Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet73/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

nomni ham, qiyofani ham, fe’l-atvorni, hatto taqdirni ham o’zgartiradi. 2.Vaqtni 
oqilona taqsimlash – ish poydevori. 3.Kimki bo’sh vaqtini oqilona o’tkaza olsa, 
shaxsiy madaniyati oily darajadagi kishidir. 4.Vaqt va suv toshqini hech qachon 
kutib turmaydi. 5.Har bir kunni o’lcha, sarflagan har bir daqiqangni hisobga ol! 
Faqat vaqt masalasidagina xasislik qilish mumkin. 6.O’rtamiyona odam vaqtni tez 
o’tkazish payida bo’ladi, iste’dod sohibi esa undan foydalanib qolishga urinadi. 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Hol. Hol gap markazi – kesimga bog’lanib, undan anglashilgan ish-harakatning 
o’rnini, paytini, holatini, bajarilish sababini, maqsadini, daraja-miqdorini 
bildiradigan 2-darajali bo’lakdir. Hollar ravish bilan kelishik shaklidagi va 
ko’makchili otlar bilan, sifat, son, taqlid so’z va undovlar bilan, fe’lning xoslangan 
shakllari bilan ifodalanishi mumkin:Bunda bor harakat, muhabbat, shafqat.
Hollar tuzilishiga ko’ra 2 xil bo’ladi:
1.Sodda hollar bir so’zdan iborat bo‘ladi: Quyosh ko’kdan mo’ralab qarar.
2.Murakkab hollar 2 yoki undan ortiq so’zdan iborat b’ladi. Ular takror so’zlar, 


111 
so’z birikmasi, iboralar va kengaygan birikmalar bilan ifodalanadi: U vazifaning 
muhimlagini takror-takror ta’kidladi. 
1-topshiriq: Hollarning sodda va murakkab ko’rinishlarini farqlang. 
1.Inson fe’l-atvorini to’g’riroq tushinish uchun boshqa vositalar bo’lmaganda 
uni ranjitadigan hazildan foydalanish mumkin. 2.Harakat inson qiyofasini ochib 
beruvchi eng aniq vositadir. Inson qanday harakat qilsa, o’shandaydir. 
3.Insonning haqiqiy fe’l-atvori mayda-chuydalarda: ular inson o’zini nazorat 
qilishdan to’xtaganda yuzaga chiqadi. 4.Inson o’zga kishi oldida ayblariga iqror 
bo’lgach, ularni darhol unutadi. Ammo o’zga kishi uning ayblarini eslab qoladi. 
5.Haddan ortiq yuksak fazilatlar ham ba’zan insonni jamiyat uchun yaroqsiz holga 
keltirib qo’yadi.
Eslatma. Hol bog’lanib kelgan fe’lning kesim vazifasida kelishi yoki kemasligiga 
ko’ra hollar 2 xil bo’ladi:
a) mustaqil hollar b) nomustaqil hollar
To’g’ridan to’g’ri kesim vazifasidagi fe’lga tobe bog’lanib kelgan hol mustaqil 
hol deyiladi: O’yin-kulgi yarim kechagacha davom etdi.
Kesim vazifasida kelmagan fe’llar tobe bog’langan holler nomustaqil hol deyiladi: 
Daladan charchab kelgan yigit tezda uxlab qoldi.
 2-topshiriq: Gap tarkibidagi hollarning mustaqil yoki nomustaqillarini aniqlang. 
1.Bir kishi quturgan tuyadan jonini qutqarish uchun jar ustiga egilgan ikki 
shoxga osilib, jar yoqasiga oyoq qo’yadi. 2.Birdan bolaning oq va qora 
sichqonlar u osilib turgan shoxni kemirayotganligiga ko’zi tushadi.  3.Yigit bu 
ahvoldan qutilish chorasini o’ylab turganida shunday yonginasida asalari uyasini 
ko’radi. 4.Mevalarning shirinligi Ahmadning boshini shu darajada aylantirib 
qo’ydi. 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Hollarning ma’no va vazifasiga ko’ra turlari 8xil:
1.Vaziyat (ravish, tarz) 
holi
2.O’rin holi
3.Payt holi
4.Sabab holi
5.Maqsad holi
6.Daraja-midor holi
Eslatma: 8-sinf darsligida hollarning asosiy ma’no turlari 6 ta deb berilgan. Shart 
va to’siqsizlik hollari yo’q.
1.Vaziyat (ravish, tarz) holi ish-harakatning qay tarzda bajarilganligini bildirib, qay 
holda? qanday? qay tarzda? qay vaziyatda? qanday qilib? qay ahvolda? kim bo’lib? 
kabi so’roqlarga javob bo’ladi. Ravish holi kesimga bitishuv yo’li bilan bog’lanadi 
va ko’pincha o‘zi ergashgan so’zdan oldin keladi. Ular quyidagicha ifodalanadi:
1.Holat ravishi bilan: Mashina yangi asfalt yo’lda tezda yurib ketdi.
2. Ravishdos bilan: Shoir shamning uchini avaylab kesdi.
3.Sifatdsh+holda ,ravishda, tarzda so’zlari orqali: U qo’lidagi kalitini o’ynatgan 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling