Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
qo’shimchali fe’l).
3. Abbreviatsiya usulida qisqartma otlar yasaladi. Qisqartma otlarning orasiga nuqta qo’yilmaydi, bo’g’in ko’chirilmaydi. Ular quyidagicha hosil qilinadi: a)so’zlarning 1-harfidan: DAN, DTM, BMT; b) 1-so’zning 1-bo’g’ini va boshqa so’zlarning 1-harfini olish bilan: O’zMU, SamDU, O’zDJTU; d)so’zlarning bosh qismidan: ijroqo’m, matfak; e) aralash yo’l bilan: O’zLiDeP. Agar qisqartmalarga qo’shimcha qo’shilsa, ular qo’shib yoziladi:JDPIda, NATOga. Lekin yonma-yon kelgan qisqartmalar ajratib yoziladi: XDP MK (O’zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi). Eslatma: Akademik litsey darsligida qisqartma so’zlar yasama so’zlarga kiritilmaydi. Chunki so’zni qisqartirish faqat so’zning shakliga oid bo’lib, ma’noga 54 ta’sir etmaydi.Qisqartma so’zlar murakkab nomning qisqartirilgan ko’rinishidir. So’z turkumlariga hech qanday yasovchi qo’shimcha qo’shilmasdan ham bir turkumdan boshqa bir turkumga o’tib qolishi mumkin: temir(ot) qoshiq, kumush(ot) qish, cho’yan(ot) pechka. SIFAT Shaxs va narsa-buyumning belgi-xususiyatini bildirib qanday? qanaqa? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar sifat deyiladi: moviy, shirin, ulkan. Sifatlarning morfologik xususiyatlari: 1.Sifatlar otga bog’langanda ot egalik va kelishik qo’shimchalarini oladi. Lekin sifat o’zgarmaydi: hayotiy tajribalaridan. 2.Sifatlarda daraja shakli mavjud: ko’k-ko’kish-ko’kimtir. 3. Sifatlar yasalish xususiyatiga ega: topqir, tortinchoq, uyli. Sifatlarning sintaktik xususiyatlari. 1.Sifat, asosan, otga bog’lanib, gapda aniqlovchi vazifasida keladi: jo’shqin qalb, mohir usta. 2.Ba’zan sifatlar fe’lga bog’lanib, gapda hol vazifasida ham keladi: qattiq ta’sirlandi, chiroyli kuldi. 3.Sifatlar kesim vazifasida ham keladi: Ishlarim yaxsh. Suv mo’l. 4. Sifatlar otlashib ega, qaratqichli aniqlovchi va to’ldiruvchi vazifasida keladi. M:Musobaqani kattalar boshlab berdi. Xalq zolimning gapiga ishondi. Mug’ombirlarni hech kim hurmat qilmaydi. 1-topshiriq:Sifatlar ishtirokida gaplar tuzing va ularning gapdagi vazifasini aniqlang. __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ Sifatlarning ma’noviy guruhlari: a) rang-tus sifatlari: qizil, sariq, yashil,moviy, ko’k; b)maza-ta’m sifatlari; shirin, mazali, sho’r, taxir, nordon, achchiq; d)xususiyat bildiruvchi sifatlar: sho’x, mug’ombir, quv, sodda; e) holat bildiruvchi sifatlar: nam, ho’l, shalabbo, xafa, xursand; f) shakl sifatlari: ozg’in, bo’ydor, novcha, oriq, semiz; g) hid bildiruvchi sifatlar: muattar, xushbo’y, sassiq, qo’lansa; h) hajm, vazn sifatlari: og’ir, yengil; i) o’rin yoki vaqtga nisbat bildiruvchi (makon, zamon)sifatlari: ichki, tashqi, qadimiy, zamonaviy, yozgi, qishki Asliy va nisbiy sifatlar Asliy sifatlar belgini to’g’ridan to’g’ri ifodalaydi va uni darajalab ko’rsatish 55 imkoniyatiga ega bo’ladi. M-n: aqlli, oq, katta,yuzaki. Nisbiy sifatlar belgini to’g’ridan to’g’ri emas, balki boshqa tushunchaga nisbatlagan holda ifodalaydigan va daraja ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lmagan sifatlardir: qishki, ko’chma, derazali, devoriy, ruscha, ko’rinmas, ko’ylakchan. Eslatma: Ulug’ va buyuk ma’nodosh, lekin ulkan va gigant ma’nodosh emas. Odam so’zi ulug’, buyuk, ulkan sifatlarini qabul qiladi. Gigant binolarga xoslangan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling