Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
Eslatma: Lug’atlarda fe’llar harakat nomi shaklida bo’ladi: olmoq, yozmoq.
Harakat nomi shaklida tovush almashinish hodisasi uchraydi.a yoki i unlisi bilan tugagan fe’llarga –v qo’shimchasi qo’shilsa, a unlisi o ga, i unlisi u ga aylanadi M: o’qi+v=o’quv, ishla+v=ishlov. Harakat nomining bo’lishsiz shakli –maslik qo’shimchasidir. M: o’qish – o’qimaslik, yozmoq – yozmaslik, aytuv – aytmaslik. Harakat nomi otlar kabi egalik, keishik, ko’plik qo’shimchalarini oladi va gapda ular bajaradigan gap bo’laklari vazifasida keladi. M: Chiroyli yozishni o’rgan. Yozuving yomon emas. Eslatma: –sh, -ish qo’shimchasi omonim qo’shimcha hisblanadi.Bu qo’shimchani yuqorida birgalik nisbat shaklida ham uchratgan edik. Agar –sh, -ish qo’shimchasidan keyin egalik, kelishik, ko’plik qo’shimchalari kelsa, demak, bu so’z harakat nomi bo’ladi. Agar –sh, -ish qo’shimchasidan keyin zamon, shaxs-son qo’shimchalari kelsa, birgalik nisbati bo’ladi. M: O’qishim hammani qoyil qoldirdi. Bolalar tez va ravon o’qishdi. 3. Sifatdosh fe’lning sifatga xoslangan shaklidir.Sifatdoshlar ham sifat kabi predmetning belgisini bildiradi.Ammo sifatdoshlarning asosi fe’l bo’ladi. M: chiroyli (sifat) qiz, yuvilgan (sifatdosh) ko’ylak. Sifatdoshning bo’lishsizlik shakli –ma qo’shimchasi yordamida yasaladi.M: ilimagan suv, kelmayotgan taksi. –r, - ar qo’shimchasi bilan hosil qilingan sifatdoshga –mas qo’shimchasi qo’shiladi: M: kelar-kelmas. Sifatdoshlarga zamon, bo’lishsizlik, nisbat qo’shimchalari qo’shila oladi. Sifatdoshlarning zamon shakllari. a)o’tgan zamon shakli –gan, -kan, -qan: aytgan qiz, tikkan ko’ylak, chiqqan yara. Eslatma: Sifatdosh eski o’zbek tilida –duk, -duq qo’shimchalari orqali hosil qilingan. b) hozirgi zamon shakli –(a)yotgan qo’shimchasi orqali hosil qilinadi.M: qo’shiq aytayotgan qiz d) kelasi zamon sifatdoshining qo’shimchalari –r, -ar, -ydigan, -adigan, -ajak, - yajak, -gusi, -g’usi. M: oqar suv, o’qiydigan bola, kelgusi yil, bo’lg’usi shoir. Sifatdoshlarning otlashishi. Ba’zan gapda sifatdosh bog’langan ot tushib qoladi va sifatdosh otlashadi. Sifatdosh otlashganda egalik, kelishik, ko’plik qo’shimchalarini oladi. M: Aytgan (ish)laringni bajardik. O’qigan (odam) ning yo’li ravon. 78 4.Ravishdosh fe’lning ravishga xoslangan shaklidir. M: U shoshilib keldi. Ravishdoshlar bir fe’lni ikkinchi fe’lga bog’lashga xizmat qiladi. Gapda asosan hol vazifasida keladi. M: Qiz bu xabardan shodlanib kuldi. Ravishdosh harakatning belgisini bildiradi va shu xususiyati bilan ravishga o’xshaydi. Lekin ravishdoshning asosi fe’l bo’ladi. M: ko’p(ravish) gapirdi, shoshilib(ravishdosh) gapirdi . Ravishdoshlarning ma’no turlari: 1) holat ravishdoshlari: a) –b, -ib: hidlab, kulib; b) –a, -y: yig’lay-yig’lay aytdi, ayta-ayta charchadi. –b, -ib, -a, -y ravishdoshining bo’lishsiz shakli –mayin (she’riyatda), -may, - masdan qo’shimchalari orqali hosil qilinadi. M: Do’stim uyga bormay(ib) qaytdi.Bu ravishdosh shakli tuslanadi. –b, -ib qo’shimchali ravishdosh mumtoz adabiyotda –bon, -ibon tarzida uchraydi: Kecha kelgumdur debon… d)-gancha (-kancha, -qancha): tikilgancha o’tirdi. Bu ravishdosh shakli tuslanmaydi. e) –gudek: yig’lagudek gapirdi. Bu ravishdosh shakli tuslanadi. 2)payt ravishdoshlari: a) –gach (-kach, -qach): bemorni ko’rgach boraman, shifoxonadan chiqqach sotib olaman, ko’ylakni tikkach beraman. b)-guncha, (-kuncha, -quncha): qorayguncha, ekkuncha, chiqquncha; e)-b, -ib (bu qo’shimcha ba’zan payt ma’nosini bildiradi): o’qishni bitirib Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling