan 
o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida ”gi Qonunga o’zgartirishlar kiritildi. 
O’zgartirilgan alifboda 26ta harf, 3ta harf birikmasi mavjud.
Eslatma: Lotin grafikasidan butun dunyo aholisining 30%i foydalanadi.
Orfografiya. Imlo qoidalari
Orfografiya yozma nutqning qonun- qoidalarini o’rganadi. O’zbekiston 


14 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1995-yilning 24-avgustida “O’zbek tilining 
asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida” 339-sonli qaror qabul qildi. U 82 
banddan iborat bo’lib quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi: 
1. Harflar imlosi:a) unlilar imlosi(1-7- bandlar): b)undoshlar imlosi (8-32-
bandlar). 
2. Asos va qo’shimchalar imlosi(33-37-bandlar). 
3. Qo’shib yozish (38-50-bandlar). 
4. Chiziqcha bilan yozish (51-56- bandlar). 
5. Ajratib yozish (57-65-bandlar). 
6. Bosh harflar imlosi (66-74-bandlar). 
7. Ko’chirish qoidalari (75-82-bandlar). 
Hozirgi o’zbek adabiy tili quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
1.Fonetik yozuv 2. Morfologik yozuv 3. Shakliy yozuv 4. Tarixiy-an’anaviy yozuv 
5.Farqlash yozuvi.
Fonetik yozuv. Bu yozuv qoidasiga ko’ra so’zda fonetik hodisa(fuziya, fleksiya) 
ro’y beradi. Fonetik hodisalarga tovush almashinishi, tovush tushishi, tovush 
orttirilishi hodisalari kiradi. Fonetik yozuv quyidagilarda namoyon bo’ladi:
Tovush almashinishi: bilak+im=bilagim,oyoq+im=oyog’im, ek+gani=ekkani 
buloq+ga=buloqqa, bo’ya+q=bo’yoq, sayla+v=saylov, yosh+a=yasha, 
son+a=sana, ot+a=ata, guldira+s=guldiros, o’qi+v=o’quv, tik+gan=tikkan, 
lov+illa=lovulla, so’ra+q=so’roq, ong+la=angla.
Tovush tushishi: og’iz+im=og’zim, singil+im=singlim, burun+im=burnim, 
ayir+im=ayrim, qayir+il=qayril , ikki+ov=ikkov, olti+ov=oltov, yetti+ov=yettov, 
men+ning=mening , sen+ni=seni, o’rin+i=o’rni, ayta oldi –aytolda, 
past+ay=pasay, sust+ay=susay, o’yin+a=o’yna, qizil+ar=qizar, sariq+ay=sarg’ay.
Tovush orttirilishi . Isi+q=issiq, sasi+q=sassiq, achi+q=achchiq, u+ga=unga, 
bu+da=bunda, shu+day=shunday, o’sha+cha=o’shancha, parvo+im=parvoyim, 
obro’+ing= obro’ying, mavqe+im=mavqeyim, mavzu+im=mavzuyim, ye+il=yeyil, 
de+il= deyil.
Eslatma: Sujet, sentabr, batalon ,budjet kabi so’zlar fonetik yozuvga kiradi. 
1-topshiriq: Berilgan maqol va topishmoqlardan tovush o’zgarishlar sonini 
aniqlang. 
1.Yig’lab-yig’lab marza olsang, o’ynab-o’ynab sug’orasan. 
2.Ishlaganning og’zi oshga tegar, ishlamaganning boshi toshga. 
3.Besh aka-uka bir quduqqa tosh otar. 
4.Yetti tuynukli gumbaz, shundan xabar ber O’lmas. 
2-topshiriq:Berilgan so’zlarga qo’shimchalar qo’shing va qanday tovush 
o’zgarishlari sodir bo’layotganligini aniqlang. 
Son, qishloq, og’iz, zahar, egin, qorin, ong, ot,bolalik, bayroq, istak, orzu, shu, 
barmoq, insho, ishtirok,tara, qiyin, yig’i, huquq. 
__________________________________________________________________ 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________


15 
Morfologik yozuv so’z va qo’shimchalar qanday eshitilishidan qat’i nazar aynan 
yozish, ya’ni qoidaga binoan yozishdir.Masalan: ketti emas ketdi, maktabta emas 
maktabda, Toshkenttan emas Toshkentdan, kesti emas kesdi, o’qipti emas o’qibdi.
Eslatma: Qo’shma, juft, takroriy so’zlar va kuchaytirma sifatlar morfologik yozuv 
qoidasi bo’yicha yoziladi.Masalan, qip-qizil,baxt-u saodat. 
Shakliy yozuv boshqa tildan kirib kelgan so’zlarning o’sha tilda qanday yozilsa 
bizda ham aynan shunday yozilishidir. Masalan, drama, spirt, sport, teatr, fikr, zikr, 
dehqon. 
Tarixiy- an’anaviy yozuvda so’z va qo’shimchalarning hozirgi holatida emas , 
qadimda o’zlashib qolgan shakliga ko’ra yozilishidir. Masalan, borgin-borgil , 
aytgani-aytgali, qolar-qolur, ko’nglimdan-ko’nglimdin, keldimi-keldimu. 
Differensiyalash yozuvi so’zlarni urg’u yoki tutuq belgisi yordamida farqlab 
yozishdir. Masalan, sanat- san’at, suzma-suzma, sher-she’r. 
Qo’shib yozish.
1.Xona ,noma, poya, bop, ham, baxsh, kam, umum, rang , mijoz, sifat, talab kabi 
so’zlar yordamida yasalgan qo’shma so’zlarqo’shib yoziladi: oshxona, tabriknoma, 
bedapoya, hammabop, hamshahar, qo’ymijoz, devsifat, kamhosil, 
umumdavlat,bug’doyrang,suvtalab. 
2. –r, -ar, -mas qo’shimchasi bilan yasalgan qo’shma so’zlar qo’shib yoziladi: 
o’rinbosar, buzoqboqar, ishyoqmas. 
3. Narsani boshqa bir narsaga qiyoslash va o’xshatish orqali hosil qilingan 
qo’shma otlar va sifatlar qo’shib yoziladi: toshbaqa , oybolta, qo’yko’z, sherdil, 
otquloq, qo’ziqorin, karnaygul, devqomat, qirg’iyko’z, bodomqovoq. 
4. Narsaning rangi, mazasi, nima uchun mo’ljallanganligi kabi ma’nolarni 
bildiruvchi qo’shma so’zlar qo’shib yoziladi: ko’ksulton, oqbosh, achchiqtosh, 
ko’zoynak, olaqarg’a, qizilishton, mingoyoq. 
5. Ikkinchi qismi turdosh ot yoki obod so’zi bilan yasalgan joy nomlari qo’shib 
yoziladi: Oqtepa, Uchqo’rg’on, Davlatobod. 
6. Ruscha , baynalmilal yoki so’zma-so’z tarjima qilingan qo’shma so’zlar qo’shib 
yoziladi: telestudiya, fotoapparat, radioto’lqin, elektrarra, suvosti, bayramoldi. 
7. Narsaning biror maqsad, ish uchun mo’ljallanganligini bildiruvchi qo’shma 
so’zlar:kirsovun, tokqaychi, qiymataxta, nosqovoq. 
8. Narsaning joyiga nisbat berish asosida bildiruvchi qo’shma so’zlar: tog’olcha, 
suvilon, cho’lyalpiz, yeryong’oq.
9. Qaratuvchili birikmalarning bir so’zga aylanishi bilan yuzaga kelgan qo’shma 
so’zlar: mingboshi, so’zboshi, belbog’.
10. Marosim, afsona kabilarni bildiruvchi qo’shma so’zlar: kelintushdi, kiryuvdi, 
qoryog’di, urto’qmoq.
11. Qisqartma so’zlar har doim qo’shib yoziladi:O’zMU, ToshDPU.
12.Tarkibida oldi, bo’yi, orti so’zlari bo’lgan joy nomlari qo’shib yoziladi: 
Kavkazorti, Boltiqbo’yi.
13. Podshoh ma’nosida ishlatiladigan shoh so’zi kishi nomlaridan keyin kelganda 
qo’shib, oldin kelganda ajratib, kichik harf bilan yoziladi: Boburshoh, shoh Bobur. 


16 
14.Ba’zi qo’shma so’zlarni qo’shib ham, ajratib ham yozish hollari uchraydi:soch 
siypatar – sochsiypatar, beshik to’y – beshikto’y 
Ajratib yozish.
1. Qo’shma fe’l ko’makchi fe’lli qo’shilmalar har doim ajratib yoziladi: kirib 
chiqdi, aytib qo’ydi, o’qib chiqdi. 
2. Har, kech, bir, u, shu, o’sha, hamma kabi so’zlar o’zi birikib kelgan so’zdan 
ajratib yoziladi: bir zum, hech narsa, u yerda, hamma vaqt. 
3. Sifatlarning orttirma darajasini yasovchi to’q , och, tim, lang , jiqqa kabi
4. Yildan yilga , kundan kunga kabi ko’rinishdagi birliklar ham ajratib 
yoziladi. 
5. Nuqtayi nazar, tarjimayi hol, dardi bedavo kabi izofali birikmalar ham 
ajratib yoziladi.
6. Qismlari bir-birini izohlagan qo’shma sifatlar ajratib yoziladi: til oldi, o’rta 
keng, osma ko’prik. 
7. Ikkinchi qismi atoqli ot bo’lgan joy nomlari ajratib yoziladi: Markaziy 
Osiyo, Katta Farg’ona kanali

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling