Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
1.Darvoqe, o’tgan har bir lahza asli tarix, adabiyot esa,asosan, kechgan voqelik
– hodisalar tasviri bilan ish ko’radi. 2.Ammo muallif bunda o’tmish umr sog’imchi yoxud adatdagi qo’msov – nostalgiyani maqsad qilgan emas, boshqa dard, muddaolar ham borki, kitobni o’qiganda anglaysiz. 3.Dastlabgisi – electron pochta orqali kelgan maktub Ravshan Akobirovdan edi. 4.Otdoshing – Farhod maktubni bitiray deb qoldi, Londonga borib o’qimoqchi, passport olishi kerak. 5.Fikrni bir joyga jamlashga, ko’p yillar burun kechgan o’sha voqealarni birma- bir nazardan o’tkazib, qay o’rinda yoshlik qilgani – xatoga yo’l qo’yganini anglab yetishga kuch topolmayotir. 6.Atay sheriklaridan qochib orqadagi bo’sh o’rindiqqa o’tib olgan safar guruhining rahbari – san’at arbobi Farhod Ramazon daf’atan bezovtalandi. 7.Ertaga kinofestivalda namoyish etilajak filmdagi bosh 124 qahramon – “qizlarning qorovuli” ham shu. 8.Bir nimalar yozib tashlagisi keladi, ammo kunduzgi horg’inlikni, allaqanday qo’rquv – jur’atsizlikmi qo’lini chandib, o’rnidan qo’zg’admay qo’yadi. 3-topshiriq: Qaysi gap bo’lagi ajratilgan? 1.Tirik ulki, undan keyin qolsa joy – hovuz, ko’l-u ko’prik-la karvonsaroy. 2.Odam ikki marta yashamaydi, lekin bir marta – mazmunli yashashni ham bilmaydiganlar ko’p. 3.Agarda razm solib qaralsa, aksariyat kishilar hayotning ko’p qismi bo’lmag’ur ishlarga, anchginasi bekorchilikka, umrning yaxlit o’zi esa nokerak narsalarga sarflanadi. 4.O’z hayotining mohiyatini bilmaydigan kishilarning, befarqlarning ahvoliga voy. 5.Farosatsizlik, axloqsizlik orqasida faqat huzur-halovatga mukkasidan ketganlarning, yengil-yelpi fikrlovchilarning hayoti sariq chaqaga ham arzimaydi. Ajratilgan bo’laklarni ajratish usullari Ular 2 xil bo’ladi: 1)Tartibni o’zgartirish. Bu yo’l bilan ajratish sifatlovchi aniqlovchiga va ravish holiga xos: Yaproqlar – sariq, qizg’ish, ko’kimtir – oftobda tovlanardi. Shunday yashar – sokin, bezavol. 2) Bir nomni boshqacha nomlash yoki izohlash orqali gap bo’laklarini ajratish. Bunday yo’l bilan ajratish sifatlovchi aniqlovchi va ravish holidan boshqa barcha gap bo’laklariga tegishli: Lingvistika – tilshunoslik, mening sevgan fanim bo’ladi. Izohlash yo’li bilan ajratilgan bo’laklar gapning boshqa bo’laklaridan vergul, ba’zan tire bilan ajratiladi: Men ko’rsatigan stulga – to’rga o’tib o’tirdim. Eslatma: Unda, Halimning ukasida, qiziqarli kitoblar ko’p. Bu gapdagi unda, Halimning ukasida bo’laklari ikki kishini bildirsa va sanash ohangi bilan talaffuz qilinsa, uyushiq bo’lak, bir kishini bildirib, ikkinchisi birinchisidan biroz to’xtamdan so’ng pastroq ohang bilan talaffuz qilinsa, ajratilgan bo’lak bo’ladi. Ya’ni ajratilgan bo’laklar bir tushunchaning ikki nomi. Ajratilgan bo’laklar bitta shaxs yoki bitta narsani ikki marta nomlaydi. Uyushiq bo’laklar esa bir necha shaxs yoki narsalarni ifodalaydi. Gap bo’laklari bilan aloqaga kirishmaydigan bo’laklar.Undalma So’zlovchining nutqi qaratilganshaxsni bildirgan so’z undalma deyiladi. Undalmalar aytilayotgan fikrga tinglovchining diqqatini tortish uchun xizmat qiladi. Shuning uchun, odatda, ular II shaxsga qaratilgan bo’ladi: Opa, urma qalbimga tikan.Undalmalarning tagiga ikkita to’lqinli chiziq chiziladi. Undalmalar bosh kelishik shaklidagi ot yoki otlashgan so’zlar bilan ifodalanadi.Bunda ular gapning egasiga juda o’xshab ketadi.Ammo ega gapda grammatik jihatdan gapda kesim bilan bog’lanadi, undalmalar esa grammatik jihatdan hech bir bo’lakka bog’lanmaydi.Undalmalar gapda alohida ohang bilan ajratib aytiladi: Arpangizni xom o’rdimmi, uka. Ko’pinca shaxs otlari, qarindoshlik, hunar-kasbni o’rsatuvchiso’zlar undalma bo’lib keladi: O’quvchilar, vaqtning qadriga yetinglar. 125 Undalmalar ba’zan jonivorlar yoki jonsiz narsalargaham qaratiladi: Qozivoy, men Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling