Boboqulova-nilufar pdf


Download 441.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/31
Sana24.03.2023
Hajmi441.28 Kb.
#1290268
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
Bog'liq
dissertatsiya metafora

“Yurakda sen ijod hissini chertding
48

deydi. Bunday hisni torga yashirin o xshatish bor: uning predmet sifatini oladi.
ʻ
Xuddi shu qiyos misraning metaforik ma‘nosini yuzaga chiqaradi: tor chertildi –
yurak kuylay boshladi, ya‘ni daryo qalbga ilhom bag’ishladi. Metaforaning bu turi
badiiy obrazning muhim sharti bo lgan konkret-hissiy ifodani ta‘minlaydi. Negaki,
ʻ
inson ichki olamiga taalluqli tushunchalar – abstract tushunchalar,
predmetlashtirish ularni konkret-hissiy idrok qilishga yordam beradi. 
Kuzatishlarimiz A.Oripov she‘riyatida qiyos obyektlari va ma‘no ko chish
ʻ
yo nalishiga ko ra metaforaning to rt turi qo llanganini ko rsatadi:
ʻ
ʻ
ʻ
ʻ
ʻ
1) insonga xos xususiyatlarni jonsiz narsa-hodisalarga ko chirish;
ʻ
2) predmet xususiyatini inson ruhiy olami bilan bog’liq yoki tashqi olamdagi
abstrakt tushunchalarga ko chirish; 
ʻ
3) ma‘noni jonli narsadan jonli narsaga ko chirish;
ʻ
4) jonsiz predmetdan jonsiz predmetga ko chirish asosida yuzaga keluvchi
ʻ
metaforalar. 
Metaforaning mazkur xillari qo llanish faolligiga ko ra bir xil emas, ularning
ʻ
ʻ
faolligi ro yxatdagi tartibga mos keladi. Metafora-jonlantirish –eng faoli, metafora-
ʻ
predmetlashtirish unga qaraganda sustroq. Bu ichki va tashqi olamni bir-biriga
qiyosan idrok etishga intilish. A.Oripov badiiy tafakkurida ustuvorligi bilan
48
Abdulla Oripov. “Yurtim shamoli” sheriy to’plami. T.:Sharq nashriyoti, 1974-yil.


izohlanib, ko p jihatdan shoir shaxsi shakllangan muhit bilan bog’liqdir. Xalqning
ʻ
jonli tiliga yaqinlik Abdulla Oripov uslubining o ziga xos belgilaridandir. Jonli
ʻ
tilga yaqin degani esa xalq turmush tarzi bilan yaqin degani bo ladi, chunki ularni
ʻ
bir-biridan ajratib bo lmaydi. Masalan, “Go zallikni yo qlash” nomli she‘rida lirik
ʻ
ʻ
ʻ
qahramon bir vaqtlar hammaning yuragiga o t yoqqan go zalning hozirgi ahvolini
ʻ
ʻ
mushohada etadi: 
Yuzlaringda ajin, sochlaringda oq,
Elkangdan yuk bo lib bosibdi yillar.
ʻ
Quralay ko zlarda tubsiz bir charchoq,
ʻ
Bekor gap, kim desa: yoshdir ko ngillar
ʻ
49
.
Xalqimizda ―yuk bosmoq degani ―og’ir ahvolga tushib qolmoq, og’ir
dardga chalinmoq kabi ma‘nolarni anglatib, qadimdan keluvchi ishonche‘tiqodlar
bilan bog’lanadi. Xuddi shu tushuncha she‘rda umrida ko p qiyinchiliklar ko rgan
ʻ
ʻ
va yoshlik tarovatini ancha tez yo qotgan ayolga nisbatan ishlatiladi, ya‘ni inson
ʻ
umriga ko chiriladi. Bundan tashqari, yelkadan yuk bosishi degani real holatda adl
ʻ
qomatni egadi, xuddi shu narsa she‘rdagi yoshlik - keksalik ziddiyatini
kuchaytiradi hamda ajin, soch oqi, -ko zlardagi tubsiz charchoq bilan
ʻ
uyg’unlashadi. 
A.Oripov o z she‘rlarida sifatdosh oboroti bilan ifodalangan metaforalardan
ʻ
ham mohirona foydalangan. Masalan shoirning Seni ona dedim...nomli she‘rida
metafora sifatdosh oboroti bilan ifodalangan. Unda, garchi ko chma ma‘no asosi
ʻ
so z bo lsa ham, ko zlangan metaforik ma‘no o sha sifatdoshli birikma
ʻ
ʻ
ʻ
ʻ
butunligidayuzaga chiqadi. Shunday satrlarni o qiymiz: 
ʻ
Hech vaqt unutilmas, o sha qirg’in choq
ʻ
Zafarga chorlagan nurli timsoling.
Reyxstag ustiga tikilgan bayroq
49
Qo shjonov M., Suvon M. Abdulla Oripov.
ʻ
 
Toshkent

„Ma naviyat“
ʼ
, 2000.
50
Sharafiddinov O. She riyat
ʼ
— qalb yolqini. 
„Hayot bilan hamnafas“
kitobida. 
Toshkent
. Adabiyot va san at 
ʼ
nashriyoti. 1984.



Download 441.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling