Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
bulutlar bahorning ko’rkidir.
Sifatlovchi aniqlovchi bog’langan bo’lak sifatlanmish deyiladi. Sifatlovchi bilan sifatlanmish bitishuv orqali birikadi: Kerakli(sifatlovchi) toshning(sifatlanmish) og’irligi yo’q. Sifatlovchi aniqlovchida sifatlanmish egalik qo’shimchalarini talab etmaydi. Sifatlovchi aniqlovchilar quyidagicha ifodalanadi: a) sifat bilan: Oyim shirin ovqat pishirdi. b) son bilan: Ukam yettita kitob olgan. c) olmosh bilan: Har bir bola onasidan ayrilsa, o’kinib yig’laydi. d) ot bilan: Sarkardalar po’lat qilich ishlatishgan. e) sifatdosh bilan: Qo’rqqan odamga qo’sh ko’rinadi. f) ravish bilan: Uzoq-yaqin yerlardan bolalar yig’ila boshladi. g) modal so’z bilan: Zarur ishlarimizni bitirdik. h) taqlid so’z bilan: Qo’shni xonadan tars-turs ovoz eshitildi. i) ibora bilan: Kapalagi uchib ketgan hamkasbim derazadan jimgina qarardi. j) kengaygan birikma bilan: Dadam olib kelgan mevalar dasturxonga qo’yildi. Eslatma: Kengaygan birikmali aniqlovchilar (ajralmas birikma) yoyiq (murakkab) sifatlovchi aniqlovchi deyiladi. Qaratqich aniqlovchi. Gapning biror shaxs yoki narsa-buyumga qarashliligini, xosligini bildirganbo’lak qaratqich aniqlovchi deyiladi. Ular kimning?, nimaning?, qayerning? so’roqlariga javob bo’ladi. M-n: Odamning qo’li cho’li bo’ston iladi. Qaratqich aniqlovchi tobelangan so’z qaralmish deyiladi. Qaratqich va qaralmish moslashuv yo’lida birikadi va shaxs-sonda moslashgan bo’ladi.Qaratqichli aniqlovchilar qaralmish bilan bg’langanda quyidagicha bo’ladi: 1. Qaqaratqich va qaralmish belgili keladi: olmaning guli 2. Qaratqich belgsiz, qaralmish belgili: maktab hovlisi 3. Qaratqich va qaralmish belgisiz: gilos shatbat 4. Qaratqich belgili, qaralmish belgisiz: bizning uy Eslatma: Yuqoridagi bog’lanishlar o’rtasida ma’lum mazmuniy va uslubiy farqlanish bor: 107 1)daftarning varag’i 2)daftar varag’i 3) bizning daftar 4)daftar varaq Birinchi bog’lanish bilan ikkinchi bog’lanish o’rtasida aniqlik-noaniqlik (xususiy- umumiy) ma’osi bor yoki yo’qligiga ko’ra farqlanish mavjud. Uchinchi bog’lanish ko’proq qaratqich I shaxs ko’plikdagi olmoshlar bilan ifodalanganda ishlatiladi. To’rtinchi bog’lanish esa birinchi va ikkinchidan ko’proq so’zlashuv uslubiga xosligi bilan farqlanadi. Qaratqich aniqlovchilar quyidagicha ifodalanadi: a) ot bilan: Tog’ning lolasi juda chiroyli-da. b) olmosh bilan: Sizning hotirjamligingiz hammasidan muhim. c) harakat nomi bilan: Tomoshaga borishning iloji yo’q. d) ibora bilan: Og’zi bo’shning ichida gap yotmas. Otlashganda: a)son bilan: O’nning yarmi – besh. b)sifatdosh bilan: Maqtanganning uyini ko’r. d)ravish bilan: Ko’pning oshi shirin bo’ladi. e)taqlid so’z bilan: Musichalar g’uv-g’uvining ovozi shu yergacha yetib kelardi. f)sifat bilan: Yaxshining yaxshiligi har joyda tegadi. j)undov so’z: Salomning aligi bor. Ba’zan qaratqich qo’llanmay, qaralmishning o’zi ishlatiladi. Bunda qaralmishdan qaratqich bilinib turadi. M-n: Maktabimiz katta. Qaratqich aniqlovchilarda doimo qaratqich kelishigi tushib qolavermaydi. Qaratqich va qaralmish o’rtasida so’z ishtirok etganida, u belgili shaklda qo’llaniladi: insonning yuksak orzusi. Shuningdek, qaratqich kelishigi atoqli otlar, olmoshlar va sifatdoshlarga qo’shilganda tushib qolmaydi.M-n: Bahoraning kitobi, hammaning fikri. Qaratqich kelishiga she’riyatda qisqargan shaklda kelishi mumkin: O’zbekiston Vatanim manim. Yer kurrasin bshin bog’ladik. Izohlovchi aniqlovchi. Izohlovchi aniqlovchining bir turi bo’lib, u shaxs yoki narsani boshqacha nom bilan aniqlaydi, ya’ni izohlovchi ot boshqa bir otni izohlaydi: Rahim ustoz. Izohlovchi izohlagan ot izohlanmish deyiladi. Izohlanmish shaxsning millati, kasb-kori, nasl-nasabi, unvoni, laqabi, yoshi, qarindoshligi, jinsi va boshqa qo’shimcha belgilarini tavsiflovchi bo’lak izohlovchi deyiladi.M: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling