Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
chig’irig’ini ko’tarib, vaysaganicha, uyga kirib ketdi.
13.Foydali so’z go’dakdan chiqsa ham quloq sol; yomon so’z mo’ysafiddan chiqsa ham quloq solma. 14.Har qanday tushuncha muhokamaning natijasidir; muhokama esa tajribaning natijasidir,tajriba esa sezgi a’zolarining faoliyati tufayli qo’lga kiritiladi. Qo’shma gap turlarining ma’nodoshligi 138 Zidlik, sabab, shart,payt munosabatlari bog’lovchisiz, bog’langan va ergash gapli qo’shma gaplar bilan ham ifodalanishi mumkin. Shunga ko’ra ular bir-biriga ma’nodosh bo’la oladi. M-n: Bahor keldi va gullar ochildi – bog’langan qo’shma gap. Bahor keldi, shuning uchun gullar ochildi – ergashgan qo’shma gap. Bahor keldi, gullar ochildi – bog’lovchisiz qo’shma gap. Izoh: Ular o’rtasidagi farq qo’shma gap qismlri o’rtasida qanday bog’lovchi vosita ishlatilishidadir. Murakkab qo’shma gaplar Turli bog’lovchi vositalar yordami bilan o’zaro uch va undan ortiq gaplarning bir butunligi murakkab qo’shma gap sanaladi. Ular quyidagilar: I.Bir necha ergash gapli murakkab qo’shma gaplar. Tarkibida ikki va undan ortiq ergash gaplari mavjud bo’lgan gaplar bir necha ergash gapli murakkab qo’shma gaplar sanaladi. Misollar: 1.Shunday bo’lmog’iga barcha asoslar bor edi, chunki ular bir qishloqda o’sib- ulg’aygan edilar, bunisining asrori unisiga besh qo’lday ayon edi. 2.Tol ekdik suv bo’yiga, soya-salqin bo’lsin deb, G’ayrat qilgan botirlar yotib damin olsin deb. 3.Reja bajarilsa, dasturxon mo’l bo’lsa, yor-u do’st, birodarlar qalin bo’lsa, tantanalar qishgacha davom etaveradi. 4.Boshimda tegirmon toshi yurgizsinlar, etimni nashtar bilan tilsinlar, men sizdan ajralmayman. 5.Xalqimiz shuni istaydiki, yurtimiz tinch bo’lsin, turmushimiz farovon bo’lsin, mustaqilligimiz barqaror bo’lsin. (ostiga chizilgan gaplar ergash gaplar) Eslatma: Bir necha ergash gaplar bosh gapdan vergul bilan ajratiladi. II.Bir necha bosh gapli murakkab qo’shma gaplar. Tarkibida ikki va undan ortiq bosh gap mavjud bo’lgan qo’shma gaplar bir necha bosh gapli murakkab qo’shma gap hisoblanadi. Misollar: 1.Boshimda o’ynar qamchilar, qon ko’zlarimdan tomchilar, bir benavo gul yanchilar,ozodkorim kelmasa. 2.O’zbek yoshlarining peshonasi shuning uchun ham yorug’, istiqboli baland, ularning O’zbekistondek jannatmakon yurti bor. 3.Butun dunyoga ma’lumki, siz ham shuni unutmangki, orolni saqlab qolish hammamizning burchimiz. 4.Kimning qalbi pok bo’lsa, uning ishlari o’z-o’zidan yurishib ketaveradi, hamma unga madadkor bo’ladi. (ostiga chizilgan gaplar bosh gaplar) III.Aralash murakkab qo’shma gaplar. Tarkibida ergashgan, bog’langan yoki bog’lovchisiz qo’shma gaplar mavjud bo’lgan gaplar aralash murakkab qo’shma gaplar hisoblanadi. Misollar: 1.Akang armiyadan kelsa,issiqxonani ishga solamiz, lekin sen akangga yordamchilik qilasan. 2.Har kimning zari bo’lmasa-da, ammo hunari bo’lsa, dunyoda hech bir xavf-u xatar bo’lmaydi, shuning uchun kishi hunar ziynati bilan bezanmog’i lozim. 3.Shuni unutmangki, siz kelajagimizsiz va butun umidimiz sizlardan. 139 4.Quvishga quvdim-u, hali ham ichim achiydi, bola bechora nima gunoh qilibdi. IV.Qismlari uyushgan murakkab qo’shma gaplar. Bir turdagi uch va undan ortiq gaplardan tashkil topgan qismlari uyushgan murakkab qo’shma gaplar deyiladi. Eslatma:Murakkab qo’shma gapning bu turida ergash gap ishtirok etmaydi. Misollar: 1.Dam qushlar ovozi yangraydi, dam daryoning shovullashi eshitiladi, dam musiqa sadosi yangraydi. 2.Yer shivirlaydi, yulduz jivirlaydi, bahordan darak keladi. 3. O’zbekning kurashi hamisha halol, Unda yo’qdir g’irrom, yo’qdir ymonlik, Hamisha do’stlarga tilaydi kamol, Tilaydi barchaga do’stlik, omonlik. 4.O’sha yillar mashoq terar edik, mol bqardik, g’oza jo’yakka kultivatsiya yurgizardik. Havola bo’lakli qo’shma gaplar Qo’shma gap tarkibidagi faqat ergash gapgina bosh gapga ma’lum bog’lovchi vositalar yordamida bog’lanib qolmaydi.Ko’pincha bosh gap tarkibida ham ergash gapni taqozo etadigan, uning mavjud bo’lishiga ishora (havola) qiladigan ko’rsatish olmoshlari ishtirok etadi.Aniqroq tushuntiradigan bo’lsak, ya’ni qo’shma gap ko’rsatish olmoshili yoki nisbiy so’zli bo’lsa, u gapimiz havola bo’lakli qo’shma gap hisoblanadi. M-n:Toleyim shuki, Vatanda bir guliston Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling