Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
1-topshiriq: Juftliklardagi urg’u ta’sirida sodir bo’ladigan ma’no o’zgarishini
aniqlang. 12 1.Hech shu shaharcha odatlaring qolmadi - qolmadi-da, Orziqulov. Quriladigan bu shaharcha harbiylarning oilalariga munosib sovg’a bo’ladi. 2.Ma, yuvib ye, yangi uzilgan. Kasallikka qarshi yangi usulni qo’llash talab etilmoqda. 3. Osma ko’prikdan o’tib, buloq bo’yiga tushib bordim. Behuda safsatalar bilan yelkangga gunoh xaltasini osma. Gap urg’usi gapdagi ma’lum bir so’zning boshqalariga nisbatan ta’kidlab, ajratib aytilshini ta’minlaydi. Gap urg’usi asosan gapda kesim oldidagi so’zga tushadi. Masalan: Kecha dugonalarim bilan soy bo’yiga bordik. Gap urg’usi quydagi holatlarda kesim oldidagi so’zga tushmasligi mumkin: 1.Gapda so’roq olmoshi ishtirok etgan bo’lsa, gap urg’usi so’roq olmoshiga tushadi. M: Nega Oygulning ko’zlari jiqqa yosh? 2.Gapda ajratilgan bo’lak ishtirok etgan bo’lsa, gap urg’usi ajratilgan bo’lakka tushadi. M: Men bor joyda senga, chaqimchi bir odamga, hech narsa yo’q. 1-topshiriq: Mantiqiy urg’u kesim oldidagi so’zga tushmasligiga gaplar tuzing. __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ Eslatma: Samarqandda afsonaviy obidalar ko’p.Bu gapda urg’u Samarqandda so’ziga tushgan. Eslatma: Biz O’zbekistonning keajagimiz.(Aynan biz) Biz O’zbekistonning keajagimiz.(Boshqa yurtning emas) Biz O’zbekistonning keajagimiz.( Buguni emas, kelajagi) Eslatma: Agar gap urg’usi kesimga tushsa, kesim gap boshida keladi. Masalan: Bordik biz kecha muzeyga. Unutmang! Juft so’zlarda: ota-ona, tarkibli sonda: o’n ikki, ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasida: berib yubordi, takror so’zda: asta-asta, qo’shma so’zlarda: ( faqat qo’shma so’z qo’shib yozilganda)bodomqovoq,(Agar qo’shma so’z ajratib yozilsa, ularning har birida alohida so’z urg’usi bo’ladi.) sotib oldi, xarid qildi urg’u shu holatda bo’ladi. Urg’usi bilan farqlanuvchi so’zlar: Atlas(ot,ipak mato) - atlas(ot, kartalr to’plami); banda (ot, xudoning bandasi) – banda (ot, qurollangan o’g’rilar); botin (ot, ichki) – botin (fe’l); botir (sifat) – botir (fe’l); etik(ot) – etik (sifat, etika faniga oid); fizik(ot, o’qituvchi) – fizik(sifat, fizikaga oid); matematik(ot, mutaxassis) – matematik(sifat, matematikaga oid); mexanik(ot, mutaxassis) – mexanik(sifat, mexanikaga oid); moda(sifat, mokiyon) – moda(ot); organ(ot, organizmning qismi) – organ(ot, musiqa asbobi);soya(ot) – soya(ot, o’simlik); toza(sifat) - toza(ravish); chora(ot, katta yog’och idish) – chora(ot) Urg’u oxirgi bo’g’inga tushmaydigan so’zlar: Astranomiya, auditoriya, allakim, aslo, atom, direktor, doim, gazeta, garchi, hamisha, hamma, hatto, konstitutsiya, leksiya, matematika, obraz, oshiq, poyezd, radio, respublika, ruchka, tonna, traktor, zero. Ohang.Og’zaki nutq oqimi bo’linuvchanlik xususiyatiga ega bo’lgan tovushlar 13 ketma-ketligidan iborat. Bunday bo’linuvchanlik xususiytiga ega bo’lgan tovushlar qatori segment birliklar qatori hisoblanadi. Segment birliklardan tashqari ustsegment birliklar ham mavjud bo’lib ular nutqimiz tasirchanligini ta’minlaydi. Ustsegment birliklar urg’u, to’xtam (pauza), nutqning emotsional bo’yog’i(darak, so’roq ,buyruq, his-hayajon) kabilarni o’z ichiga oladi. Yuqorida ko’rsatilgan ustsegment birliklarning jami nutq ohangini tashkil etadi. O’g’zaki nutqda tovush o’zgarishi. Assimilatsiya-qator kelgan nutq tovushlarining bir-biriga ta’sir qilib o’ziga moslashtirishidir.Masalan: ket+di=ketti , tuz+siz=tussiz Dissimilatsiya ikki o’xshash tovushning noo’xshash bo’lib qolishidir. Masalan: birorta- bironta, zarur-zaril, karidor- kolidor, maqtanchoq- maxtanchoq. Metateza yonma-yon kelgan undoshlarning o’rin almashishi. Masalan: tuproq- turpoq, daryo-dayro, ahvol-avhol. Orfoepiya va grafika Orfoepiyada adabiy talaffuz me’yorlari , og’zaki nutq qonun- qoidalari o’rganiladi.Orfoepik me’yorlar tilning faqat og’zaki shakli uchun xosdir. Grafika grekcha so’zdan olingan bo’lib yozuv degan ma’noni anglatadi.Grafikada harf va alifbo , yozuv o’rganiladi. Tovushlarning yozuvdagi shartli belgisi harf deyiladi. Harflarning ma’lum bir tartibda joylashuviga alifbo deyiladi. Tilshunoslikda yozuvning piktografik (rasm orqali), ideografik (ramziy shakl), fonografik kabi turlari bor. O’zbek yozuvi tarixi. O’zbek xalqi O’rta Osiyoning boshqa xalqlari singari avesto, urxun -enasoy(runik, dulbarchin), sug’d, xorazm , uyg’ur kabi yozuvlardan foydalangan. Qadimgi davrlardan VII-VIII asrgacha avesto, urxun- enasoy, sug’d, xorazm yozuvlaridan foydalangan. Yozilgan asarlar: Tunyuquq, Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling