Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
faqir, qulingiz, bandayi ojizingiz, kishi, banda kabi ot olmoshlar ishlatilishi
mumkin. Bu holatda ko’tarinkilik, tantanavorlik, kamtarlik kabi ma’nolar ifodalanadi. M: Kamina so’zingizni also ikki qilmaydi.(kesimi III shaxsda). Kamina hoziroq Toshkentga otlanurmen.(kesimi I shaxsda) Kishilik olmoshlarining uslubiyati: 64 1.Men, sen kabi kishilik olmoshlari vazifasini gap kesimi tarkibidagi shaxs-son shakli anglatib turgani uchun so’zlashuvda (ta’kid ma’nosi bo’lmay) bu olmoshlarni qo’llash unchalik o’rinli emas. 2.Biz olmoshining o’z-o’zini ta’kidlamaslik, manmanlik kabi uslubiy xususiyatlarini anglab, to’g’ri qo’llash so’zlovchi madaniyatidan darak beradi. Misol:Bu ishni men qildim.-Bu ishni biz qildik.Siz bizni kim deb o’ylayapsiz? 3.Siz olmoshini qo’llash, yozuvda gap orasida uni bosh harf bilan yozish ham suhbatdoshga hurmat ma’nosini ifodalash uchun xizmat qiladi:Hazrat, Sizga ixlosim baland. 4.Kishining ismini aytmay, ba’zan ular,o’z(lar)i kabi olmoshlarni qo’llaymiz. Misol:Ular (dadam)keldilarmi? O’zi(Alloh)biladi. Badiiy uslubda, ayniqsa ,badiiy matnlarda kishilik olmoshlarining ortiqcha qo’llanishi matn uslubiyatiga ta’sir qiladi,saviyasini tushuradi. II. Ko’rsatish olmoshlari. Oldingi gap, gapdagi biron bir so’z, so’z birikmasi o’rnida qo’llanib, unga ishora qiluvchi yoki biron so’zni aniqlab keluvchi olmoshlarga ko’rsatish olmoshlari deyiladi: u, shu, bu, o’sha anavi, ana, mana, ushbu, anavi Eslatma: -day, -dek, -cha, -aqa qo’shimchalari qo’shilganda hosil bo’ladigan olmoshlar ham ko’rsatish olmoshlaridir. Bunda asos bilan qo’shimcha o’rtasida bitta n orttiriladi. M: shunday, bundek, uncha, shunaqa. So’z ma’nosini aniqlab kelayotgan olmoshlar o’zi aniqlayotgan so’zdan oldin qo’llanadi. M: Bu cholni butun yurt hurmat qiladi. Ko’rsatish olmoshi kelishik qo’shimchalarini ham, egalik qo’shimchalaini ham olishi mumkin.Bunda tovush orttirilishi kuzatiladi. M: unga, shundan, buni, shunisi, o’shanisi. Faqat ko’rsatish olmoshi tuzilishiga ko’ra 4 xil bo’ladi: 1. Sodda: u, bu, shu, o’sha, mana. 2. Qo’shma: mana shu, ana u. 3. Juft: u-bu, ana-mana. 4. Takroriy: shu-shu, o’sha-o’sha. Ko’rsatish olmoshlari o’z ma’nolari bilan turli qo’shimcha uslubiy vazifalar (ta’kidlash, izohlash, ajratish) bajaradi: Namangan – bu gullar shahri. Badiiy uslubda ko’rsatish olmoshi o’rnida bir yoki bir xil so’zlaridan foydalaniladi: Bir (shunday) o’lka bor, dunyoda biroq.Bir xil (shunday) onalar o’z farzandini o’zi jinoyatga boshlaydi, afsus. Eslatma:Mana bu va ana bu olmoshlari ba’zan og’zaki nutqda manovi, anovi tarzida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. III. So’roq olmoshlari. Tilimizdagi barcha so’roq so’zlar so’roq olmoshlari hisoblanadi. M: kim, nima, qani, qayerda, qachon, nechta… So’roq olmoshlarining ba’zilari kelishik va egalik qo’shimchalarini olishi mumkin: nimani, kiming, qanchasi, qaysiga. Ba’zilari olmaydi: nega, qani, nechun. Eslatma: Qalay, qani olmoshlari kirish so’z bo’lib kelishi mumkin: Qalay, ziyofat yoqdimi? Gap tarkibida so’roq olmoshlari boshqa so’zlarga nisbatan kuchliroq ohang bilan aytiladi. So’roq olmoshlari qatnashgan gaplar ko’pincha so’roq gaplar 65 hisoblanadi. M: Viloyat kutubxonasi qayerda joylashgan? Ammo har doim ham so’roq gap bo’lavermaydi. M: Nima eksang, shuni o’rasan. IV. O’zlik olmoshi. Kishilik olmoshlari o’rnida qo’llanib, ko’pincha shaxsni, ba’zan predmetni ko’rsatuvchi o’z so’zi o’zlik olmoshi deyiladi. M: O’zim hamma Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling