Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
ko’k yaylovlar ko’rinadi, goh qop-qorong’i dalalar ko’zga tashlanadi.(voqealar
galma-gal sodir bo’lmoqda). Mashina tuzatiladi yo yana yaxshirog’i olinadi (bittasi yuzaga chiqadi). Yo, yoki ayiruv bog’lovchilari yolg’iz holda ham, takror holda ham qo’llanishi mumkin. Qolgan ayiruv bog’lovchilari takror holda qo’llaniladi.Yozuvda takror holda qo’llanaytgan bog’lovchidan oldin vergul qo’yiladi. 3-topshiriq: To’rtta qo’shma gap tuzing. Ikkitasida ifodalangan voqea-hodisalar galma-gal ro’y bersin. Ikkitasida ifodalangan voqea-hodisalardan faqat bittasi ro’y bersin. 4.Inkor munosabatli bog’langan qo’shma gaplar. Bunday gaplar qismlari o’zaro na inkor yuklamasi orqali bog’lanadi va orasiga vergul qo’yiladi.M-n:Na suv bor, na biron yemish qolibdi. 4-topshiriq: Na… na bog’lovchisi qaysi gaplarda uyushiq bo’laklarni, qaysi gaplarda qo’shma gap qismlarini bog’lab kelayotganligini aniqlang. 1.Xuddi birov ko’kragimga ming pudli tosh bostirib qo’ygandek na qo’limni, na oyog’imni qimirlata olaman. 2.Na ko’nglimni to’ka olaman, na o’g’limni so’ka olaman. 3.Na baqirganingni birov eshitadi, na yordam deb chaqirganingni o’zing eshitasan. 4.Yalqov va besabr bo’lma, u senga na obro’, na baxt keltiradi. 5.Ilmsiz odam mevasiz yog’och kabidir:undan na o’ziga, na xalqiga foyda bor. 6.Na tug’ilib o’sgan yurtini, na qachonlardir uni yer-u ko’kka ishonmay ne orzu- umidlar ila katta qilgan ota-onasini, na rasadxona va na undagi do’stlari-yu xojasi Umar Xayyomni eslardi. 5.Bo’lsa, esa so’zlari yordamida bog’langan qo’shma gaplar.Bo’lsa, esa so’zlari bog’langan qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan birga ular o’rtasida qiyoslash va zidlash munosabati mavjudligini ifodalaydi. Bo’lsa, esa so’zlari qiyoslanuvchi bo’lakdan so’ng keladi. M-n: Egrilik insonni qabohatga yetaklaydi, to’g’rilik bo’lsa uni saodatga boshlaydi. Oy tunda kerak, aql esa kunda kerak. Kim yomon bo’lsa, jazo oladi. Mazkur gap bo’lsa, esa so’zlari yordamida bog’langan qo’shma gap hisblanmaydi. 5-topshiriq: Bo’lsa, esa so’zlari bog’lovchi vazifasida kelgan to’rtta gap yozing. __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ 131 Ergashgan qo’shma gaplar Qismlari ergashtiruvchi bog’lochilar yoki shunday bog’lovchi vazifasidagi so’zlar yordamida bag’langan qo’shma gaplar ergashgan qo’shma gaplar deyiladi. M-n: Chin do’st yurakdan so’zlar, chunki u sening yomon bo’lishingni also xohlamaydi.Ergashgan qo’shma gap tarkibi ikki qismdan tashkil topadi:1) bosh gap; 2) ergash gap Mazmuni izohlanayotgan gap bosh gap, bosh gap mazmunini izohlayotgan gap ergash gap hisoblanadi.Bosh gap va ergash gapni shartli ravishda quydagicha belgilab olish mumkin: bosh gap: ergashgap: Eslatma: Ergashgan gaplar tuzilishiga ko’ra so’z birikmasiga o’xshaydi. So’z birkmasi ham ikki qismdan iborat bo’ladi, ergash gap ham ikki qismdan iborat bo’ladi. 1-topshiriq: Qo’shma gap qismlarining qaysi bosh gap, qaysi ergash gap ekanligini aniqlang. 1.Agr arqondan qo’llari chiqib ketsa, to tuman tarqalguncha yo’l topolmay sarson bo’lib yuraveradilar. 2.Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlaymanki, mening kasb tanlashimga otamning do’mbirasi sababchi bo’lgan. 3.Topgan obro’ni Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling