Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
1-topshiriq: Matnning turini toping.
Ba’zan “mirshikor” so’zini “mirishkor” tarzida o’rinsiz ishlatadilar. Holbuki, buning to’g’ri shakli “mirshikor” bo’lib, “ mir” va “shikor” so’zlaridan yasalgan. “Shikor” - ov degani, “mir” esa “mirob”, “mirshab” so’zlaridagi “mir” bo’lib, “amir kabi boshliq” ma’nosini bildiradi. Aslida, “mir” “amir” so’zining qisqargan shakli. “Amir”ning lug’aviy ma’nosi “buyurguchi”dir. “Mirshab” deb tungi qoravullarning, “mirob” deb suvchilarning, “mirshikor” deb ovchilarning boshlig’iga aytiladi. “Mirshikor” so’zining dehqonlarga nisbatan “mirishkor dehqon” deb ishlatish to’g’ri emas. Ba’zi kishilarning nutqida “mirishkor dehqon” degan iboraning paydo bo’lishiga “mirshikor” so’zining ikkinchi qismini noto’g’ri tushunish sabab bo’lgan. (A. Rustamovning “So’z haqida so’z” kitobidan) Tinish belgilari. Punktuatsiya Hozirgi o’zbek yozuvida quyidgi tinish belgilaridan foydalanadi: 1)nuqta – ( . ) 2) vergul – ( , ) 3)nuqtali vergul – ( ; ) 4) ikki nuqta – ( : ) 5) tire – (-) 6)so’roq belgisi – (?) 7) undov belgisi – (!) 8) ko’p nuqta – (…) 9)qavs – ( ),{ } 10) qo’shtirnoq - ( “ ’’ , << >> ) Har bir tinish belgisi muayyan qoidalar asosida qo’llanadi. tinish belgilarning qo’llanishiga oid qoidalar to’plami punktuatsiya deyiladi. Quyida tinish belgilarning tarixiga e’tibor bering: Nuqtaning yozuv belgisi sifatida ishlatilishi qadimda arab manbalariga borib taqaladi. O’zbek manbalarida esa XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, tinish belgisi sifatida ishlatila boshlagan. 143 Vergul – XV asrdan boshlab G’arbiy yevropada, XX asr boshlaridan boshlab esa, o’zbekcha matnlarda ishlatila boshlagan. So’roq – belgisining kelib chiqishini lotinch question – so’roq so’ziga olib borib taqaydilar. So’roq ma’nosiga mazkur so’zning birinchi harfi “ Q “ ishlatila boshlagan, keyinchalik uning shakli hozirgi holatiga ( ? ) kelib qolgan, o’zbekcha matnlarda 1885 – yildan boshlab uchraydi. 1990 – yildan so’ng doimiy ishlatila boshlagan. Undov – belgisi o’zbek tiliga rus tilidan o’tgan. Olimlarning fikricha, u lotincha lo-undov so’zidan kelib chiqqan bo’lib, (.) ning qo’shilishidan hosil bo’lgan. Qavs – o’zbek yozuvida XIX asrning oxirgi choragidan boshlab ishlatila boshlagan. Dastlab “Turkiston viloyatining gazeti” da 1873-yilda ishlatilgan. Ko’p nuqta - o’zbekch matnlarda XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ishlatila boshlagan. 1876-yildan e’tiboran “Turkiston viloyatining gaeti”da muntazam qo’llangan. Tire – o’zbek yozuvida XIX asrning 70- yillaridan boshlab ishlatilgan bo’lib, uni amaliyotga rus yozuvchisi N.M.Karamzin (XVIII asr ) kiritgan. Qo’shtirnoq – ham rus olimi A.A.Barsov orqali amaliyotga kiritilgan bo’lib, o’zbek yozuvlarida XIX asrning 80-yillaridan boshlab uchraydi. Ikki nuqta – o’zbek yozuvida XIX asrning oxiri XX asrning boshlaridan e’tiboran ishlatilgan. Nuqtali vergul – esa oz’bek yozuvida 1885-yildan boshlab uchraydi. Eslatma: Yuqoridagi tinish belgilaridan vergul nisbatan qadimiyroq. Nutq uslublari Nutq uslublarini o’rganuvchi tilshunoslik sohasiga uslubshunoslik deyiladi.Har bir uslubni yaratuvchi vositalar mavjud. Bularni quydagi turlarga bo’lish mumkin: 1.Lqksik vositalar: sinonim, omonim, antonym, paronim, ko’p ma’nolilik, tag ma’no, sifatlash, o’xshatishlar, ibora, sheva, noadabiy qatlam, mubolag’a, arxaik va tarixiy so’zlar, atamalar. 2.Fonetik vositalar: nutq tovushlari, ohang, urg’u. 3.Grammatik vositalar: 1)morfologik vositalar: har bir so’z turkumi; 2)sintaktik vositalar: gap bo’laklari, ritoroik so’roq gaplar, undalma, kiritma, sodda va qo’shma gaplar. O’zbek tilining quyidagi nutq uslublari mavjud: 1.So’zlashuv 2.Publitsistik 3.Ilmiy 4. Rasmiy 5.Badiiy I.So’zlashuv uslubi. Kundalik hayotda, uyda, ko’cha-ko’yda, ish joylarda va boshqa joylarda kishilarning bir-biri bilanerkin muloqotga kirishuvi so’zlashuv uslubi orqali yuzaga chiqadi. Bu uslub ikkiga bo’linadi: 144 a)adabiy so’lashuv uslubi; b)oddiy so’zlashuv uslubi. Ma’lum adabiy til me’yorlariga bo’sungan, tartibga solingan so’zlashuv uslubiga adabiy so’zlashuv uslubi deyiladi.Adabiy tilning og’zaki shakli adabiy so’zlashuv uslubi orqali amal qiladi.Radioeshittirishlar, televideniye ko’rsatuvlari shunday uslubda olib boriladi. Adabiy til me’yorlariga doimo amal qilavermaydigan erkin muloqot shakli oddiy so’zlashuv uslubi sanaladi.Bunda nutqiy vositalarni tejash bilan birga nutqiy ortiqchalikka ham yo’l qo’yiladi va gap bo’laklarining tartibi ancha erkin bo’ladi. So’zlashuv uslubida ko’proq sodda gaplar, to’liqsiz gplar, undalmali gaplardan foydalaniladi va turli uslubiy bo’yoqli so’zlar, grammatik vositalar, tovushlar tushib qolishi, orttirilishi mumkin. II.Publitsistik uslub.Publitsistika (lot. publika – xalq, omma) davrning eng muhim, dolzarb masalalarini o’quvchilarga, tinglovchilarga, tomoshabinlarga gazeta-jurnal, radio, televideniye orqali yetkazish, ommani jonlantirish, kishilarning onggiga atrofda sodir bo’layotgan voqealarni singdirish, ularning ijtimoiy qarashlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Ommaviy axborot vositalarida, Oliy Majlis yig’inlarida, turli xil anjumanlarda qo’llaniladigan nutq uslubi publitsistik uslub sanaladi. Publitsistik uslub ikki xil shaklda namoyon bo’ladi: 1.Yozma: a) ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag’ishlangan bosh maqolalar; b)feleton; d)pamflet; e)murojaatnomalar; f)chqiriq; j)deklaratsiya. 2.Og’zaki: a)radio va televideniyeda ciqayotgan siyosiy sharhlovchilar; b)notiqlarning nutqi. Publitsistik uslubning o’ziga xos xususiyati shundaki, u muayyan ijtimoiy masalalarga faol munosabatda bo’lishlik, hozirjavoblik, ta’sirchanlik belgilariga ega. Bunday nutq uslubi ijtimoiy masalalarga harakatchanliligi tufayli unda ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni ifodalovchi so’zlar ko’proq qo’llaniladi: isyon, Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling