Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet74/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

holda kelardi.


112 
4.Taqlid so’z bilan: Hayotxon piq-piq yig’lar edi.
5.Ot+bilan ko’makchisi orqali: Bu asarni zavq bilan o’qirdim.
6.Sifat bilan:Qush ko’m-ko’k daraxtlar orasida yoqimli sayramoqda.
7.Ibora bilan:Hamma yoqni yog’ tushsa yalaguday tozaladilar.
Eslatma. Gapda ravishdosh o’ziga tobe bo’laklar bilan birga so’z birikmasini hosil 
qiladi va ular yoyiq (murakkab) ravish holi deyiladi:Eshikni sekin ochib, Behruz 
kirib keldi.
2.O’rin holi ish-harakatning bajarilish o‘rnini bildirib, qayerga? qayerdan? 
qayerda?qayoqqa? qayergacha? so’roqlariga javob bo’ladi.O’rin holi o’zi 
ergashgan so’zga boshqaruv yo’li bilan bog’lanadi va quyidagicha ifodalanadi:
1.O’rin ravishi bilan: Shu yerdan boshlanur daryo va quyosh.
2.Ot bilan: Poyezd bizni Toshkentda qoldirib, Moskvaga yo’l oldi.
3.Ot+ko’makchi orqali: Bu qo’shiq dunyo bo’ylab taraldi.
4.-gacha, -ga qadar, -ga dovur kabilar orqali: Dugonamni uyigacha kuzatib 
qo’ydim.
3.Payt holi ish-harakatning bajarilish paytini bildirib, qachon? qachongacha? 
qachondan beri? qachondan buyon? qay vaqt? so’roqlariga javob bo’ladi.Ular 
quyidagicha ifodalanadi:
1.Payt ravishi bilan: Bugun poytaxt mardlar sha’niga salom yo’lladi.
2.Payt ravishdoshi bilan:Qo’llarini yuvgach supaga o’tirdi.
3.-gandan so’ng, -gandan keyin kabi birliklarni olgan so’zlar orqali: O’qishni 
bitirgandan so’ng ishlayman.
4.Payt bildiruvchi so’z+gacha, -ga dovur, -ga qadar qo’shimchali so’zlar orqali: 
Ertalabgacha ko’ziga uyqu kelmadi.
5.Payt bildiruvchi so’z+dan beri, -dan buyon kabilarni olgan so’zlar orqali: O’n 
kundan beri uni ko’rganim yo’q.
6.Ot bilan: Yoshlikda o’qishning izidan qolmadi.
Payt holi ko’pincha ot yoki payt ravishi bilan, shuningdek, son birikmalari bilan 
ifodalansa, murakkab payt holi hisoblanadi: Bundan besh yil ilgari, o’sha kundan 
beri, shu yildan boshlab.
4.Sabab holi ish-harakatning bajarilish sababini bildiradi, nimaga? nega? nima 
uchun? nima sababdan? nima sababli? so’roqlariga javob bo’ladi va quyidagicha 
ifodalanadi:
1.Sabab ravishi bilan:Noilojlikdan hamma gapni aytib berdi.
2. –lik, -sizlik, -ganlik qo’shimchali so’z+chiqish kelishigidagi ot bilan: 
uxlamaganligidan darsda mudrab o’tirardi. 
3.Sfatdosh + dan qo’shimchasi orqali: U muhim topshiriqni bajarganidan xursand 
edi. 
4. –gani, -ganligi qo’shimchali so’z+ sababli, tufayli, uchun so’zlari orqali: Yer 
sirpanchiq bo’lganligi uchun yurish qiyin edi. 
5.Maqsad holi. Ish-harakatning bajarilish maqsadini bildirib, nima uchun?, nima 
qilgani?, nima maqsadda?, nega? so’roqlariga javob bo’ladi. Ular quydagicha 
ifodalanadi: 
1.Maqsad ravishi bilan: Qizaloq ataylab antiqa kuyindi. 


113 
2.Jonalish kelishigidagi harakat nomi bilan: Kutubxonaga tayyorlanishga ketdi. 
3.Harakat nomi + uchun: Ozgina uxlash uchun ko’zini yumdi. 
4.Maqsad ravishdoshi bilan: Men sizni olib ketgani keldim. 
5.Fe’l + uchun, deb so’zlari orqali: Bu kitobni o’qiyman deb olib kelgan edim. 
6.Harakat nomi + maqsadida, maqsadi bilan: Qoravoy do’stining dom-daragini 
surishtirish maqsadida shaharga ketdi. 
6.Daraja-miqdor holi ish-harakatning darajasi va miqdorini bildirib, qancha?, 
nechta?, necha marta?, qay darajada?, qanchalab?, nechalik?, qanchalik?, kabi 
so’roqlarga javob bo’ladi va quydagicha ifodalanadi: 
1.Miqdor ravishi bilan:Do’stim bu haqida ko’p gapirgandi.. 
2.Son bilan: O’quvchi she’rni yetti marta o’qidi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling