Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet80/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

1.Donishmandlik haqiqatni so’zlamoq va tabiatga quloq tutib, unga 
bo’ysunmoqlikdan iboratdir. 2.O’zini angash va fikrlash hamma odamlarga 
xosdir. 3.Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidurlar. 4.Adolatli, fanni sevuvchi 
aqlli hukmdor insonparvarlik munosabatlarini adolat talablariga moslashtirib 
turishi kerak. 5.Ulamolar suhbatida bo’l; pok, sof niyatli kishilarga talpin. 6.Ustoz 
va muallimlar hurmatini o’rniga qo’yinglar, bu dunyoda ham, oxiratda ham savob 
bo’ladi. 
Gapda uyushiq bo’laklarning bog’lanishi va ularda tinish belgilarining 
ishlatilishi. 1.Uyushiq bo’laklar biriktiruv bog’lovchilar va bog’lovchi 
vazifasidagi bilan yordamida bog’langanda ular ko’pincha takrorlanib keladi: 
Adol bilan o’yinchi Sora;
Asal bilan quvnoq Ruxsora.
Izoh.Bunday vaqtda shaxs yoki predmetning guruh-guruh ekanligini bildiradi va 
guruhlar nuqtali vergul bilan ajratiladi: Bog’imizda qovun, handalak; olma, o’rik, 
shaftolilar pishib yotibdi.
2.Uyushiq bo’laklar fe’llar bilan ifodalanganda va, hamda, -u, -yu o’zaro 
almashina oladi, lekin “va”ning o’rnida “bilan”ni qo’yib bo’lmaydi:keldi va ketdi / 
keldi-yu ketdi/ keldi bilan ketdi deb bo’lmaydi
3.Uyushiq bo’laklar o’zaro sanash ohangi bilan bog’lanib, ularning har birining 
ma’nosi ta’kidlanganda, har bir bo’lak oxirida ham yuklamasi qo’llaniladi: Sen 
ham, u ham farishta emas. 
4.Yo, yo-yo, yoki bog’lovchilari uyushgan bo’laklardan birini tasdiqlab, 
ikkinchisini esa inkor etib bog’laydi: Yo kitob, yo ruchka olaman. (kitob olsa, 
ruchka olmaydi) 
5.Ba’zan-ba’zan, goh-goh, dam-dam kabo bog’lovchilar yordamida bog’langanda 
esa uyushgan bo’laklarning navbatma-navbatligi ifodalanadi: Goh o’ynaydi, goh 
yig’laydi. 
6.Uyushiq bo’laklar ifodalagan ma’no inkor qilinib, ularning har biri ta’kidlab 
ko’rsatilsa, na-na bog’lovchi vazifasidagi yuklama qo’llanadi: Na men, na sen 
kafolatini olganmiz. 
Uyushiq bo’lakli gaplarda umumlashtiruvchi so’z va ularda tinish 
belgilarining ishlatilishi. Uyushiq bo’lakli gapda so’zlarni jamlovchi, 
umumlashtiruvchi so’z bo’lishi mumkin. Umumlashtiruvchi so’z uyushuvchi 
bo’laklar ma’nosini umumlashtiradi. Ular ham uyushgan bo’laklar uchun berilgan 
so’roqqa javob bo’ladi. Uyushiq bo’laklar gapning qaysi bo’lagi bo’lsa, 
umumlashtiruvchi so’z ham ana shu bo’lak hisoblanadi. Uyushiq bo’lak va 


121 
umumlashtiruvchi ko’pincha bir xil grammatik shaklda bo’ladi. Uyushgan 
bo’laklar narsa va hodisalarni, belgi-xususiyatlarni alohida-alohida ifodalasa
umumlashtiruvchi so’z ularning hammasini jamlaydi: Umrzoq hamma 
narsani:konvertni ham, qog’ozni ham ko’rdi.  
Uyushgan bo’lak bilan umumlashtiruvchi so’z o’rtasida xususiylik-umumiylik 
,jins-tur munosabati mavjud bo’ladi.Uyushgan bo’laklar xususiylikni, jinsni; 
umumlashtiruvchi so’z esa umumiylikni, turni bildiradi: Eshikdan hamma: 
bolalar, ayollar,keksalar kirib kelishdi. 
Ko’oincha belgilash va bo’lishsizlik lmoshlari, jamlikni va umumiylikni 
bildiruvchi otlar, fe’llar (otlashgan sifatdosh), so’z birikmasi, kengaygan 
birikmalar umumlashtiruvchi so’z bo’lib keladi. 
Umumlashtirvchi so’z uyushgan bo’lakardan oldinham, keyin ham kelishi 
mumkin. Umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo’laklardan oldin kelsa, 
umumlashtiruvchi so’zdan so’ng ikki nuqta (:) qo’yiladi:Kanalning ikki 
qirg’og’ida turgan odamlar: erkaklar, ayollar, bolalar shod-xurram edi. 
Eslatma: Agar umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo’laklardan keyin kelsa va undan 
oldin kiritma atnashsa, kiritmadan oldin tire, kiritmadan keyin vergul qo’yiladi: 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling