Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
2-topshiriq: So’zlardagi qo’shimchalarning turini aniqlang
Yurishganda, shoirning, qabristonga, yaqinlashganda, tushishi, mulozimlaridan, norozi, xalqimizning, jigargo’shalari, uyquga, changitib, bilmasalaring, kerakligini. __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ 3-topshiriq :Gapdagi yasama so’zlarni aniqlang. 1.Boboxon goh o’chirg’ichga, goh bug’doyzor tomon uchib ketayotgan chumchuq bolasiga, goh Tal’atga qarab hang-mang bo’lib qolgan edi. 2.Bolalarning beg’ubor qalbi to’lib-toshib oqayotgan daryoday jo’shqin. 3.Ipakday mayin, buloq suviday tiniq xayollaringizga hech kim xalal bermaydi. 4.Shu-shu quyon changalzorga yolg’iz bormaydigan bo’libdi. 4-topshiriq: Berilgan so’zlarni tub va yasamaga ajrating. Ixtirochi, guldon, suhbatlashmoq, ixtirogacha, tinim, qisqich, oqimtir, to’g’ri, gullar, ixtirochilik, tinmoq, qisilmoq, tindirmoq, noto’g’ri, yig’lamsira, to’g’irlanmoq, tinimsiz, guldor, gulchilik, yo’ldagi. 23 Qo’shimchalarning ma’no-munosabatiga ko’ra turlari Shakldosh qo’shimchalar. Shakldoshlik nafaqat leksemalarga, balki qo’shimchalarga ham xos xususiyat sanaladi.Masalan: -in tiqin, yig’in, chaqin (ot), to’lin, erkin, yashirin(sifat), ostin-ustin, birin-ketin, qishin-yozin (ravish), ilin, ko’rin(fe’l). Shakldosh qo’shimchalar quyidagi ko’rinishda uchraydi: 1. So’z yasovchi qo’shimchalar shakldoshligi: Qalamdon(ot) qadrdon(sifat) Toshqin(ot) jo’shqin(sifat) Tepki(ot) kechki(sifat) Qatlama(ot) bo’g’ma(sifat) O’roq(ot) qo’rqoq(sifat) Yoshlik(ot) qishlik(sifat) Yuzsiz(sifat) so’zsiz(ravish) Yugurik(sifat) ko’rik(ot) Chorvador(ot) puldor(sifat) Quvonch(ot) tinch(sifat) Ishchi(ot) ayirmachi(sifat) To’shak(ot) chirik(sifat) (bordik- sh.y) 2. So’z yasovchi qo’shimchalar so’z shakli yasovchilar bilan shakldosh bo’ladi: Kelinchak(ot: l,sh) erinchak(sifat: s,ya) Gapirma(fe’l: l,sh) Burma(sifat: s, ya) Yuzlab(son: l,sh) haftalab(ravish: s,ya) Qizcha(ot: l, sh) erkakcha(ravish: s, ya) Ko’kar(fe’l, yasovchi) kelar(fe’l:l,sh-y) Mohiraxon(ot, hurmat shakli) kitobxon(ot,yasovchi) Do’sti(ot, sin.sh.y) boyi(fe’l,s.y) Kuchay(fe’l, s.y) boray(fe’l,lug’.sh.y) 3. Har qanday holatda so’z shakli yasovchi: Oqish(sifat:l.sh.) kelish(fe’l:l.sh.) Otam(ot: sin.sh.) ko’rdim(fe’l:sin.sh) Ukang(ot:sin.sh) bording(fe’l: sin.sh.) -a: sharshara (ot), to’la (sifat),sana (fe’l); -ay: kamay(fe’l), boray(fe’l, lug’aviy shakl); -ar: ko’kar (fe’l), borar(fe’l, sifatdosh), chiqar(fe’l, nisbat) be-:befarosat(sifat), bevaqt(ravish); -dir: sindir(fe’l, nisbat), kitobdir(ot,kesimlilik shakli), kelgandir(yuklama); -don: qalamdon(ot), gapdon(sifat); -dosh: sinfdosh (ot), o’zakdosh (sifat), -gar: zargar (ot), jodugar (sifat); - gi: supurgi (ot), bahorgi (sifat); 24 -gich: suzgich(ot), bilgich(sifat); -i: jannati(sifat), tinchi(fe’l), uyi (ot) -ik: egik(sifat), ko’rik(ot), birik(fe’l); -ildoq: shaqildoq(ot), likildoq(sifat); -im:kiyim(ot), uyim(ot,egalik), ayrim(sifat); -ir:gapir(fe’l), pishir(fe’l, nisbat); - in: yig’in(ot), erkin(sifat), qishin-yozin(ravish), ko’rin(fe’l); - iq: to’liq(sifat), chopiq(ot), yo’liq(fe’l); -ish: kelish(fe’l, harakat nomi), borishdi(fe’l, orttirma nisbat), oqish(sifat). -k: kurak(ot), chirik(sifat), bordik(fe’l); -ka: ko’ylakka(ot), iska(fe’l), surka(fe’l,lug’aviy shakl); -kash: aravakash(ot), mehnatkash(sifat); - ki:turtki(ot), qishki(sifat); -kin: keskin(sifat), ekkin(fe’l); -kor:paxtakor(ot), fidokor(sifat); -la: ishla(fe’l),quvla(fe’l, lug’aviy shakl); - lab: o’nlab(son), haftalab(ravish); -lar: uylar(ot), o’qidilar(fe’l); -lik: bolalik(ot), ko’rpalik(sifat), bormoqlik(fe’l); -loq: qumloq(ot), bo’taloq(ot,lug’aviy shakl); -m: ho’plam(ot), ruchkam(ot), bordim(fe’l); –ma:tugma(ot), yasama(sifat), borma(fe’l); -mand: hunarmand(ot), davlatmand(sifat). -miz: onamiz (ot, egal.q.) o’qiymiz (fe’l,shaxs -son q.) -moq: quymoq(ot), o’qimoq(fe’l); -ot: yo’qot(fe’l), hajviyot(ot); - oq: yotoq(ot), qoloq(sifat); -q: taroq(ot), sayroq(sifat); -qi: chopqi (ot), vaysaqi (sifat); -qin:toshqin(ot), jo’shqin(sifat), chiqqin(fe’l); -qich:ochqich (ot), qaqshatqich (sifat); -qoq: tirishqoq(sifat), botqoq(ot); -r: eskir(fe’l), o’qir(fe’l, sifatdosh); - sa: suvsa(fe’l), o’qisa(fe’l, shart mayli); -si: ukasi(ot), mensi(fe’l); - siz: gulsiz(sifat), so’zsiz(ravish), sizsiz(shaxs-son qo’shimchasi); -t: to’lat (fe’l), ishlat (fe’l, nis.qo’sh); -y: qoray(fe’l), boshlay(fe’l,mayl shakli), so’zlay-so’zlay(fe’l, ravishdosh); -ch: tinch(sifat), sevinch(ot); -cha: qushcha(ot), o’zbekcha(sifat), yigitcha(ravish); -chak: belanchak (ot), kuyunchak(sifat), kelinchak(ot, lug’aviy shakl); -chi: ishchi(ot), vahimachi(sifat); -chiq: qizg’anchiq(sifat), yopinchiq(ot); -choq: o’yinchoq (ot), maqtanchoq(sifat) toychoq (ot,erkal.q) 25 -g’in: ozg’in(sifat), qirg’in(ot); - ng: ukang(ot),kelmang(fe’l); Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling