Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet90/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

boshladi, yovlar qocha boshladi. 
4.Shart mayli vositasida ergashgan qo`shma gaplar.Ergashgan gapning kesimi 
shart mayli shaklidagi fe`llar orqali ifodalanganda,shart mayli qo’shimchasi –sa 
ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vosita ham sanaladi. Bunday ergash gaplar 
bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqishi yoki chiqmaslik shartini, 
paytini bildiradi. Yozuvda ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi.M-n: 
Esli-hushli do’stlaringiz bo’lsa, biznikiga olib kelarsiz. 
5.Ko’rsatish olmoshili ergashgan gaplar. Bosh gap tarkibidagi ko’rsatish 
olmoshima’nosini izohlash uchun qo’llangan ergash gaplar bosh gapga –yuklamasi 
yordamida bog’lanadi.Bu yuklama bosh gap kesimi tarkibida bo’ladi va ergash gap 
bosh gapdan vergul bilan ajratiladi.M-n: Shunday odamlar borki, ular bilan 
gaplashib bahra olasan. 
Ba’zan ko’rsatish olmoshi qo’llanmasligi ham mumkin, lekin uning o’rni bilinib 
turadi. M-n: Unutmangki, yolg’onchilik hech qachon foyda keltirmaydi (shuni 
unutmangki,…). 
Eslatma: -ki yuklamasi yordamida ergashgan qo’shma gaplarda oldin bosh gap, 
keyin ergash gap keladi. M-n: Xalqning xulosasi shuki, xudbin odam hech qachon 
elga qayishmaydi. 


133 
Ko’rsatish olmoshili qo’shma gaplarni sodda gaplarga aylantirish mumkin. M-n: 
Shunisi aniqki, hamma darsga kelgan. – Hamma darsga kelganligi aniq. 
5- topshiriq: Bosh gap tarkibidagi ko’rsatish olmoshini toping va ular qaysi gap 
bo’lagi bo’lib kelayotganligini aniqlang. 
1.Shunday odamlar borki, ular bilan gaplashib bahra olasan. 2.Shunga 
ishonchim komilki, qasd qilganlar, albatta, past bo’ladi. 3.Shuni angladimki, inson 
qobilyati cheksiz ekan. 4.Shunday ne’matlar borki, ularni pul birligida o’lchab 
bo’lmaydi. 5.Odam borki, odamlarning naqshidir, Odam borki, hayvon andin 
yaxshidir. 6.Esdan chiqarmaslik lozimki, aqlsizga so’z uqtirgandan ko’ra yelkada 
tosh tashish afzal. 7.Baxtim shu bo’ldiki, seni uchratdim. 8.Shunisi quvonarliki, 
sinfdagi o’quvchilarning hammasi bir-biri bilan juda ahil. 
6.Nisbiy so’zli ergashgan qo’shma gaplar. Ergash gap tarkibida qo’llanuvchi 
kim, nima, qancha, qanchalik, qanday kabi so’roq olmoshlariva bosh gap 
tarkibida unga javob bo’lib keluvchi shu, o’sha, shuncha, shunchalik, shunday 
kabi olmoshlar bir-biriga nisbatan qo’llanganligi, biri ikkinchisini talab qilganligi 
uchun nisbiy so’zlar hisoblanadi.Bunday gaplarda ergash gaining kesimi shart 
mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi.M-n: Kimning ko’ngli to’g’ri bo’lsa, 
uning o’zi ham to’g’ri bo’ladi. 
Nisbiy so’zli ergashgan qo’shma gaplarni ham sodda gaplarga aylantirish mumkin. 
M-n: Kim ko’p o’qisa, u ko’p biladi. – Ko’p o’qigan ko’p biladi.
6-topshiriq: Nisbiy so’zlarni toping va ularning gapdagi vazifasini aniqlang. 
1.Kim chaqqon va tez harakat qilsa, yutuq o’shaniki bo’ladi. 2.Sen birodaringni 
qanchalik yaxshi ko’rsang, Tangri ham seni shuncha yaxshi ko’radi. 3.Kim 
birovga choh qazisa, o’zi yiqiladi. 4.Qayerda ish to’g’ri yo’lga qo’yilgan bo’lsa, 
o’sha yerda rivojlanish bo’ladi. 5.Kimning aqli ko’p bo’lsa, ayblari yashirin va 
do’stlari ko’p bo’ladi. 6.Kimki shoshilmay, aql-u tadbir bilan ish tutsa, o’z 
maqsadlariga oson erishadi.7.Bu Vatanni jon bilan saqlashga, Cho’lpon, hozir o’l, 
Kimki qasd etsa anga, kiysin pushaymondin kafan! 
Ergash gapli qo’shma gaplarning turlari 
Ergash gapli qo’shma gaplarning quyidagi turlari bor: 
1.Kesim ergashgapli qo’shma gap. 
2.Ega ergash gapli qo’shma gap. 
3. Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap. 
4. To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap 
5.Hol ergash gapli qo’shma gap. 
1.Kesim ergash gapli qo’shma gap. Bosh gap tarkibidagi kesim vazifasida 
qo’llangan ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gapga kesim 
ergash gap deyiladi.Kesim ergash gapli qo’shma gapimiz ko’rsatish olmoshi yoki 
nisbiy so’zli bo’lishi mumkin. M-n:1.Baxtim shuki, hayotda o’z o’rnimni topdim 
(ko’rsatish olmoshili). 2. Kim g’olib chiqsa, yutuq o’shaniki (nisbiy so’zli) 
2.Ega ergash gapli qo’shma gap. Bosh gap tarkibida ega vaifasida qo’llangan 
ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlab kelguvchi ergash gapga ega ergash gap 
deyiladi. Ega ergash gapli qo’shma gapimiz ko’rsatish olmoshili yoki nisbiy so’zli 


134 
bo’lishi mumkin. M-n: 1.Shunisi aniqki, hamma baxtiyor (ko’rsatish olmoshili). 
2.Kim izlansa, u maqsadiga yetadi (nisbiy so’zli). 
3.Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap. Bosh gap tarkibidagi aniqlovchi 
vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash 
gapga aniqlovchi ergash gap deyiladi. Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gaplar 
ko’rsatish olmoshili yoki nisbiy so’zli bo’lishi mumkin.M-n:1. Shunday 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling