Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet75/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

3-topshiriq: Hollarni toping va ularning ma’no turini aniqlang. 
1.Degil inson desang ani ne ajab, bo’lmasa qirq yasharda aql-u adab. 2.Kishi 
ko’pgina narsalarsiz ham yashay oladi, lekin tanholikda yashay olmaydi. 3.Biri 
mahv bo’layotgan joyda ikki kishi birlashib bir-birini qutqarishi mumkin. 4.Kishi 
jamiyat uchun yaralgan. U yolg’iz yashashga layoqatli emas va yakka yashashga 
jur’ati yetmaydi. 5.Kishi uzlatda yashay olmaydi, unga jamoat kerak. 6.Faqat 
odamlar orasidagina kishi o’z-o’zini anglashga qodir. 
Gap bo’laklari tartibi.Gap bo’laklarining tartibi ikki xil bo’ladi: 
1.Odatdagi tartib 
2. O’zgargan tartib (inversiya) 
O’zbek tilida gap bo’laklarining joylashishida odatda ega va unga bog’langan 
bo’laklar oldin, kesim va unga bog’langan bo’laklar keyin turadi,lekin nutqda 
doimo ham gap bo’laklarining odatdagi tartibi saqlanavermaydi.Gap bo’laklarining 
tartibi o’zgarishi inversiya hodisasi deyiladi. Inversiyada gap bo’laklari tartibi 
quyidagicha bo’ladi: 
1.Ega kesimdan keyin keladi: Shovulladi tun bo’yi shamol
2.To’ldiruvchi kesimdan keyin keladi: Men nechun sevaman O’zbekistonni
3.Vaziyat holi kesimdan keyin keladi: Mayin shamol esadi gir-gir. 
Ayrim gap bo’laklarining qat’iy o’rni bor. Sifatlovchi aniqlovchi avval
sifatlanmish keyin keladi. Bu tartib ozgartirilsa, grammatik tuzilishi ham o’zgaradi: 
Chiroyli gul ochildi. Gul chiroyli ochildi. 
Eslatma: Odatdagi tartib ilmiy asarlar va so’zlashuv uslubi uchun mos bo’lsa, 
o’zgargan tartib og’zaki nutq uslubi va badiiy (ayniqsa, she’riy) nutq uslubi, 
qisman publitsistik uslub uchun xosdir. 
1-topshiriq: Berilgan gaplardagi gap bo’laklarini odatdagi tartib bo’yicha 
joylashtiring. 
1.Hammadan balanddir ona mansabi. 2.Boshni fido ayla ato boshig’a, jismni qil 
sadqa ano qoshig’a. 3.Odamning mevasi farzand emish derlar bu dunyoda. 
4.Farzand mehri aritar g’am zangini ko’ngildan. 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________


114 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________ 
Sodda gaplarda eganing ishtirok etish yoki etmasligiga ko’ra turlari 2 xil: 
1. Egasi mavjud (shaxsli) gaplar 
2. Egasiz (shaxssiz) gaplar 
Gap tarkbida ega mavjud bo’lsa, egali (shaxsli) gap deyiladi: Orqa hovliga tuproq 
to’kildi. 
Egasi mavjud bo’lmagan gaplar shaxssiz gaplar deyiladi. Bunday gaplarda 
kesimdan ifodalangan ish-harakatning kim tomonidan bajarilgani ma’lum 
bo’lmaydi: Bugungi ishni ertaga qo’yma. 
Shaxssiz gaplar o’zi 2xil bo’ladi: 
I.Egasi yashiringan gaplar. 
II.Egasiz gaplar. 
Egasi yashiringan gaplar 2 xil boladi: 
1.Egasi (shaxsi) ma’lum gaplar. 
2.Egasi (shaxsi) umumlashgan gaplar. 
Egasi ma’lum gaplarda gapning egasi matndan, nutq sharoitidan, kesimning 
shaxs-son shakllaridan ma’lum bo’lib turadi.Bunday gaplarning kesimi, odatda, I-
II shaxs shaklida bo’ladi:(Biz) Yaqinda imtihon topshiramiz. 
Egasi umumlashgan gaplarda gapning umumiy mazmuni barcha shaxslarga 
aloqador bo’ladi. Bunday gaplarning kesimi II va III shaxs shakllarida keladi: 
Hurmat qilsang, hurmat ko’rasan.(II shaxs) Avtobusga orqa eshikadan 
chiqiladi.(III shaxs) 
Ba’zan bunday gaplarning kesimi I shaxs shaklida bo’lishi ham mumkin: Keling, 
bir kulishaylik. 
Maqol va matallar, hikmatli so’zlar, odat tusiga kirgan rasm-rusmlarni bayon 
etuvchi gaplarda ega, asosan, umumlashgan bo’ladi: Avval o’yla, keyin so’yla
Egasiz gaplar. Egasiz gaplarda ega umuman bo’lmaydi va gap ma’nosidan 
anglashilmaydi. Ular uch xil bo’ladi: 
1.Shaxsi noma’lum gaplar. 
2. Atov gaplar.
3.So’z gaplar. 
Shaxsi noma’lum gaplarda kesim fe’l bilan ifodalanadi va ish-harakatni 
bajarishga imkoniyat, zaruriyat, shart, tilak, istak kabi ma’nolarni ifodalab keladi. 
Bunday gaplar kesimining eng muhim belgisi – uning tarkibida egalik 
qo’shimchasining yo’qligidir. Bu gaplarda harakatni mantiqan kimdir bajaradi, 
lekin uni gapda ifodalab bo’lmaydi. Shaxsi noma’lum gaplarning kesimi 
quyidagicha bo’ladi: 
1.Kesim tarkibida bo’ladi, bo’lmaydi, to’g’ri keladi, to’g’ri kelmaydi fe’llari 
bo’ladi: U bilan gaplashishga to’g’ri keladi. 
2.Kesim tarkibida –mas qo’shimchali so’z bo’ladi: Oyni etak bilan yopib bo’lmas. 
3.Harakat nomi + kerak, lozim, mumkin, shart, darkor kabi so’zlar: Har bir 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling