Boboqulova-nilufar pdf


Download 441.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/31
Sana24.03.2023
Hajmi441.28 Kb.
#1290268
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
dissertatsiya metafora

Ish-ishtaha ochar,
Dangasa ishdan qochar.
Xalqimiz azaldan halol bilan haromni farqiga borgan. Yurish-turishi va
yashashi halol bo’lishi uchun harakat qilgan. Haromdan hazar qilishgan. Chunki
birovning haqqi hech qachon birovga tatimasligini hamma bilgan:
Oshing halol bo’lsa, ko’chada ich.
Halol pishib chiqar,
Harom teshib chiqar.
Urush va Tinchlik
Xalq maqollari urushni yomon jihatlarini ko’rsatadi. Uning ayanchli
oqibatlaridan ogoh qiladi. Eng bebaho ne’mat deb hisoblanmish tinchlik haqida
alohida so’z yuritiladi. Farovonlikni oqibatida hamma narsa gullab yashnashi
ifodalanadi. Xalq kamolotga yetishi uchun tinchlikni naqadar zarur ekanligi
tasvirlanadi. Har ikki xalqda ham urushni jahannamga va mozorga o’xshatiladi:
Eng: When war begins, hell opens.
Uzb: Urushli uy – mozor.
Maqollarda urushni o’yinga o’xshatiladi:
Eng: War is the sport of kings.
Uzb: Urushni boshi – o’yin,
Oxiri – o’lim.
Tinchlikni yaxshi tomonlarini ko’rsatib, urush qoralanadi:
Eng: Peace is the rain that makes the grass grow and war the wind that dries it
out.


Uzb: Urush – yo’qlik,
Tinchlik – to’qlik.
Xalq o’sib-o’nib, kamolotga yetishi uchun eng asosiy poydevor bu
tinchlikdir: 
Eng: Peace makes plenty.
Uzb: Tinchlik – farovonlik yo’ldoshi.
Faqatgina Ingliz xalqida agar inson tinchlik xohlasa urushga tayyor bo’lishi
tasvirlangan:
If you want peace, be prepared for war.
O’zbek xalqi hayotida xayr-barakaning alohida e’tirof etilishi barchamizga
ma’lumdir. Inson uyidan baraka ketmasligi uchun urushmaslik ta’kidlanadi.
Chunki uy tinchligi Vatan tinchligidir:
Bir kun urush bo’lgan uydan,
Qirq kun baraka ko’tarilar.
Ijobiy baholash
Muhokama qilinayotgan har ikki xalqda ham ko’pgina maqollar ijobiy
baholashdan iborat. Faqatgina ularning tarkibidagi so’zlar har bir mamlakatning
o’ziga xos bo’lgan xususiyatlari, ya’ni kelib chiqish tarixi, madaniyati va geografik
joylashuvi ta’sirida shakllanadi.
Barchamizga ma’lumki, Angliya jahon tarixida dunyodagi eng kuchli dengiz
flotiga ega mamlakat bo’lganligi sababli xalq hayotida suvning o’rni beqiyos.
Ko’lmak joyda katta kema suza olmaydi, chunki unga chuqur suv havzasi kerak.
Ya’ni, komil inson bo’lib yetishish uchun buyuk g’oyalar va imkoniyatlar lozim:
A great ship asks deep waters.
Yuqoridagi maqolning o’zbek xalqidagi ekvivalenti haqida so’z yuritadigan
bo’lsak, geografik jihatdan yurtimiz barcha tarafdan boshqa davlatlar bilan
chegaradosh. Ochiq suv havzasiga to’g’ri yo’l yo’q. Eng asosiysi, Buyuk Ipak
Yo’lining o’lkamizdan o’tganligi xalq hayotida karvon va karvon yo’lining
muhimligini mustahkamlagan:
Katta karvonga katta yo’l.


Baquvvat eman daraxtini ham hattoki kichik zarbalar bilan yiqilishi mumkinligi,
ya’ni sabr-qanoat bilan ish qilinsa albatta uning rohatini bo’lishi tasvirlangan.
Maqolda ushbu daraxtning misol sifatida olinishi, eman Angliya ramzi ekanligi va
u yerda ko’p uchrashidan dalolat beradi:
Little strokes fell great oaks.
Xalqimiz tomchi suvni ham ko’z-qorachig’idek asrab-avaylaydi. Xalq
hayotida tomchi suvning o’rni o’ziga xosligidan maqollarda o’z aksini topgan.
Tomchi suv hattoki toshni teshishi, boshqacha qilib so’z yuritadigan bo’lsak,
harakatda barakat deganlaridek, chin ko’ngildan harakat qilinsa inson albatta
maqsadiga erishishi ifodalangan:
Tomchi toshni teshar.
Darhaqiqat, sog’likni duru-javohirlardan ham qimmat turishi va yo’qotilgan
sog’lik qancha boylik sarflansa ham qaytib kelmasligi har ikkala xalqda ham
ifodalangan. Inson mol-dunyo orttiraman deb sog’ligiga e’tiborsiz bo’lmasligi
lozim. Birgina farqli jihati shundaki, O’rta Osiyoda “tuman” so’zining lug’aviy
ma’nosi “o’n ming” degani. Tarixdan bizga ma’lumki, o’n ming kishilik qo’shin
“tuman” deb atalgan:

Download 441.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling