Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

G’adir-budir________________________________________________________ 
Arzon-garov________________________________________________________ 
Alg’ov-dalg’ov______________________________________________________ 
Takroriy so’zlar bir so’zning qo’shaloq qo’llanishidan hosil bo’ladi. Ular ko’plik, 
davomiylik, takror kabi ma’nolarni bildiradi. Takroriy so’zlar har doim chiziqcha 
bilan yoziladi; etak-etak, tez-tez, ayta-ayta
Istalgan so’zni 2marta takrorlash bilan takroriy so’z hosil bo’lavermaydi. Takroriy 
so’z hosil qilish uchun 2 so’z bir xilda bo’lishi va ular orasiga chiziqcha qo’yilishi 
kerak. Tishini tishiga qo’yib jim turdi.Kiyimini qara, kiyimini. Bular takroriy so’z 
emas.
Takroriy so’zlar quyidagi shaklda bo’ladi:
1.Har 2qism 1xil shaklda bo’ladi; tog’-tog’,ko’p-ko’p
2.1-qism bilan 2-qism o’rtasida ba-, -ma qo’shimchalari bo’ladi; qadam-baqadam
yelkama-yelka.
3. 2-qismning 1-tovushi fonetik o’zgarishga uchraydi. So’z boshida kelgan undosh 
tovush p yoki m undoshidan biriga almashadi yoxud unli tovush oldidan p tovushi 
orttiriladi; choy-poy, un-pun, bug’doy-mug’doy.


30 
Eslatma. Takroriy so’zlarga so’z yasovchi qo’shimcha qo’shish bilan yasalgan 
ot va fe’llar qo’shib yoziladi: pirpirak, hayhayla, sharshara, qahqaha. 
4-topshiriq: Gap tuzing. Gapda so’zlarning tuzilishiga ko’ra barcha turlari ishtirok 
etsin. 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________ 
Leksikologiya 
Har qanday tilni o’rganayotgan paytimizda, eng avvalo, bizni qurshab turgan 
narsa va hodisalarning amaliy hayotimiz bilan bog’liq bo’lgan turli xil harakati, 
holatlari, belgi va xususiyatlarining shu tilda qanday ifodalanishini, nomlanishini 
bilishdan boshlaymiz. Ma’lum bir tildagi ana shunday so’zlar yig’indisi shu tilning 
lug’at tarkibini tashkil qiladi.
Leksika atamasi 2 ma’noda qo’llaniladi:
a)tilning lug’at tarkibi, so’zlar yig’indisi;
b)lug’at tarkibini o’rganuvchi tilshunoslikning alohida bo’limi.
Leksika atamasining ikkinchi ma’nosi uchun leksikologiya atamasi ham 
qo’llaniladi. Leksikologiya (yunoncha - so’z, so’zga doir, logos – ta’limot) so’z va 
uning ma’nolarini o’rganuvchi tilshunoslik bo’limidir. Bizning lug’at boyligimiz 
so’z va iboralardan tashkil topgan. So’z (atama, qo’shma, juft, takroriy so’zlar) – 
leksik birlik deyiladi. Ibora frazeologik birlik deyiladi. Ikkalasi birgalikda lug’aviy 
birlik deb yuritiladi. So’z va iboralardan nutq jarayonida tayyor holda 
foydalanamiz. 
So’z va leksema. Nutqimiz so’zlarning qo’shiluvidan hosil bo’ladi.So’z 
bo’lishi uchun tovushlar birikmasining o’zigina kifoya qilmaydi. Ma’lum tovush 
va tovushlar birikmasi ma’no bilan bog’langandagina so’zga aylanadi. Demak, 
so’zning 2tomoni mavjud: a)moddiy tomoni (tovush yoki harflar ketma-ketligi), 
b)ma’no tomoni ma’lum ma’no bilan bog’langan va morfologik shakllangan 
tovush yoki tovushlar birikmasi so’z deyiladi. Har bir so’zning 2 xil ma’nosi 
bo’ladi:
1.Atash ma’no (leksik ,lug’aviy ma’no)
2.Grammatik ma’no.
So’zning borliqdagi narsa, belgi, harakat, son kabilar haqidagi ma’lumoti atash 
ma’no deyiladi: soat, yetti, yurmoq, non. Atash ma’no narsa, belgi, harakatning 
aynan ozini emas, balki ular haqidagi umumiy tushunchani ifodalaydi: uy (yashash 
uchun quriladigan inshoot), quyosh (osmon jismi), qizil (rang).
Grammatik ma’no so’zning u yoki bu turkumga mansubligini ko’rsatuvchi 
ma’nodir: daraxt so’zi ot turkumiga mansub. So’zlarning grammatik ma’nosi 
morfologiya bo’limida o’rganiladi. Demak,nutq jarayonida har bir so’z leksik va 
grammatik ma’nolar uyg’unligidan tashkil topadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling