Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

1-topshiriq: So’z tarkibida tartib o’zgarmaydigan so’zlarga misollar keltiring. 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________ 
2-topshiriq: Berilgan qaysi so’zlardagi tarkibning tartibi o’zgargan? 
Muzlatgich, borganlik, aytmaslik, o’tirmasdan, o’chirg’ich, to’plamdagi, tezyurar, 
solishtirma, dehqonchilikdan, kitobxonlarga.
O’zbek alifbosida 9 ta tovush so’z yasovchi vazifasini bajaradi. Shulardan 2 tasi 
unli: a i. 7tasi undosh: k, m, q,r,t,y,ch. M-n: boyi, tuna, tilak, to’plam, so’roq, 
qisqar, to’lat, qoray, tinch.
13ta tovush shakl yasovchi qo’shimcha vazifasini bajaradi. 2tasi unli: a, i.11tasi 
undosh:b,k, l,m,n,r, t,y,v, sh,ng.M-n: yoza (olmoq), kitobi, o’qib, keldik, o’qildi, 
bezan, keldim, isit, o’qiy, o’quv, o’qish, kelding.
So’zlarning yasalish tuzilishi 
Yangi so’zlar 2 xil yo’l bilan vujudga keladi: 
1. Har bir tilning o’z ichki imkoniyatlari asosida. 
2. Boshqa tillardan so’z olish asosida.
Tilda mavjud bo’lgan so’z yasash usullari orqali hosil qilingan yangi so’z yasama 
so’z deyiladi. Yasama so’zlar quyidagi usullar orqali hosil qilinadi:
I.Morfologik (affiksatsiya) usulida asosga so’z yasovchi qo’shimcha qo’shish
orqali yangi yasama so’z hosil qilinadi: g’azal-xon, hayot-iy. Tilda oldin mavjud 
bo’lgan so’zga ma’lum vosita qo’shish bilan yangi so’z hosil qilinishiga so’z 
yasalishi hodisasi, shunday hodisani o’rganadigan tilshunoslik bo’limiga so’z 
yasalishi deyiladi. So’z yasalishi hodisasi(yasama so’z bo’lishi shart) o’zining 
ichki tuzilishiga ega bo’ladi va ikkita tarkibiy qismni o’z ichiga oladi: 
a) yasashga asos qism
b) yasovchi vosita. 


27 
Yasashga asos qism va yasovchi vosita yasalmani tashkil qiladi. Buni 
terim,terimchi, so’zlari misolida ko’ramiz: ter-yasashga asos qism, -im 
yasovchi vosita, terim yasalma.
Terim-yasashga asos qism, -chi yasovchi vosita, terimchi yasalma. 
1-topshiriq:Berilgan so’zlarni yasashga asos qism, yasovchi vosita va yasalmaga 
ajrating. 
Toshqinda________________________________________________________ 
Sanoqsiz_________________________________________________________ 
Bilimsizlik________________________________________________________ 
Daladagi__________________________________________________________ 
Yig’lamsiramoq____________________________________________________ 
Ko’kimtir_________________________________________________________ 
So’zning yasalish tuzilishi bilan morfemik tuzilishi bir-biridan farqlanadi. 
So’zning ma’noli qismlarga bo’linishi uning morfemik tuzilishidir. So’zda nechta 
ma’noli qism bo’lsa, uning morfemik tuzilishi ham shuncha qismga ajraladi. 
Masalan: ter-im-chi uchta ma’noli qismdan, ter-im-chi-lar to’rtta ma’noli qism, 
ter-im-chi-lar-ga beshta ma’noli qismdan iborat. Demak, so’zning morfemik 
tuzilishi yasovchi qo’shimchalarni ham shakl yasovchi qo’shimchalarni ham o’z 
ichiga oladi. So’zning yasalish tuzulishi esa faqat yasovchilarnigina o’z ichiga 
oladi.Agar so’zda birdan ortiq yasovchi qo’shimchalar ishtirok etsa, eng oxirgi 
yasovchi vosita sanaladi: bilimdonlarga so’zi ikki qismdan iborat, ya’ni bilim-
yasashga asos qism, don-yasovchi vosita. 
2-topshiriq: Berilgan so’zlarni so’zning yasalish tuzilishi va morfemik tuzilishi 
bo’yicha tahlil qiling. 
Yasalish tuzilish Morfemik 
Birlashgan________________________________________________________ 
Suhbatingizdan____________________________/________________________ 
Qatlamani________________________________/________________________ 
Quymoqniki______________________________/_________________________ 
Tuzdondagi______________________________/________________________ 
Beshtacha_______________________________/_________________________ 
II.Sintaktik (kompozitsiya) usulida ikki yoki undan ortiq mustaqil ma’noli so’zni
bir-biriga qo’shish bilan yasama so’z (qo’shma so’z) hosil qilinadi. M-n: 
tillaqo’ng’iz, olibsotar, oshpichoq.
III.So’zlarni takrorlash yoki juftlash usuli: xola-xola (o’yin), manman, yo’l-
yo’l, katak-katak, gul-gul, jag’-jag’, uzoq-yaqindan (hamma yoqdan),yosh-qari 
(hamma),erta-kech (hamisha), achchiq-chuchuk (salat), bugun-erta (yaqinda), 
issiq-sovuq (ahvol).
So’zlarning tuzilishiga ko’ra turlari
So’zlar tuzilishiga ko’ra 4 xil bo’ladi:
1)sodda so’zlar; 2)qo’shma so’zlar; 3)juft so’zlar; 4)takroriy so’zlar.
I. Sodda so’zlar bir o’zakdan tashkil topadi. Ular 2 xil bo’ladi: tub, yasama
a) sodda tub so’zlar so’z yasovchi qo’shimchalari bo’lmagan so’zlardir. Ular 
lug’aviy va sintaktik shakl yasovchi qoshimchalarni olishi mumkin. M-n: 


28 
ruchkalar, havodan, qizilroq, keldik.
b)sodda yasama so’zlar so’z yasovchi qoshimchalarni olgan so’zlardir: e’tiborsiz, 
suvsa, mahsuldor, qizar .
II. Qo’shma so’zlar 2 yoki undan ortiq o’zakdan tashkil topib, 1 ta so’roqqa javob 
bo’ladi: xomtok, hozirjavob.
Qo’shma so’zlarning tarkibi bir xil so’z turkumiga ham, har xil so’z turkumiga 
ham oid bo’lishi mumkin: oshpichiq (ot+ot), sotib olmoq (fe’l+fe’l), qo’shtirnoq 
(sifat+ot), erksevar (ot+fe’l)
Eslatma:1. Qo’shma so’zlarga so’z yasovchi qo’shimcha qo’shib, yangi so’z 
yasash mumkin: atirgulli daftar, oltiariqlik. 2.Qo’shma so’zlar so’z birikmasidan 
hosil bo’ladi. Butunlay qo’shma so’zga aylangan so’z birikmalari qismlari qo’shib, 
endi qo’shma so’zga aylanayotganlari ajratib yoziladi. Masalan: so’zboshi, temir 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling