Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
Oppoq soqoli bilan farzandlarini ham, nevaralarini ham, qo’shni o’g’il qizlarni
ham – xullas, barchani sizlab gapirardi. Agar umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo’laklardan oldin kelsa va undan keyin kiritma qatnashsa, kiritmadan oldin vergul, keyin ikki nuqta ishlatiladi: Yurtimizdagi ko’plab pedaggika institutlari, masalan: Jizzax, Namangan va Guliston institutlari-universitetlarga aylantirildi. Umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo’laklardan keyin kelsa, umumlashtiruvchi so’zdan oldin tire qo’yiladi: Yog’liq qo’y go’shti yaxnasi, qaymoq, non, qora mayiz – hammasi dasturxonda qol tegizilmay turadi. 3-topshiriq: Gaplarda ishtirok etgan uyushiq bo’laklar va umumlashtiruvchi so’zlar orasiga zarur tinish belgilarini qo’ying. Ular qaysi gap bo’lagi ekanligini aniqlang. 1.Najot ikki narsada taqvo bilan niyatdadir. Halokat ham ikki narsada umidsizlik va mag’rurlanishda. 2.Har narsada uch asosga haqiqiy, halol va nafli narsalarga e’tibor berish kerak. 3.Ish bizni uch xil illatdan zerikish qusur va muhtojlikdan xalos etadi. 4.Kelajak bundan buyon ikki xil toifa kishilar aqliy va jismoniy mehnat kishisi qo’lidadir. 5.Insonni butun borliq odamlar, buyum, narsalar, voqea-hodisalar,ammo, eng avvalo va aksar hollarda odamlar tarbiyalaydi. Bular orasida ota-onalar va o’qituvchilar birinchi o’rinda turadi. 6.Insonda hamma narsa yuz ham, kiyim ham, qalb ham, fikr ham go’zal bo’lishi lozim. 4 -topshiriq: Gaplarda ishtirok etgan uyushiq bo’laklar va umumlashtiruvchi so’zlar orasiga zarur tinish belgilarini qo’ying. Ular qaysi gap bo’lagi ekanligini aniqlang. 1.Bu xabarni eshitishi bilan Otabekda ko’riladigan o’zgarishlarni hollarni harakatlarni barchasini birma-bir ko’nglidan kechirar edi. 2.Otabekdagi sukut xayol fikr kabi holatlarni yulib yulqib olib, ular o’rniga chechak donlari ekib, umid 122 suvlari sepmakchi edi. 3.Ammo bu o’zgarishlar uning husnini latofatini bir zarra ham kamitmay, balki o’n qayta oshirg’an edilar. 4.Zol juda nafis ishlangan edi:oltin qandildagi ellilab shamlarning nuri bilan munaqqash devorlarning oltin kumush ko’k-qizil oq-pushti sariq-qora gullari yulduzlardek yashnab, uyga bir xayoliylik berar edi. 5.Majlisning shoirlari o’yinchilari childirma va dutorchilari barchasi ham hozir bo’lib, faqat Kumushbibigina hammomdan qaytmagan edi. Ajratilgan bo’lakli gaplar O’zidan oldingi gap bo’lagini izohlagan bo’lak ajratilgan bo’lak deyiladi. Gap bo’laklarini ajratish orqali murakkab fikr sodda, ixcham va ta’sirli ifodalanadi. Gapning ajratilgan bo’laklari o’zlari aloqada bo’lgan bo’laklarning ma’nosini izohlab, bo’rttirib, aniqlashtirib yoki ta’kidlab keladi.Ular boshqa bo’laklardan maxsus to’xtam bilan ajralib, gap (mantiqiy) urg’usini oladi. M-n: Soraxon shuncha kundan beri yetolmagan niyatiga – Roziyani avvalgiday g’zal, shod ko’rish niyatiga – Sattor bir lahzada yetdi. Ajratilgan bo’laklar ishtirok etgan gaplar mazmunan murakkablashadi. Ajratilgan bo’lak doimo o’zi izohlayotgan bo’lakdan keyin keladi: Tursunali akaga, shunday katta olimga, kuyov bo’lish hazil gap emas.Ajratilgan bo’laklar 2 xil tarzda keladi: a)bir bo’lak holida: Bog’chdagi do’stimni- Qodirni ko’rib qoldim. b) birikmali bo’lak holida: Haligina, siz kelmasdan sal oldin, joy-joylariga ketishdi. Ajratilgan bo’laklarda tinish belgilarining ishlatilishi 1. Ajratilgan bo’laklar ikki tomondan vergul (,) bilan ajratiladi: Sizga, o’rta bo’yli qizga, atlas juda yarashibdi. 2. Ajratilgan bo’laklarning o’z ichida verguli bo’lsa, bunday bo’laklar har ikki tomondan tire (-) bilan ajratiladi: Ulardan biri – sersoqol, rangpar va orig’i – o’z Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling