Boboqulova-nilufar pdf
Download 441.28 Kb. Pdf ko'rish
|
dissertatsiya metafora
Eng: A fool and his money are soon parted.
Uzb: Ahmoqniki – og’zida, Podshoniki – g’aznada. Ahmoq qadamini o’ylamasdan bosishi tasvirlangan: Eng: Fools rush in where angels fear to tread. Uzb: Ahmoqni charchatar oyoq, Ahmoqning davosi tayoq. Dono birovning xatosidan saboq olishi yetarlicha tushunarli qilib ifodalangan: Eng: Wise men learn by other men’s mistakes; fools by their own. Uzb: Aqlni beaqldan o’rgan. Ahmoq bo’lib tug’ilgan adamni sira ham o’zgartirib bo’lmasligi qiyoslanayotgan ikkala xalqda ham bor: Eng: He who is born a fool is never cured. Uzb: Bukrini go’r tuzatar. Aql dono odamning eng bebaho boyligidir: Eng: Wisdom is the wealth of the wise. Uzb: Dono – durdan a’lo. Aqlli inson sukut saqlab jim turadi, nodonning esa og’zi yopilmaydi: Eng: No wisdom like silence. Uzb: Sukutda himat ko’p, Bulutda – himmat. Ingliz xalqida pastkash odam bo’lgandan ko’ra ahmoq bo’lish yaxshi deb tasvirlanadi. Ahmoqlikning foydali tarafini ushbu maqolda ko’rishimiz mumkin: Better be a fool than a knave. O’zbek xalqida kishining yashagan yoshi hurmat-ehtirom bilan qaralsada, uning qanchalik aqlliligi yoshiga bog’liq bo’lmasligini xalqimiz nutqida ko’p uchratishimiz mumkin. Ushbu maqolni ozgina o’zgartirib “Aql yoshda emas, boshda” tarzida: Aql – boshda, G’ayrat – yoshda, Asl – toshda. Tejamkorlik, Mehnatsevarlik, Ishyoqmaslik va Halollik Muhokama qilinayotgan maqollar kishini tejamkorlikka undaydi. Topilgan har bir tiyinni qardlashga chaqiradi. Undan tashqari, ishyoqmaslikni insonga naqadar salbiy illat ekanligini ochib beriladi. Mehnatsevarlik yuksaklarga ko’tarilib madh etiladi. Inson barcha narsaga mehnat bilan erishishi tasvirlanadi. Dangasa va ishyoqmaslarni tanqid ostiga olinib, mehnatsevarlar ulug’lanadi. Halollikni inson hayotida muhimligi ta’kidlanadi: Eng: The devil finds work for idle hands to do. Uzb: Dangasa boshin yesin, Illatning g’amin yesin. Xar ikkala xalqda maqollar tejamkorlikka o’rgatadi: Eng: A penny saved is a penny gained. Uzb: Tejamkor zoriqmas, Tejamsiz boyiqmas. Eng: Take care of the pence, and the pounds will take care of themselves. Uzb: Tiyin qadrini bilmagan so’m qadrini bilmas. Insonga biron nima kerak bo’lsa, harakat qilishi kerak: Eng: He who would eat the nut must first crack the shell. Uzb: Tuyaga yantoq kerak bo’lsa, bo’ynini cho’zar. Eng: He that would eat the fruit must climb the tree. Uzb: Jon kuydirmasang, jonona qayda, Toqqa chiqmasang, do’lona qayda. Halollik qanchalar yaxshi odat ekanligini ushbu maqollarda ko’rishimiz mumkin: Eng: Fair play is a jewel. Uzb: To’g’rilik to’rga tortar, O’g’rilik – go’rga. Eng: Honesty is the best policy. Uzb: Halol mehnat – yaxshi odat, Berur senga saodat. Ingliz xalqida bekorchilik yovuzlikning ildizi sifatida talqin qilinadi: Idleness is the root of all evil. Bundan farqli o’laroq, O’zbek xalqida bekorchi faqat g’iybat bilan shug’ullanishi ta’kidlangan: Bekorchining hunari – g’iybat. O’zbek xalqining qanchalar mehnatkashlikni ulug’lab, dangasalikni qoralashini xalq nutqida ko’p ishlatiladigan keyingi maqollarda ko’rishimiz mumkin: Mehnat, mehnatning tagi – rohat. Download 441.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling