Boboqulova-nilufar pdf
Download 441.28 Kb. Pdf ko'rish
|
dissertatsiya metafora
Qaqragan lablarda olovli nafas
Kechalar kechmishin ayladi ko mir. ʻ Parishon sochlari yor ko ksi emas, ʻ Muzdayin bolishda qoldi bir umr 44 . Parchadagi kechmish, ko mir, parishon so zlari betakror bir metaforik tarzda ʻ ʻ qo llangan. She‘rdagi yaxlit badiiy mazmunning tugal ifodalanishida bu ʻ so zlardagi metaforalar badiiy ustunlar vazifasini bajargan. Hatto bu metaforalar ʻ tufayli reallashayotgan badiiy ma‘nolarni konkret so zlar vositasida tavsiflash ham ʻ mushkul. Quyidagi misollarda ham ana shunday metaforalarni kuzatish mumkin: Ko z uchida qaraysiz, ko z uchida... ʻ ʻ Yulduzchalar cho kib yotar dil burjida. ʻ Oy aylanar koinotning kulgichida, Yurak erir qallig’imning hovuchida... (I.M.). Mana, ustunlarga o ralar shamol, ʻ Mana, suv yuziga toshadi sepkil (I.M.). Buncha ham qattiq ekan, Qismatning bolishlari (S.Sayyid). Chiqing, begim, ko nglingizni chegalab beray, ʻ Ko nglingizni bering, begim, chegalab beray (I.M.) ʻ 45 . Metafora (metaforik qo langan so z)ning sintaktik imkoniyatlari ʻ ʻ borasida fikrlash ikki tomonlama borishi lozim: 44 Normatov U., Said Ahmad [Adabiy portret], T., 1971; G afurov I., Prozaning shoiri, T., 1984 ʻ . 45 Q. Yo’ldoshev, B. Qosimov. Adabiyot (7-sinf darsligi).-T.:”O’qituvchi” 2000. 1. Sintaktik bog’lanish xususiyatlari. 2. Sintaktik pozitsiya xususiyatlari. Birinchi jihat metaforik qo llanish natijasida so zning bog’lanishi (valentlik) ʻ ʻ darajasining o zgarishini nazarda tutadi. Masalan, Oltin so zining sememasi ʻ ʻ quyidagi semalardan tuzilgan: 1)metal; 2) qimmatbaho; 3) ijtimoiy qimmatli; 4) sariq. Ikkinchi semaning yorqinlashuvi oltin bosh, oltin qo l, oq oltin, qora oltin ʻ birikmalarida, 3-4 semalarning yorqinlashuvi oltin soch kabi birikmalarning kira olish imkonini bermoqda. Aslida ―oltin so zi o z ma‘nosida bu xil valentlikka ‖ ʻ ʻ ega bo la olmasdi. Demak, metaforik qo llanish so zning sintaktik-sintagmatik ʻ ʻ ʻ bog’lanish imkonini kengaytirar ekan. Xulosa qilib aytganda, metaforik qo llanish ʻ so zning sintaktik bog’lanish imkoniyatiga (valentligiga) ta‘sir etadi. Biroq ʻ so zning ko chma ma‘noda qo llanilishi uchun uni muayyan sintaktik pozitsiyaga ʻ ʻ ʻ xoslab bo lmaydi. Tilshunoslikning uzoq asrlik tarixi, aftidan, endigi kunda ushbu ʻ hodisa ham kam o rganilgan deyilishga asos qoldirmadi. Darhaqiqat, qaysi sohaga ʻ qo l urilmasin, bu borada qilingan yuzlab arzirli kuzatishlar va ilmiy xulosalar, ʻ yana ham ko proq amaliy kuzatish natijalariga duch kelamiz. Metafora borasida ʻ ham shu fikrni aytish mumkin. Metafora bo yicha qilingan kuzatishlarning asosiy ʻ qismi uni nutqiy hodisa sifatida baholaydi. Ammo har qanday nutqiy hodisa kabi metafora ham o z umumiyligiga, sabab-mohiyatiga egaligi shubhasiz. ʻ Metafora asos bo lgan o xshatish metaforani tushunish darajasiga ta‘sir ʻ ʻ ko rsatadi: metafora o xshatish ochiq bo lganda, tushunarli, o xshatish hosil ʻ ʻ ʻ ʻ qilinganda –tushunarsiz, o xshatish yo qolganda sezilarsiz bo ladi. Metafora amal ʻ ʻ ʻ qiluvchi sohani aniqlashda biz ayrim mualliflar tomonidan qo yilgan turli uslubiy ʻ to siqlarni olib tashladik. Metafora, usluban qat‘iy nazar, hamma nutqiy ʻ ko rinishlarda ham amal qilaveradi. Chunki metaforaning vazifasi nomlash, ʻ nomlashdan turlicha maqsad bo lishi mumkin, albatta. Masalan, biror xil uslubiy ʻ bo yoq berish, yoki shunchaki nomsiz, notanish, noaniq narsaga nom berish. ʻ Keyingi holat har qanday uslubga xos nutqda yuzaga chiqa oladi. Metafora juda keng miqyosli hodisa bo lib, metaforik qo llangan so z sintaktik stilistik ʻ ʻ ʻ chegaralarni bilmaydi. Metafora –lirik subyekt kayfiyatini berish, emotsional tonallikni belgilashning tengsiz vositasi. Buni A.Oripovning quyidagi she‘ri misolida ko rsatildi: ʻ Download 441.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling