Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
1-topshiriq: Og’izning ochilish darajasiga ko’ra bir guruhga kiruvchi unlilar
ishtirokida so’zlar tuzing. ________________________________________________________________ _________________________________________________________________ 2-topshiriq: Lablarning ishtirokiga ko’ra bir guruhga kiruvchi unlilar ishtirokida so’zlar tuzing. _________________________________________________________________ __________________________________________________________________ Undoshlar tasnifi. O’zbek tilida 24 ta undosh tovush bor. Eslatma: Undosh tovushlar hosil bo’lishida bo’g’iz bo’shlig’i, og’iz bo’shlig’i va til muhim ahamiyatga ega. 9 Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan inson a’zolariga nutq a’zolari deyiladi.Nutq a’zolari: 1.O’pka. 2.Tog’aylar. 3.Un paychalari. 4. Bo’g’iz bo’shlig’i. 5.Og’iz bo’shlig’i. 6.Burun bo’shlig’i. 7.Til. 8.Lablar. 9.Tish. Undosh tovush uch tomondan tasnif qilinadi: I Hosil bo’lish o’rniga ko’ra. Qaysi nutq a’zosi ishtirok etishiga ko’ra nutq tovushlari quyidagi guruhlarga bo’linadi: 1. Lab undoshlari: a)lab-lab: b,p,m b)lab- tish :v,f. 2.Til undoshlari: a)til oldi: d,t,s,z,ch,sh,j,n,l,r. b)til o’rta: y. d)til orqa: g,k,ng. e)chuqur til orqa: q,g’,x. 3. Bo’g’iz undoshi: h II Hosil bo’lish usuliga ko’ra: 1. Portlovchi: b,p,d,t,g,k,j,q,m,n,ng. 2. Sirg’aluvchi: z,s,v,f,y,r,l, sh,g’,x,h. 3. Qorishiq: ch.(5-sinf darsligida ch harfi portlovchi deb berilgan) III Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra: 1. Jarangli: b, d ,v, g, z, g’, j, (j ), y, l,m,n,ng,r 2. Jarangsiz: p, t ,f, k, s, x, ch,sh, q, h. Burun tovushlari:m,n,ng. Yon tovush: l. Titroq tovush: r Eslatma: Yuqoridagilardan tashqari undosh tovushlar yana quyidagicha tasnif qilinadi: 1.Hosil bo’lish o’rniga ko’ra. 2. Hosil bo’lish usuliga ko’ra. 3.Un paychalarining ishtirokiga ko’ra(jarangli va jarangsiz). 4. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra (ovozdorlar(sonorlar:m,n,l,r,ng) va shovqinlilar).5. Tarkibiga ko’ra(sof va qorishiq). Eslatma: B va m harflaridan oldin kelgan n harfi m holida o’qiladi, lekin n yoziladi. Masalan: shanba, manman. 1-topshiriq: Hosil bo’lish o’rniga ko’ra birlashtiruvchi belgiga ega undoshlardan tashkil topgan so’zlar tuzing. __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ 2-topshiriq: Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra farqlovchi belgiga ega undoshlardan tuzilgan so’zlarga misol keltiring. __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ Qo’sh va qator tovushlar imlosi. O’zbek tilida unli tovushlar ham undosh tovushlar ham qo’sh yoki qator kelishi mumkin. Unli tovushlardan i, u, o,a tovushlari qo’sh holda uchraydi: tabiiy, shuur, inshoot, mudofaa. Quyidagi so’zlarni qator unlilarga misol qilishimiz mumkin: muallim, saodat, maorif… Eslatma: Ba’zan qator kelgan unlilar o’rtasiga ayrim undosh tovushlarni qo’shib talaffuz qilish hollari ham kuzatiladi. Masalan: soat so’zi Farg’nada sohat, Toshkentda sog’at tarzida talaffuz qilinadi. 10 1-topshiriq: Qo’sh va qator unli qatnashgan so’zlarga misol keltiring. __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ Tarkibida yonma-yon bir xil undoshlar kelgan so’zlar qo’sh undoshli so’zlardir. Masalan: ikki, chaqqon, million, metall. Eslatma: Qo’sh undosh bilan tugagan so’zlarga shunday tovush bilan boshlanadigan qo’shimcha qo’shilsa,oxirgi undoshlardan biri tushiriladi. M-n: metall+lar=metallar, gramm+mi=grammi. Ikkita har xil undoshning bir bo’g’inda yonma-yon kelishi qator undosh deyiladi. Masalan: taxt, daraxt. Ikki har xil undosh juda ko’p so’zlarda yonma-yon kelishi mumkin: paxta, nimcha. Lekin ular qator undosh hisoblanmaydi. Chunki ular bir bo’g’inda emas. Eslatma: da-raxt qator undosh, da-rax-ti qator undosh emas. So’z oxirida va boshida qator kelgan undoshli so’zlar chetdan kirib kelgan so’zlardir. M-n: traktor, stol, go’sht, barg, musht. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling