Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
mehnatga urdi.
Kirish so’zlarning uslubiy xususiyatlari. Kirish so’zlar ham uslubiy xoslanish xususiyatiga ega. Shuning uchun so’zlovchi o’zi qo’llayotgan nutq uslubiga muvofiq keladiganini tanlab qo’llaydi: shaksiz, shubhasiz, darhaqiqat, demak, fikri ojizimcha, avvalambor kabi kirish so’zlar uslubiy xoslangan so’zlardir. Ulardan shaksiz, shubhasiz, darhaqiqat, demak, fikri ojizimcha, avvalambor so’zlari kitobiy uslubga xos. Kitobiy uslubga xos bu so’zlar o’z ichida ichki xoslanishga ega:shaksiz, fikri ojizimcha – badiiy uslubga xos, bayon qilinishicha-pulitsistik uslubga xos. 1-topshiriq: Gaplarda kirish so’zlarni aniqlab, tinish belgilarini o’rniga qo’ying. 1.Zero sen mening emas, o’z qorningning g’amini yeyapsan.2.Hayotda ham shunday, yomon niyatli kishilar, agar oqil odamlarga biror bir yovuzlik qilmoqchi bo’lsalar, ko’zlagan barcha makr-u hiyatlari baribir albatta fosh bo’lgay.3.Demak agar odam bir-biriga zid bo’lgan ikkita ishga baravar kirishsa, uning hech qanday samaraga erisha olmasligi muqarrar.4.Shuningdek ko’p odamlar ham brovning shohona ziyofatida mehmon bo’lishdan o’z uylarida kamtarona kun kechirishni afzal ko’radilar.5.Alqissa yaxshi odamlar uchun foydali bo’lgan har qanday amalni yovuz niyatli kishilar manfur ish deb biladilar.6.Binobarin bizlar ham o’zimizda boriga shukur qilmog’imiz va ochko’zlik tufayli bor-budimizdan mosuvo bo’lishimiz mumkimligini unutmasligimiz kerak. Kiritma gap. Kiritma gaplar so’zlovchi bir fikrni ifodalayotgan paytda shu fikrga 128 izoh, qo’shimcha axborot berish ehtiyoji bilan qo’llanadi. Ular asosiy fikrni to’ldirish, izohlash uchun ishlatiladi. M-n: Biz (bu safar menga Mastura hamroh bo’ldi) qishloqqa ertasiga bordik. Kiritmalar talaffuzda kichik to’xtamlar va ovoz balandligi bilan ajratiladi. Eslatma: III kurs akademik litsey darsligida kiritma gaplar gapning asosiy qismlaridan past ohang bilan ajralib turadi, deyilgan. Kiritma gaplar juda keng qo’llaniladigan soha dramatik nutqdir. Bu nutqda qahramon nutqi qay tarzda bayon etilishi remarka (personaj nomi bilan uning nutqi oralig’idagi qavslarda) larda ko’rsatib boriladi. M-n: Omon (o’qiydi va qotib-qotib kuladi). Bunisi ham shunaqa. Kiritma gaplar asosiy gapdan yozuvda quyidagicha ajraladi: 1. Kiritma gap sodda yig’iq gap bo’lsa, ikki tomoniga vergul qo’yiladi: Yolg’iz borishga, to’g’risini aytsam, qo’rqaman. 2. Agar kiritma gap yoyiq gap bo’lsa, tire bilan ajratiladi yoki qavsga olinadi. M-n: Uni tanishsa kerak (Farg’onada bir-birini tanimaydigan odam kam), bir bola kosada yaxna choy olib chiqdi. 2-topshiriq:Quyidagi gaplarning har biriga kiritma gaplarni qo’yib gaplarni ko’chiring. 1.Mehmoni yo’q qora uydan dala-tuz yaxshi. 2.Teran fikrni doim keksalardan qidirgin, dahor suvi kuzda musaffolik topadi. 3.Odamlar bilan murasa-yu madoraga kirishish ham sadaqa hisoblanadi. 4.Mehmonsiz uy suvi qurigan tegirmonga o’xshaydi. 5.Kishilarning qadrlisi saxovatli kishilar. __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ Qo’shma gaplar Sodda va qo’shma gaplar. Bitta kesimlik belgisiga, mazmuniy va ohang tugalligiga ega bo’lgan gap sodda gap, ikki yoki undan ortiq sodda gapning o’zaro grammatik va mazmuniy munosabatidan tashkil topgan va ohang tugalligiga ega bo’lgan butunlik qo’shma gap sanaladi. Izoh:Gap uchun muhim belgi kesimlikdir. Kesimlik miqdori gaplarni sodda va qo’shma gaplarga ajratishga asos bo’ladi. Sodda gap: Haqiqiy do’stlarning sadoqati boshga ish tushganda bilinadi. Qo’shma gap: Shuni bilki, odamlar do’stlik tufayli baxtiyordir. Har kishikim Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling