Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
akademik (izohlovchi) Habib Abdullayev(izohlanmish)
Izohlovchi va izohlanmish bitishuv yo’li bilan birikib, izohlovchili birikma hisoblanadi. Bunda har ikki bo’lak, asosan, ot bilan ifodalanadi. Izohlovchi izhlanmishga tobelanmasligi bilan aniqlovchining boshqa turlaridan farq qiladi. Izohlovchilar quyidagi ma’nolarni bildiradi: 1. Unvonni: kapitan Mansurov 2. Amalni: direktor Xoliqov 3. Mashg’ulot, kasb, mutaxasislikni:oshpaz Shukur 4. jinsi: o’g’il bola 5. Qarindoshlikni: Po’lat tog’a 6. Laqabni: Juman pismiq 7. Taxallusni: Alisher Navoiy 108 8. O’xshashlikni: ona – Vatan; Sahnaga gul ko’targan gulchalar-qizchalar chiqdilar. Bunda izohlovchi va izohlanmishning orasiga chiziqcha qo’yiladi. Daraxtlarning xivich sochini yaproq-ro’molchalar o’ragandir. Izohlovchili birikmalarda izohlovchi va izohlanmish o’rnini almashtirish ma’noga ham so’z birikmasidagi so’zlararo munosabatlarga ham ta’sir etmaydi.Ayol hamshira birikmasida ayol izohlovchi, hamshira izohlanmish bo’lsa, hamshira ayol birikmasida, aksincha, hamshira izohlovchi, ayol izohlanmish. Izohlovchilarning sifatlovchi aniqlovchilarda farqi: 1.Sifatlovchi sifatlanmishning belgisini bildiradi, sifatlovchi, asosan, sifat bilan ifodalanadi: qizil gul. Izohlovchi esa ot bilan ifodalanib, uni qayta nomlash uchun ishlatiladi: professor G’ozi Olim Yunusov. 2.Sifatlovchi gapda o’zicha alohida so’roqqa javob bo’ladi va mustaqil gap bo’lagi vazifasida keladi. Izohlavchi va izohlanmish bitta so’roqqa javob bo’ladi va gapda bitta bo’lak vazifasini bajaradi. Yaxshi inson farosatli bo’lishi kerak. Shoira Zulfiyaning she’rlari o’qildi. 3.Sifatlovchining gapdagi o’rni qat’iy, ya’ni sifatlanmishdan oldin keladi. izohlovchi esa izohlanmishdan oldin ham, keyin ham kelishi mumkin: mayin(aniqlovchi) shabada (aniqlanmish); usta Olim – Olim usta Eslatma: Izohlovchi taxallus va o’xshatish ma’nolarini bildirganda, izohlovchi va izohlanmish o’rtasiga tire qo’yiladi: Erk kuychisi – Abdulhamid Cho’lpon she’rlarini sevib o’qiyman. 1-topshiriq: Gaplar tarkibidan aniqlovchilarni toping va ular qaysi gap bo’lagiga tobelanganligini aniqlang. 1.Hunari va odobi bo’lmagan kishidan baxt va davlat ketadi. 2Hunar bilan davlat birikishi barcha nodir narsalardan ham qimmatliroqdir. 3.Kasb ayla nishot mehnat oyinlik aro, kum ishrat umidi keldi g’amginlik aro. 4.Tikansiz gul, sadafsiz dur, mashaqqatsiz hunar bo’lmas. 5. Kissayi purzar emish elga hunar, behunar elni derlar rishi xar. 6.Qaysi ilm va hunar kishining aqliga, ruhiga tarbiya berar ekan, unday ilm va hunar o’z egasini har doim qo’llab-quvvatlaydi. 2-topshiriq: Aniqlovchilarning turlarini va qaysi so’z turkumi bilan ifogalanganligini aniqlang. 1.Nodonlardek otangning kimligini pesh qilma, o’zingga sen hunardin o’zgani ota bilma. 2.Kamol ahli aro, albatta, topg’ay izzati oily, har qaysi kasbida har kimsakim qildi hunar ixlos. 3.Har bir hunarg’a bordur mushkul base mashaqqat, beranj muft davlat bor elga nogahonda. 4.Hojatmand kishini noumid qaytarma. 5.Agar yerga topshirsang bir arpa dona, o’rim payti berar bir yuz dona. 6.Rayimbek dodxoh qilich yalanglab, sipohlar oldida olomonga qarab yugurdi. Biroq uning bu g’ayrati o’zi uchun halokat bilan natijalanib, Usta Mo’minjon ismlik bir miltiq ustasining otgan o’qi bilan ko’kragidan yaralanib yiqildi. To’ldiruvchi. Gapning biror bo’lagiga boshqaruv yo’li bilan bog’lanib,uni to’ldirib kelgan ikkinchi darajali bo’lak to’ldiruvchi deyiladi: Men unga qaradim. To’ldiruvchilar ko’pincha kesimga bog’lanadi: U eshikni sekin yopdi. To’ldiruvchi ikki xil bo’ladi: 1. Vositasiz to’ldiruvchi 109 2. Vositali to’ldiruvchi Vositasiz to’ldiruvchi. Odatda kesimda anglashilgan harakatni to’g’ridan to’g’ri o’z ustida olgan predmet yo kimsani bildiruvchi va kimni?, nimani?, qayerni? so’roqlariga javob bo’luvchi so’z vositasiz to’ldiruvchi sanaladi. Vositasiz to’ldiruvchilar belgili va belgisiz tshum kelishigi shakllari bilan ifodalanadi va har doim o’timli fe’lga bog’lanadi: Shoirlari she’rin yozadi. Vositasiz to’ldiruvchi quyidagicha ifodalanadi: 1)ot bilan: Mezbonlar mehmonni ko’rib quvonib ketishdi. 2)olmosh bilan: Hammani o’ynatish shart. 3)harakat nomi bilan:Yozishni yomon ko’raman. 4)ibora bilan: Qo’shnimizning tarvuzi qo’ltig’idan tushganini eshitdim. 5)ajralmas birkma bilan: Bola bir guruh jangchilarni botqoqlikdan o’tkazib Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling