Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
quyosh chiqadi. Bu gapni eshitib yigit cholga bir qarab qo’ydi. Bir – son, ba’zan
– ravish, ham – yuklama, dam – ot. Bog’lovchilar 2 xil bo’ladi: 1. Sof bog’lovchilar. 2Vavifadosh bog’lovchilar. Sof bog’lovchilar: va, ammo, lekin, biroq, hamda. Vazifadosh bog’lovchilar:bilan (ko’makchi), ham, na…, na…; -u, -yu, - da(yuklama), balki (modal so’z). M: Akam bilan ukam kinoga borishdi. (bog’lovchi) Akam ukam bilan kinoga bordi. (ko’makchi). 1- topshiriq: Bilan bog’lovchi bo’lib kelgan o’rinlarni aniqlang va o’sha gaplarning tagiga chizing. 1.Millat tushunchasi hamisha Vatan bilan yonma-yondir, misoli jism-u jondir. 2.Endi buva bilan yong’oq tepasida o’tirgan nevara teng odamday gaplashishadi. 3.Odam odam bilan tirik. 4.Yer bilan suv egizak, bir-birisiz yashay olmaydi. 5.Eshon bilan Kifoyatxon qulay bir joyni topib, bularni kuzatishardi. 6. Jiyda esa bahor paytlari butun shaharni o’zining hidi bilan to’ldirardi. 2- topshiriq: Balki so’zi bog’lovchi vazifasida kelgan gaplarning tagiga chizing. 1.Bo’rondan so’ng Olimjon brigadasidagi ishlar ozaymadi, balki yana ko’paydi. 2.Xalqni qo’rqitgan emas, balki xalq dardiga sherik bo’lgan odam marddir. 3.Sobir nafaqat o’qishda, balki sportda ham eng faol o’quvchi. 4.Ertalab o’ziga isitib berish uchun, balki, shunaqa deyayotgandir. 5.Inson go’zalligi bilan emas, balki mehnati bilan kamol topadi. Bog’lovchilar ma’no va vazifasiga ko’ra 2 xil bo’ladi: 1. Teng bog’lovchilar. 2. Ergashtiruvchi bog’lovchilar. Teng bog’lovchilar uyushiq bo’laklarni vat eng huquqli bo’lgan sodda gaplarni bir-biriga bog’lash uchun ishlatiladi. Teng bog’lovchilar 4 xil bo’ladi: 1. Biriktiruv. 2. Zidlov. 3. Ayiruv. 4. Inkor. I. Biriktiruv bog’lovchilari: va, hamda, bilan, -u, -yu, -da, ham. Va , hamda sof bog’lovchilardir. Bilan ko’makchi- bog’lovchsi uyushiq bo’laklarni bog’laganda 87 bog’lovchi, o’zaro tobe bog’lanuvchi so’zlarni bog’lasa ko’makchi bo’ladi. M: Gul bilan lola; qalam bilan yozdi. –u, -yu, -da yuklama-bog’lovchilari qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog’lasa, undan keyin vergul qo’yiladi.Bu yuklama-bog’lovchilar chiziqcha bilan yoziladi.M: Eshik ochildi-da, Bahora kirib keldi. 3- topshiriq: Berilgan gaplarda –u, -yu,-da yordamchilarining qaysi o’rinda bog’lovchi, qaysi o’rinda yuklama vazifasida kelganini aniqlang. 1.Nosir oxun eski bo’lsa-da, ozoda libosda edi. 2.Majlis ertaga qoldirilmaydi- yu. 3.Namiqqan shuvoqlar oldin tutab yaxshi yonmasa ham, keyinroq chars-churs uchqun sochdi-da, axiyri gurullab ketdi. 4. Biladilar-da bu kishi. Yovlar bilan olishgan-a? 5.Hozir kelaman dedim-u, loy kechib uyga yugurdim. 6.Choy qaynatib ichishni-da unutdi. 7.Birov kirdi-da, chiqib ketdi. Eslatma: Bilan bog’lovchisi oddiy so’zlashuv uslubida ko’proq ishlatiladi. Va, ham, hamda bog’lovchilari yozma nutq uslubi uchun xoslangan. Ham bog’lovchisi uyushiq bo’laklardan oldin keladi. Agar uyushiq bo’laklardan keyin kelsa,yuklama hisoblanadi va uyushiq bo’laklarni ajratish uchun qo’llaniladi.M: Gavhar kitobni ham, daftarni ham sumkasiga soldi.(yuklama). Gavhar ham kitobni,ham daftarni sumkasiga soldi.(bog’lovchi). Bu yuklamada tovush o’zgarish hodisasi bor. Ba’zan h tovushi tushib qolishi, ba’zan h y ga almashishi mumkin. M: Kinoga menam boraman. Uyam boradi. II. Zidlov bog’lovchilari: ammo, lekin, biroq, balki, holbuki, -u, -yu, -da. Bu bog’lovchilar o’zaro zid munosabatdagi sodda gaplarni bog’laydi va yovzuvda ulardan oldin vergul qo’yiladi. M: Osmon bulut, lekin yomg’ir yog’madi. III. Ayiruv bog’lovchilari: yo, yoki, yoxud, yoingki, goh…, goh…; xoh…, xoh…; dam…, dam…; bir…, bir…; ba’zan…, ba’zan…; yo…, yo…; yoki…, yoki… M: Ba’zan ustoz garirardi, ba’zan o’quvchilar. Ayiruv bog’lovchilari bog’lagan qo’shma gaplar quyidagi ma’nolarni bildiradi: 1. Voqealar ketma-ketlikda sodir bo’ladi: Dam quyosh chiqadi, dam yomg’ir Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling