Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet76/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

daqiqaning qadriga yetish kerak.


115 
Atov gaplar. Atov (nominativ) gaplar bosh kelishikdagi ot yoki otlashgan so’z 
bilan ifodalanib, predmet yoki hodisalarning mavjudligini tasdiqlovchi gapdir. Ular 
so’zlovchining ko’z o’nggida biror voqea-hodisani yoki davrni jonli 
gavdalantirishga, uning xotirasida yoki xayolida ular bilan aloqador bo’lgan voqea-
hodisalarni tiklashga xizmat qiluvchi muhim tasviriy vositadir.Atov gaplar, asosan, 
aniqlik maylining hozirgi-kelasi, ba’zan esa o’tgan zamon shakllarida keladi: 
Hamon esimdadir: gul chog’i erdi.
Atov gaplar yig’iq yoki yoyiq bo’lishi mumkin. Agar atov gaplar bitta so’zdan 
iborat bo’lsa, yig’iq atov gap deyiladi: Bahor. Kunlar iliqlashgan.Agar atov gaplar 
aniqlovchilar bilan kengayib kelsa, yoyiq atov gap deyiladi: Yam-yashil 
o’tloq.Oilam bu yerga kelsa, qanchalik quvonadi. 
Yoyiq atov gaplar kengaygan harakat nomi birikmalari bilan ifodalanishi mumkin: 
So’nggi uchrashuvUning ko’zlarida yosh ko’rindi.
Atov gaplar o’ziga xos ohang bilan aytiladi.Yozuvda, odatda, nuqta qo’yiladi. His-
hayajon bila aytilsa, undov belgisi qo’yiladi: Tog’lar! Baland tog’lar! Alpinistlar 
cho’qqiga ko’tarilmoqdalar. 
Eslatma: Atov gaplar hech qachon yolg’iz o’zi qo’llanmaydi. Undan keyin atov 
gapning mazmunini ochuvchi boshqa bir gap keladi: Oltinlangan barglar. 
Manzara ko’zni naqadar quvontiradi. 
1-topshiriq: Atov gaplarni aniqlang. 
1.Xazonrezlik payti. Hirot bog’lariga suv beradigan Hirirud daryosi va Injil 
anhorining qirg’oqlariga za’faron yaproqlar to’kilgan. 2.To’qqizinchi asr. 
Muhammad al-Xorazmiy algebra faniga asos soldi. 3. Erta bahor edi. Dam olish 
kuni edi. Kech turdim. 4.Bola edim… Kuz edi… so’rida dars qilib yotibman. 5.Ilk 
muhabbat bahor osmonidagi bulutga o’xshaydi. Oppoq. Pokiza. Shaffof.
So’z-gaplar. Bir s’zdan iborat bo’lib, tarkibga ajralmaydigan, boshqa so’zlar bilan 
kengaya olish imkoniyatiga deyarli ega bo’lmagan gaplar so’z-gaplar deyiladi. 
Ular oldingi gap mazmuniga so’zlovchining munosabatiniifodalaydi. So’z-gaplar 
modal va his-hayajon munosabatlarni ifoda etgani uchun ham ko’proq diologik va 
ba’zan monologik nutqqa xosdir. So’z-gaplar tasdiq, inkor, so’roq, taajjb, his-
hayajon kabilarni ifoda etib, matn bilan bog’liq bo’ladi: 
- Endi so’zingizdan aynimang. 
- Mayli, - dedi Fazliddin.
So’z gaplar quyidagi turlarga bo’linadi.
1.Modal so’z-gaplar ishonch, taxmin, gumon ma’nolarini ifodalaydi: Shubhasiz
ehtimol, albatta, shaksiz to’g’ri.
Boramizmi?
- Albatta.
2. Undov so’z-gaplar his-tuyg’u, haydash-chaqirish ma’nolarini ifodalaydigan 
so’z-gaplar: Oh, uh,ofarin, balli, hormang, yashang.
3.Tasdiq so’z –gaplar: Ha, mayli, xo’p.
4. Inkor so’z-gaplar: Yo’q,mutlaqo, also, sira, aksincha.
5. Taklif so’z-gaplar tinglovchiga qaratilgan bo’lib, uni biror ishni bajarishga 
undaydi: Marhamat, ma, mang.


116 
Kishilar o’rtasida oddiy muomalada tez-tez ishlatilib turadigan bir so’z yoki 
iboralar so’z-gaplar vazifasida qo’llanadigan bo’lib qolgan: Assalomu alaykum, 
yoqimli ishtaha,marhamat, salomat bo’ling, qulluq, osh bo’lsin, yaxshi boring, 
xush ko’rdik, labbay, jonim bilan, bajonidil kabi.
So’z-gaplarining kengayishi juda qiyin va o’ta chegaralangan. Ba’zan so’z-gaplar 
takrorlanib qo’llaniladi.
– Biror gap eshitdingizmi?
Yo’q-yo’q.
Eslatma. So’z-gaplardan, ya’ni ha, yo’q, xo’p kabi so’zlaridan keyin shu 
so’zlarning ma’nolarini takrorlab kuchaytiradigan ayrim gaplar qo’llanilib, bular 
so’z-gap hisoblanmaydi, balki gap mazmunini kuchaytiruvchi kirish so’z 
hisoblanadi.
- Hujjat topshirdingmi?

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling