Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
iqlimi va sharoiti yaxshi edi.
119 Uyushiq egalar bir-biri bilan sanash ohangi yoki bog’lovchilar orqali bog’lanadi: Siz bilan biz bu oddiy haqiqatni tushunmagan ekanmiz. Uyushiq hol.Bir xil mazmun-munosabatni bildirgan bir necha holning o’zaro sanash ohangi bilan teng bog’lanib kelishi uyushiq holni tashkil qiladi: Daryo goh shovqin solib, goh tinch oqar edi. Ba’zan bitta gap tarkibida bir necha hol ketma- ket holatda turishi mumkin, lekin hamma vaqt ham bu kabi holatni uyushiq hol deya olmaymiz: U kecha ertalab biznikiga kelib ketdi. Gapda ikkita payt holi (kecha, ertalab) bor va ular ketma-ket joylashgan. Lekin ular uyushiq emas: bundagi ertalab holi kecha holi ma’nosidagi paytni chegaralab, aniqlashtirib beradi. Uyushiq to’ldiruvchilar.Gapdagi ikki va undan ortiq to’ldiruvchi bir xil ma’noni (shaxsni yoki narsani) bildirib, bir xil shaklda (kelishik shaklida yoki ko’makchilar bilan)kelsa va sanash ohangiga ega bo’lsa, bular uyushiq to’ldiruvchilardir: Taram- taram olmalarni,asl nashvatilarni, po’sti yuqa shaftolilarni, qaymoqqa o’xshash anjirlarni aytmaysizmi. Har xil ma’noni bildirgan, turli shakllarda kelgan to’ldiruvchilar uyushiq hisoblanmaydi: Bu daftarni senga oldim. Bu gapdagi to’ldiruvchilar uyushmaganligiga sabab shuki, daftarni narsa-buyum ma’nosini, senga atalganlik ma’nosini bildiradi. Uyushiq aniqlovchilar. Narsa-buyumlarning bir turdagi belgilarini bildirgan birdan ortiq aniqlovchilar uyushiq aniqlovchilar hisoblanadi: Bog’imizda oq, qizil, pushti atirgullar qiyg’os ochilgan. Bundan tashqari, bir narsa-buyumning turli belgilarini bildirgan birdan ortiq sifatlovchilar ham uyushiq aniqlovchilar sanaladi: Chaqaloq kichkina, oppoq, dumaloq qo’llarini cho’zib menga talpinar edi. Uyushiq aniqlovchilar o’zaro sanash ohangi bilan teng bog’lanadi va aniqlanmishga baravar tobe bo’ladi.Qaratqich aniqlovchilar ham uyushiq kelishi mumkin: O’riklar, olmalar, teraklarning bargi oltinlashgan. 1-topshiriq: Gaplarda qaysi gap bo’lagi uyushgan? 1.Haqiqiy olimning so’zi, o’yi, fikri va ishi bir xil bo’ladi. 2. Nazariy bilimlardan hosil qilinadigan tushunchalar uzoq va chuqur tushunish, tekshirish, kashf – ijod , ta’lim olish va boshqalarg ta’lim berish yo’li bilan qo’lga kiritildi. 3.Er kishiga zeb-u ziynat hikmat va donishdir. 4. Har bir kishi kasb-korini mukammal bilmog’i, yaxshi tarbiya olmog’i va yaxshi xulq-atvor, fazilatlarga ega bo’lmog’i kerak. 5.Olgil mendin nasihat, o’g’lim, ilm-u adab o’rgangin, bo’lub bilimli Uyushiq bo’laklarda son, egalik, kelishik qo’shimchalarining qo’llanilishi. Bu qo’shimchalar 3 xil qo’shiladi: 1.Uyushgan bo’laklarning har birida takrorlanadi: Yam-yashil vohalarga, Badiiy lavhalarga, She’riy sarlavhalarga, Boy ekansan, Farg’ona. Izoh.Bunday holatlarda uyushgan bo’laklarning har biri ta’kidlangan bo’ladi. 120 2.Uyushgan bo’laklarning eng oxirida qo’llanib, hammasi uchun tegishli bo’ladi: Sayyohlar Toshkent, Samarqand, Buxoroda bo’lishdi. Izoh. Bunday vaqtda sanalayotgan bo’laklarnng har biri ta’kidlanmaydi, balki sanab ko’rsatiladi. 3.Son, egalik, kelishik qo’shimchalari uyushiq bo’laklarda har xil ishlatilishi mumkin: Uyning to’riga amakim, beriroqqa xolam, men va Dilshoda o’tirdik. 2 -topshiriq: Gaplardagi uyushiq bo’laklarga shakl hosil qiluvchi qo’shimchalarning qo’shilish usulini izohlang. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling