Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet82/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

mantig’ining kuchini ko’rsatishga tirishardi.
3. Bosh kelishikdagi kishilik olmoshi izohlagan bo’laklardan oldin tire, keyin 
vergul qo’yiladi: U – Samadov O’tkir, muhandis.
Eslarma: Yozma nutqda Otam – Botirov Davron, … kabi hollarda ham ajratilgan 
bo’lakning oldiga tire, keyin vergul qo’yiladi.
4. Ajratilgan bo’lak kengayib, uyushib gap oxirida kelsa, undan oldin tire 
qo’yiladi: Paxtakor o’zbekman – zabardast, mag’rur.  Bu o’zbek yigiti – tanti, 
mehribon.
1- topshiriq:Berilgan gaplardagi tushirilgan tinish belgilarini qo’ying. Qaysi gap 
bo’lagi ajratilayotganligini chizmada ko’rsating.
1.Bu qahramonlar ezgulik izlovchilar, ezgulik istovchilar, sog’inuvchilar, zulm 
yoki beshafqatlik qarshisida bo’yin egmovchilr bularning barcha-barchasi 
yozuvchi yuragida tug’ilgandir. 2.Ko’pchilik adiblarga xos odat yomon odamni 
bulg’ab tashlash O’lmas aka uchun yot narsa. 3.O’lmas akaning Qo’qon 
sahnasida qo’yilgan birinchi sahna asarlari “Sud”, “Yoz yomg’iri”qissalari 
zamonaviy detektiv tarzida yozilgan asarlarning dastlabkilaridan biri edi. 
4.Shulardan biri O’lmas aka 1934-yilda ulug’ shoir, alloma, siyosiy arbob, 
diplomat, o’zbek teatrining asoschisi Abdulla Avloniy vafot etgan yili tug’ilgan. 


123 
5.Keksalar dunyoni tashlab ketishga tayyorlanayotgan odamlar avlodlariga 
nimalarni qoldirishyapti? 6.O’lmas akaning ijodlariga xos yana bir narsa nomus, 
hayo, iffat masalalari turli obrazlarda turlicha yechiladi.
Ajratilgan bo’laklar gapdagi qaysi bo’lakka oid ekanligiga ko’ra quyidagi 
turlarga bo’linadi:
1. Ajratilgan hollar o’zidan oldin kelgan holning ma’nosiga aniqlik kiritadi, 
izohlaydi. Ajratilgan bo’lak vazifasida ko’pincha, o’rin, payt hollari keladi:
Chindan ham bomba ancha orqaga, o’rmonzorga,borib tushadi.
2. Ajratilgan to’ldiruvchi  o’zidan oldin kelgan to’ldiruvchining ma’nosini 
izohlaydi, unga aniqlik kiritadi. Gapda vositali va vositasiz to’ldiruvchi ham 
ajratilishi ham mumkin: Men bor joyda senga, chaqimchi bir insonga, nima bor.
Eslatma: To’ldiruvchlar tashqari, boshqa, o’rniga, bilan birga, bir qatorda 
kabi so’zli birikmalar bilan ifodalanganda ajratiladi: Maktabimizda tikish 
to’garagidan tashqari, musiqa to’garagi ham bor.
3. Ajratilgan aniqlovchilar shaxs yoki narsaning belgisini, kimga yoki nimaga 
qarashliligini ta’kidlab, ayirib ko’rsatish uchun qo’llaniladi. Ular ikki xil bo’ladi:
a)ajratilgan qaratqich aniqlovchi o’zidan oldingi qaratqich aniqlovchini 
izohlaydi: Ularning, barcha texnik xodimlarning, maqsadlari aniq.
b) ajratilgan sifatlovchi aniqlovchi  predmetning belgisini bo’rttirib ko’rsatish 
maqsadida ajratiladi. Bular, asosan, sifatlovchini sifatlanmishdan keyin keltirish 
yo’li bilan hosil bo’ladi: Qizlar – go’zal, xushro’y – soy yoqasida 
chaxchaxlashardi.
Eslatma: Ba’zi darsliklarda ajratilgan sifatlovchi aniqlovchi ters-sifatlovchi 
aniqlovchi  deb berilgan. She’riy nutq uchun ters-sifatlovchi aniqlovchi me’yoriy 
holat hisoblanadi:
Bulutchalar –oppoq va yengil-
Pag’a-pag’a suzar osmonda.
4. Ajratilgan izohlovchilar,asosan, izohlanmishdan keyin keladi. Ular ko’pincha 
egaga taalluqli bo’ladi: Hasan aka, fizika o’qituvchisi, kirib keldi.
Eslatma: Darsliklarda ajratilgan izohlovchilar bilan ajratilgan egalar teng holatda 
ishlatiladi: Ular, o’quvchilar, Vatan ravnaqi uchun harakat qiladilar.
5. Ajratilgan kesim: U uyda ko’p ish qildi – supurdi, kir yuvdi, tozaladi.
2-topshiriq: Qaysi gap bo’lagi ajrayotganligini chizmada aniqlang. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling