Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

1.To’g’ri gap tuqqaningga yoqmaydi.
2.Litsey qaldirg’ochlarini tabriklashdi.
3.Rahmi kelib bulutning, yig’lab to’kar yoshini.
4.Tuzsiz she’rlarim deb, shirindan shirin bolalarim yurar oyoq uchida. 
5.Egri ish qirq yildan keyin ham bilinadi. 
 6.Harbiy xizmat temir intizomni talab qiladi. 
7.U ko’l yoqasiga kelganini ham sezmadi. 
8.Yo’lchi hali gapini bitirmagan edi,Mirzakarimboy uni kesdi. 
9.Quyoshning oltin qalami nur taratar edi. 
10.Bahslashishga yo’l qolmagan edi.
1-topshiriq:  Metofaraga beshta misol keltiring. 


33 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Metonimiya (yunoncha-,,qayta nomlash’’) narsa va hodisalarning o’zaro 
bog’liqligi asosida bir predmet nomi bilan 2-ni ifoda etishdir. Bunda 2 predmet 
o’rtasida hech qanday o’xshashlik bo’lmaydi.Ular orasidagi doimiy bog’lanish 
tufayli birini aytganda 2-si ham anglashiladi: bir kosa suv ichdim deyish o’rniga 
bir kosani simirdim. 
Metonimiyaga misollar: 
 1.Navoiyni(asarlarini) o’qidim. 
2. ,,Hamza’’ga(teatri) bordik. 
3. 6 ga(avtobus) mindim. 
4.Aauditoriya(odamlar) kuldi. 
5.Majlis (odamlar)qaror qiladi.
6.Ichak-chovag’im tugadi, endi kalla sotaman.
7.Qani, mehmon dasturxonga qarang. 
8.Butun mahalla-ko’y Razzoq so’figa rahmat aytishdi. 
9.Mehmon kirishi bilan zal oyoqqa turdi.
10.Navbatim jinsiy kiygandan keyin. 
2-topshiriq:  Metonimiyaga beshta misol keltiring. 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Sinekdoxa (yunoncha- birga anglamoq, qo’shib fahmlamoq) qismning nomi bilan 
butunni yoki butunning nomi bilan qismni atash hodisasidir.M:Ehtiyot bo’lib 
gapiring, aylanay, ichimizda quloqlar bo’lishi mumkin. 
Sinekdohaga misollar: 
1.Qo’shnimiz o’n yildan beri tirnoqqa zor. 
2.Tog’da hammamiz birgalikda tuyoqlarni ko’paytiryapmiz. 
3.Men egma qoshimga sajda qilaman (qism orqali butun). 
4.Kechki ovqatni qilayotganimda qo’limni kesib oldim. 
5.Og’ayni besh qo’l barobar emas-ku, axir. (butun orqali qism). 
6.Kechgacha tuz totmay qo’ydi.
7.Meni u eshikka qadam bostirmaydi. 
8.Urush ko’plarning yostig’ini quritdi. 
9.G’ilayning rejasi guruh boshlig’iga yoqdi.
10.Bizning uyimiz olti tomdan keyin joylashgan.
3-topshiriq:   Sinekdoxaga beshta misol keltiring. 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Vazifadoshlik bir narsaning vazifasini 2- bir narsa bajarishi natijasida 
avvalgisining nomi bilan keyingilarini ham ifodalashdir: insonning tomiri – 


34 
daraxtning tomiri, miltiqning o’qi – komonning o’qi, elektr chiroq – shamchiroq, 
qushning qanoti – samolyotning qanoti. Misollar: 
1.Sekinroq devorning ham qulog’i bor. 
2.Tinglovchilarning hammasi bir quloqqa aylandi. 
3. Yoshlarimizga hech qachon ko’z tegmasin.
Kinoyada so’zlar aks ma’noda qo’llaniladi. Yozuvda bunday ko’chishlar 
qo’shtirnoqqa olinadi: ,,Matematik’’ sinfdoshimning tuzgan tenglamasi hammani 
lol qoldirdi.
Tag ma’no butun boshli gapning kichik hajmdagi matnda ko’chma ma’noda 
qo’llanishidir: Xotin: Sizga tekkuncha alvastiga tegsam bo’lmasmida? Er: Afsuski,
yaqin qarindoshlar orasida nikoh man qilingan.
Eslatma.So’zning o’z ma’nosidan ko’chishi badiiy uslubda ko’proq uchraydi. 
Ba’zan ommaviy va og’zaki so’zlashuv uslublarida ishlatiladi. 
So’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlari
Ular 4 xil bo’ladi:
1. Omonimlar (shakldosh so’zlar) 2. Sinonimlar (ma’nodosh so’zlar)
3.Antonimlar (zid ma’noli so’zlar) 4. Paronimlar (ohangdosh so’zlar).

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling