Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
xotira.
Eslatma: -lik qo’shimchasi tegishlilik ma’nosini (shaharlik, jizzaxlik), -li qo’shimchasi esa egalik ma’nosini (uyli, diplomli) bildiradi. Shakl yasovchi qo’shimchalar. Asosga qo’shilib , uning ma’nosiga qo’shimcha ma’no yuklash yoki o’zi qo’shilayotgan so’zni boshqa so’zga bog’lash vazifasini bajaruvchi qo’shimchalarga shakl yasovchi qo’shimchalar deyiladi. Ular vaziyfasiga ko’ra 2 xil bo’ladi: a) lug’viy shakl yasovchilar, b) sintaktik shakl yasovchilar. Asosga qo’shilib, uning ma’nosiga qo’shimcha ma’no yuklovchi qo’shimchalar lug’viy shakl yasovchi qo’shimchalar deyiladi. Lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalarga quyidagilar kiradi: Otlardagi : -ko’plik-lar:uylar ; -kichraytirish-erkalash:-cha, -choq, -chak,-jon, -xon, -oy, -bek, -(a)loq, -bonu, - gina; qarashlilik shakli -niki:ukamniki; chegara shakli-gacha: bilakkacha; o’rin-joy shakli –dagi: javondagi. Sifatlardagi: daraja qo’shimchalari: roq, -(i)mtir,-gina, -ish:oqroq, ko’kish. Sonlardagi : sonning ma’no jihatdan turlarini hosil qiluvchi qo’shimchalar:-ta, - tacha, -larcha, -lab, -ov, -ovlon, -tadan. Fe’llardagi: -nisbat qo’shimchalari: -(i)n, -(i)l, -(i)sh, -dir, -tir, -iz, -ar, -sat, -gaz, -giz, -g’az, - g’iz, -kaz, -kiz, -qaz, -qiz, -ir, -t: ichir, to’lat, yetkaz. –sifatdosh qo’shimchalari: -gan, -yotgan, -r, -ar, -ajak, -gusi, -g’usi, -vchi, -uvchi: oqar, kelajak, uchuvchi. –ravishdosh qo’shimchalar: -(i)b, -y, -a, -gach, -guncha, -gancha,-gudek, -gani: ketgach, o’qiguncha. harakat nomi qo’shimchalari: -(i)sh, -(u)v, -moq, -mak: o’qish, bormoq, yozuv. –bo’lishsizlik qo’shimchalari: -ma: borma. –fe’llarga qo’shilib harakatning davomiyligini bildiradigan qo’shimchalar: -gila, - g’ila, -kila, -qila, -la, -ala, -ka, -ga, -qa, -i, -g’i, -qi: turtkula, tortqila, savala, surka, chayqa, qori, (xamirni), to’zg’i, yulqi; - harakatning kuchsizligini, to’la bajarilmasligini bildiradigan qo’shimchalar: - (i)nqira, -(i)msira, -ish: oqarinqira,kulimsira, to’lishdi (oy). So’zlarni bir-biriga bog’lash uchun xizmat qiladigan qo’shimchalar sintaktik shakl yasovchi yoki munosabat shakllari deyiladi. Ularga egalik, kelishik, shaxs- son, zamon, mayl qo’shimchalari kiradi. Egalik sintaktik shakl yasovchilar: Egalik Birlik Ko’plik 22 I.shaxs -m, -im: kitobim -miz, -imiz: kitobimiz II.shaxs -ng,ing: kitobing -ngiz, -ingiz: kitobingiz III.shaxs -i(-si): kitobi -i(lari): kitoblari Kelishik sintaktik shakl yasovchilar 1. Bosh kelishik - 2. Qaratqich kelishigi: -ning ukamning 3. Tushum kelishigi: - ni ukamni 4. Jo’nalish kelishigi: -ga(-ka, qa)ukamga 5. O’rin-payt kelishigi: -da ukamda 6. Chiqish kelishigi: - dan ukamdan Shaxs-son sintaktik yasovchilar Shaxs-son Birlik Ko’plik I.shaxs -m,-man: yozdim,boraman -k(-miz)yozdik, boramiz II.shaxs -ng,-san: yozding, borasan -ngiz,(-siz):yozdingiz, borasiz III.shaxs (nol shakl): yozdi, boradi -lar: yozdilar, boradilar -zamon qo’shimchalari: -di, -moqchi, -yap, -yotib, -digan, bormoqchi, kelyapti, boryapti. –mayl qo’shimchalari: -y, -ay, -sin,-(a)ylik, -gin, -(i)ng, -(i)ngiz, -sa: boray, kelsa. 1-topshiriq: So’zlarni morfemaga ajrating. Qo’shimchalarni tasniflang. Giyohlarni, adolatli, bog’bon, ajratildi, mevazor, birinchi, kuzda, dorishunos, sayohatchi, topilgan, sezgir, ikkita, mehnatkah, bag’riga, mehnatdan. __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling