Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet85/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

bo’lmaydi. 2.Yo’qolgan narsangga ko’p achinma, achinish ila qayta kelmas, 
netarsan. 3.Ishda oshiqqan ko’p toyilur, ko’p toyilgan ko’p yiqilur. 4.Sabr qilsang, 
g’o’radan halvo bitar, besabrlar o’z ayog’idin yitar
Kirish so’zlar
So’zlovchining o’zi bayon qilayotgan fikriga munosabati kirish so’zlar (kiritmalar) 
deyiladi. M-n: Binobarin, yoshlarimizni hayot so’qmoqlaridan eson-omon olib 
o’tish har birimizning vazifamizdir.Kiritmalar tahlilda to’g’ri chiziq ostiga to’lqinli 
chiziq chizish bilan ifodalanadi.
Kiritmalar undalmalar kabi gap bo’laklari bilan sintaktik munosabatga 
kirishmaydi. Ular gapning, matnning umumiy mazmuniga aloqador bo’lsa-da, 
gapdagi biror bo’lak bilan hokim-tobelik aloqasiga kirishmaydi. Shuning uchun 
kiritmalar gapda vergul, tire, ba’zan qavs bilan, talaffuzda esa kichik to’xtamlar 
bilan ajratiladi. M-n: Xayriyat, vaqtida yetib keldik.
Kiritmalar so’zlovchining o’zi bayon qilayotgan fikriga munosabati (ishonch, 
gumon, tasdiq), fikrning birovga nisbatlanishi (mansubligi, aloqadorligi) o’z fikri 
tarkibiy qismlarining ahamiyatliligi darajasi (birinchidan, ikkinchidan) fikriga va 
uning tarkibiy qismlariga doir bayon etadigan qo’shimcha axborot yoki izohi kabi 
rang-barang ma’nolarni ifodalaydi. M-n: Demak, yashashning zamirida xalq 
xizmatini qilish burchi ham bor. 
Eslatma: Gap orqali ma’lum axborot ifodalanishi bilan birga, so’zlovchining shu 
axborotga munosabati ham ifodalanadi.So’zlovchining munosabati gapning kesim 
shakli (mayl shakli, bog’lamalar va nol shakl) orqali va maxsus modal so’zlar 
yordamida ifodalanadi. So’zlovchi gap orqali bayon qilayotgan axborotga qanday 
munosabatda ekaniga qarab, modal so’zlardan muvofig’ini qo’llaydi: darhaqiqat 
(tasdiq ma’nosi), shaksiz (ishonch), ehtimol (gumon). Kirish 
so’zlar quyidagi ma’nolarni bildiradi:
1. Ishonch munosabatini: albatta, shaksiz, shubhasiz, ma’lumki.
2. Gumonni: balki, ehtimol, shekilli, aftidan, chamasi.
3. Shodlik yoki achinishni: baxtimga, baxtga qarshi, attang, afsuski, esiz, 
esizgina, xayriyat(ki).
4. Bayon qilingan fikrning kimga qarashli ekanligini:menimcha, mening 
fikrimcha, uning aytishicha, aytishlaricha, sizningcha, fikri ojizimcha, uning 
ta’kidlashicha,uning so’ziga ko’ra.


127 
5. Bayon qilingan fikrning tartibini: birinchidan, ikkinchidan, avvalo, 
avvalambor,oxiri,nihoyat.
6. Bayon qilingan fikrning oldingi fikr bilan bog’liqligini (yakuniy fikrni): 
demak, shunday qilib, umuman, aksincha, ba’zan, aks holda, xullas, shuningdek, 
ayniqsa, asosan,binobarin, xususan.
7.Inkorni: yo’q.
8. Tasdiqni: to’g’ri, darhaqiqat, bo’pti, haqiqatan, ha, mayli.
Kiritmalar barcha bo’laklar kabi sodda va murakkab bo’ladi. Sodda kiritmalar 
so’zlar va so’z gaplar bilan, murakkab kiritmalar esa so’z birikmalari, kengaygan 
birikmalar va gaplar bilan ifodalanadi.M-n: Menimcha, eng yaxshisi-shu. Dunyoda 
hech bir xalq teng kela olmas, mening bilishimcha, sening elingga.
Eslatma: Murakkab kiritmalar avvalgi darsliklarda kirish birikma deb berilgan.
Kiritmalar vazifasida quyidagilar keladi:
1. Ma’lum so’z turkumlaridan ajralib chiqib, faqat kiritma vazifasida ishlatiladigan 
so’zlar: birinchidan, masalan, attang.
2. Ma’lum so’z turkumlaridan o’sib chiqib, ham kirish so’z vazifasida, ham gap 
bo’lagi vazifasida qo’llaniluvchi so’zlar: to’g’ri, shubhasiz, so’zsiz, aftidan, 
avvalo, qisqasi, yaxshi…
Aftidan quv odamligi bilinib turibdi (mustaqil so’z). Aftidan, o’quvchilar 
kechikadiganga o’xshaydi(kiritma).
Kiritmalarning gapdagi o’rni erkin. Ular gapning boshida kelsa, ulardan keyin, 
o’rtasida kelsa, har ikki tomonidan, oxirida kelsa, ulardan oldin vergul qo’yiladi. 
M-n: Hayotning eng og’ir kunlarida yiqilmadi, aksincha, qaddini tik tutib, o’zini 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling